Octobankdagi amaliyot - raqamli moliya dunyosiga kirish uchun sizga poydevor
Octobank – bu innovatsiyalar, global bozor va moliyaviy texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi demakdir. Kelajakning raqamli bankida o‘z karyerangni boshla!

Bo‘sh ish o‘rinlari - Kelajakka sarmoya: iste’dodlarni dastlabki qadamlaridan qo‘llab-quvvatlash
Octobankda biz shunchaki raqamli moliyaviy yechimlarni yaratmaymiz —biz imkoniyatlar ekotizimini quramiz. Innovatsion texnologiyalarni yangi g‘oyalarsiz, shijoatli insonlarsiz va kelajakka yangicha qarashlarsiz rivojlantirish mumkin emas. Shuning uchun biz maktablar va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilib, raqamli moliya dunyosiga eshik ochib, yosh mutaxassislarni ish faoliyatini boshida qo‘llab-quvvatlaymiz.
Octobank amaliyotchilari nafaqat ish joyiga ega bo‘ladilar — ular bilimlar tajribaga aylanadigan jamoaning bir qismiga aylanadilar. Biz Octo.University ta’lim platformasiga kirish imkoniyatini beramiz, soha mutaxassislaridan individual murabbiylik va biznes jarayonlariga chuqur kirib borishni taklif etamiz.
Ishonchimiz komil: bankning o‘sishi - uning xodimlarining o‘sishidir. Aynan shu sababli Octobank bugunning o‘zida fintex kelajagini o‘zgartirishga tayyor bo‘lgan insonlarga sarmoya kiritmoqda.
Octobank x School 21
Octobank School 21 raqamli texnologiyalar maktabi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. School 21 ning eng yaxshi talabalari O‘zbekistondagi eng texnologik banklardan biri — Octobankda amaliyot o‘tashi mumkin.
O‘qish davomida talabalar fintex mahsulotlari bilan ishlash bo‘yicha haqiqiy tajribaga ega bo‘ladilar, dasturlash, tahlil va kiberxavfsizlik bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Shundan so‘ng — eng yaxshi amaliyotchilar Octobankda faoliyatini davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.
Eng ko‘p beriladigan savollar
1. Biz kimni qidiryapmiz?
1. MS Office dasturlarini mukammal biluvchi – hujjatlar, jadvallar va taqdimotlar bilan ishonchli ishlash qobiliyatiga ega.
2. Jamoa a’zosi – hamkorlik qilishni, g‘oyalar taklif etishni va birgalikda yechimlar topishni uddalaydigan.
3. Muloqotga kirishuvchanlik – hamkasblar bilan oson til topisha oladigan va savol berishdan cho‘chimaydigan.
4. Oliy o‘quv yurti talabasi – o‘qish davomida amaliyot o‘tashga tayyor.
5. Fintexga qiziqadi – bu sohada ma’lumot ustunlik hisoblanadi.
2. Biz nimani taklif qilamiz?
Murabbiylik – amaliyot tajribali mutaxassislar rahbarligida o‘tkaziladi.
Haqiqiy vazifalar – nazariya emas, balki raqamli bankingdagi amaliy tajribadir.
Tez o‘sish – professional ko‘nikmalarga ega bo‘ling va darhol natijani ko‘rasiz.
Zamonaviy ofis – ishlash va dam olish uchun qulay joy.
3. Suhbatga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? Octobankda muvaffaqiyatli start uchun layfxaklar
1. Octobank va fintex trendlarini o‘rganing
Biz nimalar bilan shug‘ullanamiz, qanday innovatsiyalarni joriy etmoqdamiz va nega Octobank – bu oddiy bank emas, balki raqamli ekotizim ekanligi haqida ko‘proq ma’lumot to‘plang. Zamonaviy fintex trendlarini (raqamli to‘lovlar, blokcheyn, bankingda sun’iy intellekt) tushunish Sizning qiziqishingizni namoyon etishga yordam beradi
2.Kuchli CV va motivatsion xat tayyorlang
Ularni qisqa, ammo mazmunli qiling. Asosiysi – qayerda o‘qiganingiz va ishlaganingizni shunchaki sanab o‘tish emas, balki ko‘nikmalaringiz va qiziqishlaringiz fintex bilan qanday bog‘liqligini ko‘rsatishdir. Qo‘shimcha plyus – raqamli moliyada sizni nima ilhomlantirishi haqida ikki og‘iz so‘z.
3. O‘zingizni tanishtirish ko‘nikmalarini rivojlantirin
Suhbatda o‘zingiz haqingizda qisqa va ishonch bilan gapira olish muhim. Shu kabi savollarga javoblarni oldindan tayyorlab ko‘ring:
Nima uchun Octobankda amaliyot o‘tashni xohlaysiz?
Sizning qaysi kuchli tomonlaringiz ishda yordam beradi?
Sizning asosiy kasbiy muvaffaqiyatingiz nimada (hatto o‘qishda yoki sevimli mashg‘ulotingizda bo‘lsa ham)?
4. MS Office dasturida bilimlaringizni yangilang.
Excel, PowerPoint va Word dasturlarini mukammal bilish – zarur ko‘nikmadir. Formulalar, jadvallar va taqdimotlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlaringizni yangilang. Agar ajralib turishni istasangiz, ma’lumotlarni tahlil qilish asoslarini o‘rganishga harakat qiling.
5. Jamoaviy ruhni namoyish eting
Biz tashabbuskor va kirishimli odamlarni qadrlaymiz. Jamoada ishlashga, g‘oyalar almashishga va hamkasblardan o‘rganishga tayyor ekanligingizni ko‘rsatish muhim.
6. Amaliyotning sermazmun kunlariga tayyor turing
Octobank – bu tez o‘rganish va yangiliklarni sinab ko‘rishga tayyorlik muhim bo‘lgan dinamik muhit. Faollik ko‘rsating, savollar bering, g‘oyalar taklif eting – bu sizga nafaqat amaliyot o‘tashga, balki fintex sohasidagi karyerangizga birinchi qadamni qo‘yishga yordam beradi.
Bonus layfxak: Ikkilansangiz ham harakat qiling!
Eng muhimi – qo‘rqmaslik. Hali tajribangiz bo‘lmasa ham, rivojlanishga intilishingiz bo‘lsa, urinib ko‘ring! Biz Octobankda nafaqat bilimni, balki o‘rganish va o‘sishga tayyorlikni ham qadrlaymiz
4. Ofis qayerda joylashgan va qanday borish mumkin?
Bizning markaziy ofisimiz quyidagi manzilda joylashgan: Toshlent shahar, 100021, Furqat ko'chasi 2.
Biz transport uchcun qulay joyda, jamoat transporti bekatlari yonida joylashganmiz. Avtoturargoh masalasi bo’yicha batafsil ma’lumotni suhbatda aniqlashtirish mumkin.
Tayyormisiz?
So‘rovnomani to‘ldiring, amaliyotchini tanlash uchun siz bilan bog‘lanamiz
Octobank yangiliklari

03.06.2025
Qariyalarni moliyaviy firibgarlikdan qanday himoya qilish mumkin?
Octobank internet firibgarlik holatlari va ulardan qanday himoyalanish haqida xabardorlikni oshirishda davom etadi

30.05.2025
Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi
Octobank подписал меморандум с международной финтех-компанией BS/2

30.05.2025
Digital Uzbekistan PLUS-forumida Octobank asosiy fintex trendlari va to‘lov texnologiyalarining rivojlanishi haqida so‘z yuritdi
Octobank boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilyev bozorning asosiy tendensiyalari bilan o‘rtoqlashdi