10.12.2025

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 33-yilligi muborak!

1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI chaqiriq sessiyasida qabul qilingan Davlat madhiyamiz qariyb o'ttiz yildan beri qalblarda Vatanga muhabbat, faxr va birlik tuyg‘usini uyg‘otib kelmoqda.

Madhiyaning so‘zlari xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqa esa xalq artisti va bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan. Ularning iste’dodi yurtimiz tarixida unutilmas iz qoldirgan.

Biz madhiyani qo‘limizni yuragimizga qo‘yib faxr bilan kuylaymiz. Uning ohanglari kichikdan kattagacha barchaga tanish va mo‘tabar bo‘lib, qalblarimizni kuch, ishonch va yangi marralarni zabt etishga ilhom bilan to‘ldiradi! Uning tantanali sadosi har kuni kuch va ishonch bag‘ishlab tursin!

Bayram muborak!

Поделитесь