Bank kafolati milliy va xorijiy valyutada quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatini uzaytirishga kafolat;
- To‘lashga kafolat;
- Bo‘nak to‘lashga kafolat;
- Boshqa Bankda olingan kreditni to‘lay olmaslik xatariga kafolat;
- Tanlov taklifiga tender arizasini ta’minlash uchun kafolat;
- Shartnoma/bitimni ijro etishga kafolat.
Shartlar:
- 12 oy muddatga beriladi;
- Komissiya miqdori tomonlar kelishuviga ko‘ra har oyda umumiy miqdori 0,5 % dan kam bo‘lmaydi.
Bank kafolati ta’minoti sifatida quyidagilar taqdim etilishi mumkin:
- Pul mablag‘larning garovi;
- Transport vositasi, ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulklarning garovi;
- Sug‘urta polisi;
- Uchinchi shaxsning kafilligi.