Yoshlar Ittifoqi yetakchilar kengashi
Yurtboshimizning “Davlat yoshlar siyosatining samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish doirasida "Octobank" AJ O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Yetakchilar Kengashi faoliyatini boshlagan.
Yetakchilar kengashi o‘z faoliyatida davlat yoshlar siyosatini izchillik va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalash tizimlarini tubdan isloh qilish uchun "Octobank" AJ yosh xodimlarining fikr va takliflarini ilgari suradi.
Hozirgi kunda Bankda 70 dan ortiq yosh xodimlar ishlaydi. Biz malaka va bilimlarni yaxshilash uchun “Yosh bankirlar” klubini tashkil etganmiz. Bundan tashqari bu yoshlarga g‘oya almashishga o‘zaro yordam beradi.