2024 yil 1 oktabrdan Visa Visa launj-zallar provayderini almashtiradi

Premium Visa kartalari egalari uchun nimalar oʻzgaradi:

— Priority Pass va Lounge Key a’zoliklari 1 oktabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
— DragonPass launjiga kirish uchun Visa Airport Companion ilovasida yoki Visa Concierge boti orqali roʻyxatdan oʻtish va kirishda QR-kodni koʻrsatish lozim. Roʻyxatdan oʻtish 19 sentabrdan boshlab amalga oshiriladi.

Ilovani qanday yuklab olish va chat-botni qaerda topish mumkin:

— Visa Airport Companion ilovasi App Store yoki Google Play-da.
— Visa Concierge chat-boti Telegram, WhatsApp va Viber messendjerlarida.

Lounge zallarga kirish imkoniyati quyidagi tarifdagi karta egalarida mavjud:

— Platinum.
— Platinum Business.
— Signature.
— Signature Business.
— Infinite.

Поделитесь