AJ «Octobank» korporativ mijozlari uchun
mobil ilovasi
«Octomobile» mobil ilovasi – bu AJ «Octobank»ning mijozlari hisoblangan yuridik shaxs va xususiy tadbirkorlar uchun bankning mobil ilovasidir.
Mobil ilova hisob-raqamlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. U Siz va biznesingiz uchun zarur hisoblanadi. «Octomobile» mobil ilovasi bilan Siz doimo onlayn rejimda bo‘lasiz, biznesingiz esa Siz qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, doimo nazorat ostida bo‘ladi!
«Octomobile» mobil ilovasi yordamida Siz:
- To‘lov talablarini yuborish;
- Byudjetga to‘lovlarni amalga oshirish;
- Hisob-raqamlari bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kechayu-kunduz olish;
- Ko‘chirmalarni shakllantirish, ularni matn formatiga ko‘chirish, chop etish;
- Kurs valyutalarning o‘zgarishini kuzatib borish;
- To‘lov talablarining shablonlarini yaratish;
- Kartotekada hisob-raqamlarini ko‘rib borish;
- Markaziy Bankning joriy qayta moliyalashtirish stavkasi, eng kam ish haqi miqdori, ochiq balans kunlari va joriy operatsion kunning uzayishi to‘g‘risida axborot olishi;
- AJ «Octobank» tomonidan taklif etilayotgan barcha yangi mahsulotlar haqida habardor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.