Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Olamshumul yangilik! "Visadan telefon raqami orqali baxtli o‘tkazma” aksiyasi start oldi!

Yangilangan sana:  7 Fevral 2024, 18:52

                                                                   “VISA BILAN QULAY O‘TKAZMALAR”
                                                                                Aksiyasi qoidalari
 1. Mazkur qoidalar bilan “Visa bilan qulay o‘tkazmalar” Aksiyasining (keyingi o‘rinlarda Aksiya) o‘tkazilish tartibi va qoidalari aniqlanadi.
 
 2. Aksiya g‘oliblari ushbu Qoidalarda belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.
 
 3. Aksiya tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasi, 100021, Toshkent sh., ko‘ch. Furqat 2 manzilida joylashgan “Octobank” AJ (keyingi o‘rinlarda Bank) sanaladi.
 
 4. Aksiya hamkori: Visa International Service Association (Viza interneshl Servis Assosieyshn) (keyingi o‘rinlarda “Visa”)
 
 5. Aksiyada 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan, ushbu Qoidalarning barcha talablari shartlarni belgilangan tartibda bajargan jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin (keyingi o‘rinlarda “Aksiya ishtirokchisi”).
 
 6. Quyidagilar Aksiyada ishtirok eta olmaydi va qatnashmaydi: Aksiya Tashkilotchisi yoki Hamkorlari bilan har qanday asosda va har qanday shaklda bog‘langan shaxslar, shu jumladan xodimlar, ularning yaqin qarindoshlari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari, aka-uka va opa-singillari), boshqa shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan va ushbu Qoidalarning 5-moddasida ko‘rsatilmagan boshqa shaxslar.
 
 7. Aksiya sovrin jamg‘armasi:  Sovrinlarning jami miqdori - 2. Sovrin nomi «Samsung QE50Q80A SMART» televizori 2 dona. G‘oliblar soni - Asosiy - 2 Zaxirada - 2
 
 8. Aksiya muddati: 2024-yil 1-fevral 00 soat 00 daqiqadan 2023-yil 29-fevral 23 soat 59 daqiqagacha (keyingi o‘rinlarda “Aksiya davri”).
 
 9. Aksiyada ishtirok etish shartlari:
9.1 Bankning amaldagi mijozi bo‘lish
9.2 Aksiya muddati davomida Octo-Mobile ilovasi orqali telefon raqamidan foydalanib, Visa kartasiga pul o‘tkazmasini amalga oshirish: - Faqat bitta o‘tkazma Aksiyada ishtirok etadi; - O‘tkazmalar miqdori cheklanmagan; - Sovrinlar oʻyinida faqat “Octo-Mobile” mobil ilovasidan foydalangan holda “Visa direct Alias” tizimida 01.02.2024 yil Toshkent vaqti bilan soat 00:00dan 29.02.2024 Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha telefon raqami orqali oʻzaro hisob-kitoblar toʻliq yakunlangan pul oʻtkazmasini amalga oshirgan ishtirokchilar ishtirok etadilar.

10. Ushbu Qoidalar talablariga to‘liq rioya qilgan ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etadilar.

11. Aksiya ishtirokchilari aksiya davrida bittadan ortiq bo‘lmagan “Samsung QE50Q80A SMART televizorini yutib olishga da’vogarlik qilishi mumkin.

12. Aksiya g‘oliblarini (asosiy va zaxira) aniqlash Tashkilotchi tomonidan ushbu aksiyaning 10-bandida ko‘rsatilgan shartlarga to‘liq javob beradigan Tranzaksiyalar ro‘yxati asosida 2024-yilning 15-martigacha ushbu Qoidalarning shartlarini to‘liq bajargan Aksiya Ishtirokchilari orasidan tasodifiy tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

12.1 Ishtirok etuvchi Tranzaksiyalar ro‘yxati 07.03.2024gacha “Octobank” AJ chakana biznes Departamenti tomonidan shakllantirilib “Octobank” AJ PR va marketing Departmentiga g‘olibni aniqlash uchun yuboriladi.

12.2 Aniqlangan g‘oliblar va zaxiradagi g‘oliblar ro‘yxati “Octobank” AJ PR va marketing Departmenti tomonidan Xodimlar bilan ishlash Departmentiga “Octobank” AJ xodimlari yoki ularning yaqin qarindoshlarini (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari, aka-uka yoki opa-singillari) aniqlash uchun yuboriladi.

12.3 Mazkur Qoidalarning 6-bandi talablariga javob beradigan g‘oliblar ro‘yxati “Octobank” AJ Xodimlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan g‘oliblarni yutuq to‘g‘risida xabardor qilish uchun PR va marketing bo‘limiga yuboriladi.

13. Tashkilotchi ushbu Qoidalarning 13-moddasiga muvofiq G‘oliblar aniqlangan kundan e’tiboran 5 (besh) ish kuni ichida mijoz bilan asosiy aloqa kanali (mobil telefon/messenjer) orqali G‘oliblarni yutuq to‘g‘risida xabardor qiladi.

14. Aksiya g‘oliblari ro‘yxati Tashkilotchining sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinishi kerak.

15. Agar G‘olib 3 (uch) ish kuni ichida Tashkilotchining qo‘ng‘iroqlariga javob bermasa yoki Sovrinni olishdan bosh tortsa, Tashkilotchi birinchi zaxira g‘olibi bilan bog‘lanadi, agar birinchi zaxira g‘olibi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmasa, ikkinchi zaxira g‘olibiga va hokazo.

16. Agar g‘olib bank xodimi yoki uning yaqin qarindoshi (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari, aka-uka va opa-singillari) bo‘lib chiqsa, ushbu Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan sovrin avtomatik ravishda ushbu Aksiya qoidalarining barcha shartlarni bajargan zaxira g‘olibiga o‘tadi.

17. G‘olib Tashkilotchining iltimosiga binoan messenjer yoki elektron pochta orqali quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi: to‘liq ismi-sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, pochta indeksi ko‘rsatilgan haqiqiy yashash manzili, aloqa telefon raqami, elektron pochta manzili.

18. Sovrinni topshirish O‘zbekiston Respublikasi, 100021, Toshkent sh., ko‘ch. Furqat 2 manzilida joylashgan “Octobank” AJ (keyingi o‘rinlarda Bank) hududida sovrinni berish orqali amalga oshiriladi.

18.1 G‘olib sovrinni ololmagan taqdirda, Sovrin birinchi zaxira g‘olibiga o‘tkaziladi va birinchi zaxira g‘olibi bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagan taqdirda Sovrin ikkinchi zaxira g‘olibiga o‘tkaziladi va hokazo.

19. Tashkilotchi Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra G‘olibning Sovrinni ololmasligi uchun javobgar emas.

20. Tashkilotchi G‘olib tomonidan olingan Sovrinning keyingi foydalanilishi uchun javobgar emas.

21. Agar Sovrin Ushbu Qoidalarning 17-bandida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra olinmasa, G‘olib uni qayta talab qila olmaydi. Bunday Sovrinlarni olmaslik haqidagi da’volar ko‘rib chiqilmaydi.

22. G‘oliblar tomonidan olingan sovrinlar almashtirilmaydi yoki qaytarilmaydi. Naqd pul ekvivalentidagi mukofotlar berilmaydi.

23. Aksiya haqidagi ma’lumotlar, Aksiyaga kiritilgan muhim o‘zgarishlar, Aksiya g‘oliblari va boshqa ma’lumotlar Tashkilotchining rasmiy saytida va Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlarida joylashtiriladi.

24. Tashkilotchi va Hamkor istalgan vaqtda o‘z xohishiga ko‘ra muddat, Aksiya shartlari, jamg‘armasini to‘ldirishi va/yoki o‘zgartirishi, Aksiya ishtirokchilari va barcha manfaatdor tomonlarni xabardor qilish orqali Aksiyani to‘liq yoki qisman tugatish, to‘xtatib turish, bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

25. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisining xatolarining har qanday oqibatlari, shu jumladan, ishtirokchi tomonidan ketkazilgan xarajatlar uchun javobgar emas.

26. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi so‘zsiz, shartsiz va qaytarib bo‘lmaydigan tarzda Tashkilotchi va Hamkorga Ishtirokchining to‘liq ismi, shaxsiy ma’lumotlari, Aksiyadagi ishtiroki bilan bog‘liq intervyular yoki u to‘g‘risidagi boshqa materiallar, shu jumladan fotosurati va videotasviri, Aksiya to‘g‘risidagi reklama ma’lumotlarini tarqatish vaqtida Aksiya Ishtirokchisi bilan yaratilgan fotosuratlar va videoroliklardan foydalanish uchun cheklanmagan muddatga va hududiy cheklovlarsiz hamda foydalanish uchun hech qanday haq to‘lamasdan foydalanishga ruxsat beradi.

27. Ishtirokchi Sovrinni qabul qilishga rozilik bildirgan va o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish orqali Qoidalarga muvofiq Aksiyaning butun muddati davomida va u tugaganidan keyin 3 (uch) yil davomida ma’lumotlarning qayta ishlanishi, shu jumladan to‘planishi, tizimlashtirilishi, yig‘ilishi, saqlanishi, aniqlashtirilishi (yangilash, o‘zgartirish), ajratilishi, foydalanilishi, tarqatilishi, shaxsiylashtirilishi, bloklanishi, olib tashlanishi, yo‘q qilinishiga rozilik bildirgan hisoblanadi. Ushbu rozilik ishtirokchi tomonidan istalgan vaqtda Tashkilotchining “Octobank” AJ O‘zbekiston Respublikasi, 100021, Toshkent sh. Furqat, 2 manzili bo‘yicha joylashgan manziliga tegishli buyurtma xatiga topshirish haqidagi bildirishnoma bilan murojaat qilinib qaytarib olinishi mumkin.

28. Aksiyada ishtirok etish fakti Ishtirokchining Aksiyani o‘tkazish maqsadlari va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibga muvofiq o‘zining shaxsiy ma’lumotlari Tashkilotchi tomonidan har qanday yo‘l bilan qayta ishlanishiga erkin, aniq, shartsiz, xabardorlik va ongli ravishda roziligini ifodalaydi.

29. Mazkur Qoidalarning maqsadlariga ko‘ra, shaxsiy ma’lumotlar deganda aniqlangan yoki aniqlanadigan muayyan jismoniy shaxsga (shaxsiy ma’lumotlar egasi) bevosita yoki bilvosita tegishli har qanday ma’lumot tushuniladi.

30. Aksiya ishtirokchisi Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq o‘z huquqlarini (shu jumladan Sovrin olish huquqini) uchinchi shaxslar foydasiga o‘tkazishga haqli emas.

31. Aksiyada ishtirok etish fakti Aksiya Ishtirokchisi ushbu Qoidalar bilan tanishganligi va roziligini bildiradi. Qoidalar bilan kelishuv to‘liq va shartsizdir.

32. Aksiyaning barcha natijalari, shuningdek, Aksiya Tashkilotchisining qarorlari yakuniy hisoblanadi va shikoyat qilinishi mumkin emas.

33. Tashkilotchi va Hamkor Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalar o‘tkazmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar va bahsli vaziyatlar bundan mustasno.

34. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi.

35. Aksiyada ishtirok etish, o‘yinlar o‘tkazish, Sovrinlarni topshirish va hokazolar bilan bog‘liq savollar tug‘ilsa, Aksiya Ishtirokchisi info@octobank.uz elektron manziliga xat yozish orqali Tashkilotchi bilan bog‘lanishi mumkin. Javob xati Aksiya Ishtirokchisidan apellyatsiya xati olingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida Tashkilotchi tomonidan yuboriladi. 36. Mazkur Qoidalar Aksiyaning rasmiy hujjati hisoblanadi.

Aksiya qoidalari
Yuklab olish
Hajmi: 20.52 KB

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
12643.91
13575.77
16096.96
151.59
14290.13
80.10
Sotib olish
12 565
13 350
15 200
100
10 000
50
Sotish
12 670
13 800
17 000
155
15 500
120
 
16.89
81.27
53.07
9.41
167.53
-0.28
MB kursi - 20.06.2024 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 19.06.2024 16:15 dan ma’lumotlar
Sotish
Sotib olish
MB kursi

Octo-Mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech