USHBU SAHIFA YANGILANMOQDA
«Octobank» AJ tizimidan kredit olish uchun kichik biznes sub'ektlari tomonidan to‘ldiriladigan ON-LINE ariza
«Octobank» AJ tizimidan kredit olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘ldiriladigan ON-LINE ariza
Kreditlar qaytarish sharti bilan hamda to'lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik tamoyillari asosida beriladi.
Kreditlar qisqa muddatli (1 yil muddatgacha) va uzoq muddatli (1 yildan ortiq muddatga) kreditlarga bo'linadi.
Aylanma kapitalni to‘ldirish uchun kreditlar tiklanadigan va tiklanmaydigan kredit liniyalarini ochish yo‘li bilan 18 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi, bu esa zarurat tug‘ilishi bilan kredit resurslarini o‘zlashtirishga imkon beradi. Aylanma kapitalni to‘ldirish uchun kreditlar quyidagi maqsadlarga beriladi:
- xom ashyo va materiallarni xarid qilish;
- sotish uchun tovarlarni sotib olish;
- TMB larning mavsumiy va boshqa vaqtinchalik zaxirasini shakllantirish;
- mahsulot tayyorlash va ishlab chiqarish bilan bog'liq mavsumiy harajatlar qilish;
- mahsulot yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish, hisob-kitoblar bilan bog'liq boshqa ehtiyojlarni qondirish.
Asosiy shartlar:
- Kreditning muddati – 18 oygacha;
- Foiz stavkasi – yillik 22-26%;
- Ta’minot – O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni xarid qilish uchun kreditlar 36 oy muddatgacha, shu jumladan:
- asosiy vositalarni xarid qilish;
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
- ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish;
- biznesni kengaytirish uchun beriladi.
Asosiy shartlar:
- Kreditning muddati – 60 oygacha;
- Foiz stavkasi – yillik 24-30%;
- Ta’minot– O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq holda amalga oshiriladi.