Foydalanish shartlari

Iltimos, xizmatimizdan foydalanishdan oldin Foydalanish shartlari bilan diqqat bilan tanishing. Saytdan foydalanishda davom etish orqali siz ushbu shartlarga roziligingizni tasdiqlaysiz.

Foydalanish shartlari

Octo-mobile ilovasi orqali onlayn tarzda tranzaktsiyalarni amalga oshirish bo`yicha jismoniy shaxslarga masofaviy hizmat ko`rsatish to`g`risidagi

Ommaviy  oferta

 (yangi tahrir)

Toshkent sh.

Ushbu hujjat “Octobank” AJda amaldagi hisob raqamlarga ega bo`lgan jismoniy shaxslarga, EMV  plastik bank kartalari egalariga va/yoki Bank Mijozlariga (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi)  Bankning mobila ilovasi (keyingi o`rinlarda–Shartnoma) orqali masofadan turib xizmatlar ko`rsatish shartnomasini onlayn tarzda tuzish bo`yicha rasmiy taklif (ommaviy oferta) deb hisoblanadi.

Bankning mobil ilovasi orqali onlayn rejimda masofaviy hizmatlar “Ravnaq-Bank” AJ tomonidan taqdim etiladi (keyingi o`rinlarda – Bank).

Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertada nazarda tutilgan harakatlarning bajarilishi, uning quyidagi shartlarga (Oferta aktsepti) so`zsiz roziligini bildiradi. Oferta qabul qilingan paytdan boshlab shartnoma tuzilgan deb  hisoblanadi.

Shartnomada bevosita nazarda tutilmagan har bir narsada tomonlar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ishbilarmonlik muomalasi an`analariga amal qiladi.

1. ATAMALAR

Avtorizatsiya – bank tomonidan ushbu so`rovga ruhsat berish yoki operatsiyani taqiqlash shaklida javob berish va qabul qilish tartibi.

Oferta Aktsepti – foydalanuvchi tomonidan ushbu ofertada ko`rsatilgan xizmatni olishga va rozilikni tasdiqlashga qaratilgan harakatlarni bajarish hamda  bankning mobil ilovasida  “To`lovni amalga oshirish” yoki “Tasdiqlash” tugmasini bosish orqali shartnoma tuzish.

Bank – "Octobank" Aksiyadorlik Jamiyati("Octobank"AJ).

Uchinchi tomon Banki – O`zbekiston Respublikasida (O`zR) ro`yxatdan o`tgan  va muomalaga UZCARD EMV Kartasini chiqargan  tijorat banki.

Karta egasi – nomiga karta ochilgan jismoniy shaxs.

Oferta Shartnomasi (Shartnoma) – Oferta Aktsepti orqali Mijozning Banka hamda Mijoz o‘rtasidagi bitimiga qo‘shilishi.

Karta – Bank yoki uchinchi tomon Banki tomonidan muomalaga chiqarilgan UZCARD EMVshaxsiylashtirilgan to`lov vositasi. Mazkur shaxsiylashtirilgan to`lov vositasi tegishli bankda karta egasi hisob raqami borligini tasdiqlaydi va on-line  tarzda to`lovlarni  amalga oshrishi huquqini beradi.

Mijoz– Foydalanuvchi – Bank bo`limida depozit raqami ochilgan va ushbu oferta shartlarida Bank bilan shartnoma tuzgan depozit raqam  egasi va/yoki karta egasi bo`lgan jismoniy shaxs.

Komissiya – mijoz tomonidan bank tariflariga muvofiq xizmat ko`rsatganligi uchun bank foydasiga to`lanishi lozim bo`lgan summa.

Shaxsiy kabinet – bankning mobil ilovasida mijozga taqdim etiladigan bo`lim. Shaxsiy kabinetga faqat mijozga ma`lum bo`lgan login va parol orqali kirish mumkin. Dastlabki kirish vaqtida shaxsiy kabinetga kirish uchun “Ro`yxatdan o`tish” havolasini bosib, ro`yxatdan o`tish lozim. Ro`yxatga olish ma`lumotlari sifatida Mijoz mobil telefon va SMS-xabarnoma funktsiyasi yoqilgan kartasi raqamlarini ko`rsatadi.

To`lov tizimi (TT) – UZCARD, VISA, PAYCOM tizimlari va b.

Mobil ilova / «Octo-Mobile» ilova  – mobil vositaga o`rnatiladigan va Mijozga bank xizmatlarini olish uchun Bankka topshiriq berish imkonini beradigan Bankning dasturiy ta`minot to`plami bo`lgan ixtisoslashtirilgan dasturiy ta`minot. Mobil ilovani operatsion muhitni ishlab chiqaruvchilari (AppStore  - ishlab chiqaruvchi Apple), Google Play (ishlab chiqaruvchi - Google) Internet resurslaridan o‘rnatish mumkin.

Mobil vosita – mobil telefon va/yoki planshetli kompyuter va/yoki portativ pleyer va/yoki Bankning dasturiy ta'minotini o`rnatishni qo`llab-quvvatlovchi boshqa moslama. Mobil vositada  iOS  operatsion sistemasiga ega bo`lishi yoki  android versiyasi 4.1. dan past bo`lmasligi lozim.

Oferta – Xizmat ko`rsatish bo`yicha Bankning ushbu taklifi. Oferta Bank saytida va Mobil ilovada joylashtiriladi. Ofertaga O`zR qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda o`zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Autentifikatsiya ma'lumotlari – Bank sayti va/yoki Mobil ilova orqali operatsiyalarni bajarish va ularga kirish uchun Mijozning shahsiy  ma`lumotlari.

Operatsiya (amaliyot) – Mijoz tomonidan depozit hisob raqam, karta va/yoki uning rekvizitlari orqali Mobil ilovada tovarlar (ishlar, hizmatlar)  uchun to`lovlarni amalga oshirish, pul o`tkazish, shu qatori Shartnomaga muvofiq ko`rsatilgan hizmatlari uchun  Bank komissiyasini to`lash  uchun amalga oshirilgan har bir operatsiya (amaliyot).

To‘lov oynasi – xizmat ko‘rsatish bosqichlaridan biri amalga oshiriladigan mobil ilovadagi maxsus bo`lim.

Bank sayti – www.octobank.uz

Tomonlar – Bank va Mijoz birgalikda keltirilganda.

Karta hisobi – emitent bankida karta va / yoki uning rekvizitlaridan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirish uchun ochilgan bank hisob raqami.

Depozit hisob raqami – hisobdagi hisobga olingan pul mablag`lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun bankda ochilgan bank hisob raqami.

Bank Tariflari (Tariflar) – bank tomonidan tasdiqlangan va bank saytida joylashtirilgan jismoniy shaxslarga xizmat ko`rsatish bo`yicha bank komission mukofotining tariflari.

SSK – to‘lov mijoz tomonidan karta hisobvarag‘idan mobil ilova orqali amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ni sotadigan savdo-servis korxonasi.

Xizmat – bank tomonidan mijozning buyurtmasi bo`yicha karta yoki depozit hisobvaraqlaridan foydalangan holda mobil ilova orqali, shu jumladan quyidagi operatsiyalar turlarini amalga oshirish maqsadida taqdim etiladigan xizmat:

1) Bank tomonidan chiqarilgan kartalarga nisbatan:

·         SKKlarda tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) to`lov amalga oshirish bo`yicha operatsiyalar;

·         Bankda ochilgan kartalarga pul mablag`larini o`tkazish bo`yicha operatsiyalar;

·         Uchinchi tomon Bankida ochilgan kartalarga mablag` o`tkazish bo`yicha operatsiyalar (Foydalanuvchining shaxsiy kabinetida mazkur xizmatni qo`llaydigan banklar ro`yxati keltirilgan).

·         Mablag`  oluvchilarning hisobvaraqlari rekvizitlaridan foydalangan holda to`lov amalga oshirish.

2) Uchinchi tomon Bank tomonidan chiqarilgan kartalarga nisbatan:

·         SKKlarda tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) to`lov amalga oshirish bo`yicha operatsiyalar;

·         Bankda ochilgan kartalarga pul mablag`larini o`tkazish bo`yicha operatsiyalar;

·         Uchinchi tomon Bankida ochilgan kartalarga mablag` o`tkazish bo`yicha operatsiyalar.

·         Mablag`  oluvchilarning hisobvaraqlari rekvizitlaridan foydalangan holda to`lov amalga oshirish.

3) Bankda ochilgan hisob raqamlarga nisbatan

·         Bank tomonidan chiqarilgan xalqaro plastik karta orqali depozitlarni to`ldirish

·         O`zRdagi uchinchi tomon Banklari va/yoki Bank tomonidan chiqarilgan UzCard to`lov tizimi kartalari orqali depozitlarni to`ldirish

·         Bank tomonidan chiqarilgan xalqaro plastik kartalarga mablag` o`tkazish uchun hisobdan pul yechish

·         O`zRdagi uchinchi tomon Banklari va/yoki Bank tomonidan chiqarilgan UzCard to`lov tizimi kartalariga mablag` o`tkazish uchun hisobdan pul yechish

·         Depozitlarni yopish

·         Hisobdan  hisobga o`tkazish – milliy valyutadagi mablag`larni talab qilib olinguncha depozitdan jismoniy shaxsning Bank tomonidan chiqarilgan UzCard  tizimi kartasiga, talab qilib olinguncha depozitdan jismoniy shaxsning talab qilib olinguncha depozitiga o`tkazish.

·         Mablag`  oluvchilarning hisobvaraqlari rekvizitlaridan foydalangan holda to`lov amalga oshirish.

·         O`tkazmalar tarihi – foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan o`tkazmalar ro`yxati

·         Foydalanuvchida mavjud depozitlarni ko`zdan kechirish

Muayyan mobil ilovada mavjud bo`lgan xizmatlar/operatsiyalarning aniq ro`yxati bank tomonidan bir tomonlama tartibda o`rnatiladi va o`zgartirilishi mumkin.

2. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Ushbu shartnoma mijozning ishtirok etadigan ommaviy ofertasidir. Shartnoma matni Bankning veb-saytida va Mobil ilovada joylashtiriladi.

.

2.2. Shartnoma Predmeti deb Bank tomonidan Xizmat ko`rsatish hisoblanadi.

2.3. Bank, mijozga ushbu shartnoma shartlariga, amaldagi Qonunchilik talablariga, to‘lov tizimlari qoidalariga muvofiq, agar bank mijoz kartasidan va hisobvaraqlaridan foydalangan holda har bir muayyan operatsiyani amalga oshirish uchun texnik imkoniyat mavjud bo`lsa, xizmat ko`rsatadi.

2.4. Shartnoma doirasida Hizmat qo`yidagi holatlarda Bank tomonidan ko`rsatilmaydi:

·         bank bilan shartnoma munosabatlari bo`lmagan to`lov tizimlaridagi  boshqa to`lov tizimlari kartalaridan foydalanilsa;

•              uchinchi tomon Banklari tomonlaridan chiqarilgan Xalqaro Kartalardan foydalnilsa;

·         bank tomonidan berilgan karta va/yoki uning rekvizitlari yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning hisob raqamiga biriktirilsa;

·         ijobiy Avtorizatsiyadan o‘tish javobi bo‘lmasa;

·         O`zR qonunchiligi va To`lov tizimiga zid operatsiyalar amalga oshirilsa;

·         Shartnoma bilan belgilangan boshqa holatlarda.

2.5. Bank tomonidan ko`rsatilgan xizmat uchun Mijoz Bankka shartnomada belgilangan tartibda komissiya to`laydi. Komissiya miqdori Bank tariflari bilan belgilanadi va bank saytida va / yoki Mobil ilovada ko`rsatiladi hamda  operatsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan pul mablag`lari summasidan hisoblanadi. Komissiya summasi mijozning karta va/yoki hisobvarag`ida amalga oshiriladigan avtorizatsiya  so`rovning umumiy summasiga kiritiladi va mijozning kartasidan va/yoki mijozning hisobvarag`idan operatsiya sanasidagi operatsiya summasidan ortiq bo`lgan mijozning qo`shimcha topshirig`isiz  ushlab qolinadi. Komissiya  QQS soliqqa tortilmaydi.

2.6. Shartnoma doirasida amalga oshiriladigan operatsiyalar O`zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq summa bo`yicha cheklovlarga ega bo`lishi mumkin. Operatsiya summasining miqdori Bank tariflari bilan belgilanadi hamda Bank saytida va / yoki Mobil ilovada joylashtiriladi.

2.7. Shartnomada nazarda tutilgan operatsiyalar bank tomonidan UZS valyutasida – milliy valyuta so‘mda va USD valyutasida  – AQSh dollari, amalga oshirladi. Agar bank hisob kartasining valyutasi depozit hisobvarag`i valyutasidan farq qiladigan bo`lsa, mijoz bankni operatsiya vaqtida bank kursi bo`yicha operatsiya o`tkaziladigan sanada pul mablag‘larini konvertatsiya qilishga ruxsat beradi. Bank kursi bank saytida ko`rsatilgan. Pul mablag`larini uchinchi tomon banki kartasi bo`yicha konvertatsiyasi qilinishiga yo`l qo`yilmaydi.

2.8.  Ushbu orqali Mijoz Bankni mijozdan va uchinchi shaxslardan olingan mijozga tegishli shaxsiy ma`lumotlar sifatida, shuningdek, avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda va bunday mablag`lardan foydalanmasdan, quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun tasniflanadigan har qanday ma`lumotni qayta ishlashga (yig`ish, tizimlashtirish, saralash, saqlash, tozalash (yangilash, o`zgartirish), foydalanish, blokirovka qilish, shaxssizlantirish, yo`q qilish), shuningdek Mijozning shaxsiy ma`lumotlarini uchinchi shaxslarga  qisman Oferta aktseptiga muvofiq  berishga (familiya, ism, otasining ismi, tug`ilgan sanasi va joyi, telefon raqami, elektron pochta manzili) ruhsat beradi.

2.9. Bank shartnoma amal qilish muddati davomida, shuningdek shartnoma bo`yicha majburiyatlar bekor qilingan sanadan boshlab 5 (besh) yil mobaynida mijoz to`g`risidagi ma`lumotlarni qayta ishlash va saqlashni amalga oshiradi.

2.10. Mijozning ushbu Shartnomaning 2.5. bandiga muvofiq  hisobvarag`ida va/yoki kartasida operatsiyani amalga oshirish va bank komissiyasini (agar mavjud bo`lsa) to`lash uchun yetarli miqdorda mablag` bo`lmasa,  avtorizatsiya vaqtida bank mijozning operatsiyani amalga oshirish uchun Mijozning topshirig`ini  qabul qilmaydi, bu haqda mijoz mobil ilovada xabar oladi.

3. XIZMAT KO`RSATISH TARTIBI

3.1. Shartnomani oferta aksepti orqali tuzish va operatsiyani amalga oshirish uchun topshiriq tuzish mijoz tomonidan mobil ilovada Internet tarmog`i orqali amalga oshiriladi.

3.2. Mijoz  tomonidan Shaxsiy kabinetdagi operatsiya tasdiqlangunga qadar mijozga shartnoma matni bilan tanishish va uning shartlariga rozi bo`lish taklif etiladi. Agar mijoz shartnomada ko`rsatilgan shartlarga rozi bo`lmasa, mijozning operatsiyasi amalga oshirilmaydi.

3.3. Shaxsiy kabinetda, Mijoz Operatsiyani amalga oshirish uchun mo`ljallangan «To`lov oyna»siga o`tadi.  Operatsiyani bajarish uchun Mijoz  rekvizitlarni kiritish bo`limiga kiradi va  Operatsiyani amalga oshirish uchun  topshiriqni shakllantiradi, rekvizitlarni to`ldiradi (Operatsiya summasi, oluvchi identifikator va boshqa Operatsiyani amalga oshirish uchun kerak bo`lgan ma`lumotlar).

Agarda Mijoz tomonidan Operatsiyani amalga oshirish uchun kerak bo`lgan  sozlamalarning biri ham to`ldirilmasa, xizmat Bank tomonidan ko`rsatilmaydi.

3.4. Bank mijoz tomonidan kiritilgan ma`lumotlar asosida to`ldirilgan ma`lumotlarning to`g`riligini tekshiradi va ularni to`lov oynasida ko`rsatadi. Foydalanuvchi kiritilgan barcha parametrlarni, shu jumladan operatsiya shartlarini (agar mavjud bo`lsa) tekshiradi.

Agar ular to`g`ri bo`lsa va mijoz operatsiya shartlariga rozi bo`lsa, «To`lovni amalga oshirish» va/yoki «Tasdiqlash» tugmachasini bosadi, shu bilan shartnoma shartlariga rozi bo`lib, xizmatdan foydalanish istagini bildiradi.

3.5. Mijoz tomonidan kiritilgan operatsiya rekvizitlarining to`g`riligi va Bank tomonidan tekshirilganligi tasdiqlangandan so`ng Bank shartnoma shartlariga muvofiq mijozning operatsiyani amalga oshirish uchun topshirig`ini  qabul qiladi va ko`rib chiqadi.

3.6. Shartnomaning 3.5. bandiga  muvofiq mijozning topshirig`ini  olganidan so`ng Bank avtorizatsiya jarayonini amalga oshiradi. Muvaffaqiyatli avtorizatsiya qilingan taqdirda, operatsiya miqdori va Bank xizmati uchun komissiya miqdori Bank tomonidan hisob va/yoki kartada bloklanadi va Bank komissiyasini hisobga olgan holda hisob va/yoki karta summasining qoldig`ini (limitini) kamaytiradi.

4. MOBIL ILOVALARNING IMKONIYATLARI

4.1. Mobil ilova orqali mijozga shartnoma matni bilan tanishish imkoniyati beriladi.

4.2. Mobil ilova mijozga xizmatni olish jarayonida shartnoma shartlariga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirish uchun buyurtmalar tuzish imkoniyatini beradi.

5. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

5.1. Bank huquqlari:

5.1.1. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xususan, 2004 yil 26 avgustdagi O`zbekiston Respublikasining "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to`g`risida"gi  660-P-sonli Qonunida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha mijozning topshirig`ini  bajarishda shartnoma bo`yicha xizmat ko`rsatishni rad etish.

5.1.2. Mijozdan shartnoma shartlariga qat`iy rioya qilishni va bank xizmatlarini to`lashni talab qilish.

5.1.3. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida Shartnoma 2.6-bandiga muvofiq Mobil ilovadan foydalangan holda operatsiyalar bo`yicha cheklovlarni belgilash va o`zgartirish (ko`paytirish, kamaytirish). Ushbu cheklovlar to`g`risidagi ma`lumotlar Bank tomonidan Bank tariflarida, Bank saytida va Mobil ilovada joylashtiriladi.

5.1.4. Mobil ilovalarda mavjud bo`lgan funktsiyalarni aniqlash, mobil ilovalar orqali to`lash mumkin bo`lgan SSK, xizmatlar (tovarlar, ishlar) ro`yxatini aniqlash.

5.1.5. Bank Mijozning Mobil ilova orqali kelib tushgan topshiriqlarini qo`yidagi holatlar aniqlanmaguncha qadar bajarmaslikka haqli:

·         mijoz tomonidan shartnoma bo`yicha majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik;

·         mijozning karta va/yoki hisobvarag`idan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalarning noqonuniyligi to`g`risida Bankda shubhalarni aniqlansa yoki bunday holatlar yuzaga kelsa;

·         Bank tomonidan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy yo`l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish yoki O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzuvchi operatsiyalarni o`z ichiga olgan mijozning operatsiyalarini aniqlansa

5.1.6. Mijozning farmoyishi ijro etilish bosqichida zarur rekvizitlar mavjud emasligi yoki to`liq ko`rsatilmaganligi, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki shartnoma shartlariga nomuvofiqlik/ziddiyatlar aniqlanganda, Mobil ilova orqali Bankka kelib tushgan mijozning topshirig`ini  bajarmaslik.

5.2. Bank majburiyatlari:

5.2.1. Mazkur Shartnoma bilan belgilangan xajmda va tartibda Xizmat ko`rsatish.

5.2.2. Karta va / yoki uning rekvizitlari va mijoz haqidagi ma`lumotlarni ishlatib, operatsiyalar bo`yicha bank sirini saqlash.

5.3. Mijoz huquqlari:

5.3.1. Emitent bankiga pul mablag`larini hisobvaraqlardan va/yoki kartadan tovarlar (ishlar/xizmatlar) uchun to`lovga, hisobdan va/yoki kartadan pul mablag`larini Bankda ochilgan va shartnomada nazarda tutilgan hisobvaraqlarga o`tkazish uchun Mobil ilovadan foydalanish.

5.3.3. Kiritilgan rekvizitlarning to`g`riligini tasdiqlashdan va «To`lovni amalga oshirish» va/yoki «Tasdiqlash» Mobil ilovasining to`lov oynasida bosishdan oldin, Mobil ilova orqali har qanday operatsiyalarni o`tkazishni rad etish.

5.4. Mijoz majburiyatlari:

5.4.1. Xizmat tasdiqlangunga qadar shartnoma matni bilan tanishib chiqish.

5.4.2. Shaxsiy kabinetga kirish uchun zarur bo`lgan karta ma`lumotlarini va boshqa hisobga olish ma`lumotlarini uchinchi shaxslarga yetkazmaslik.

5.4.3. Shartnoma bo`yicha mijozga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq rasmiy ma`lumotlar bilan muntazam tanishib chiqish (Shartnoma matniga o`zgartirishlar, Bank tariflari, Xizmat ko`rsatish tartibi).

5.4.5. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq  jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo`yicha operatsiyalarni amalga oshirmaslik yoki O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzuvchi operatsiyalar bilan bog`liq shubhali xarakatlarni o`tkazmaslik.

5.4.6. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq hisob-kitoblarni amalga oshirmaslik.

5.4.7. Bank operatsiyalarini amalga oshirish sanasida amal qiluvchi Bank tariflariga va shartnomaga muvofiq Bank xizmatlari uchun haq to`lash.

5.4.8. Mijoz faqat Bankning rasmiy (litsenziyalangan) ilovasidan foydalanish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.

5.4.9. Mijoz Mobil ilovaning so`nggi yangilangan versiyalaridan foydalanishga majbur

5.4.10. Mijoz antivirus dasturini texnik vositalariga  mustaqil ravishda o`rnatish va uni o`z vaqtida yangilashni qo`llab-quvvatlash majburiyatini oladi. Agar Mijoz antivirus dasturidan foydalanmasa, litsenziyalanmagan (qonunga xilof ravishda sotib olingan) antivirus dasturidan foydalanish yoki Mijoz tomonidan ularni o`z vaqtida yangilab turish uchinchi shaxslar tomonidan autentifikatsiya ma`lumotlariga ruxsatsiz kirish imkonini beradi, bunday hollarda  Bank Mijozga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`lmaydi.

6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

6.1. Tomonlar O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va shartnomaga muvofiq shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarmaganlik va/yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar bo`ladilar.

6.2. Bank, Mijozning ruhsati bilan yoki ruhsatisiz uchinchi shaxslar tomonidan Mobil ilovadan foydalanilsa, karta va/yoki hisobdan foydalangan holda barcha operatsiyalar uchun javobgar emas.

6.3. Agar mobil ilova orqali, shu jumladan karta va/yoki hisob rekvizitlari orqali uzatiladigan ma`lumotlar Internet-kanal, uyali yoki telefon aloqasi kanalini ulardan foydalanish vaqtida tinglash yoki ushlab olish natijasida boshqa shaxslarga ma`lum bo`lsa, shuningdek, Mijoz tomonidan kartani saqlash va ulardan foydalanish shartlari, hisob rekvizitlarini saqlash bo`yicha harakatlar  vijdonan bajarilmagan taqdirda Bank javobgar bo`lmaydi.

6.4. Bank Internet tarmog`i, aloqa tarmoqlari, boshqa texnik nosozliklar (elektr ta`minoti va aloqa tarmoqlarining uzilishi/shikastlanishi, dasturiy ta`minot uzilishlari va ishlov berish markazi va bank ma`lumotlar bazasining reglament (texnik) ishlarini olib borish, Bankdan mustaqil sabablarga ko`ra yuzaga kelgan to`lov tizimlarida texnik nosozliklar va Mijoz tomonidan Bank xabarnomalarini va kartadan va/yoki hisobdan Mobil ilova yordamida amalga oshirilgan operatsiyalar, shuningdek, yuqoridagi sabablarga ko`ra Bank tomonidan shartnomaning boshqa shartlarini bajarmaslik yoki o`z vaqtida bajarmaslik uchun javobgar bo`lmaydi.

6.5. Bank, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartib-qoidalardan foydalangan holda, vakolatli bo`lmagan shaxslar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish oqibatlari uchun javobgar emas, bank vakolatli bo`lmagan shaxslarning topshiriq  berish faktini aniqlab berolmaydi.

6.6. Bank,  Mijoz tomonidan karta va/yoki hisobdan foydalangan holda, Mobil ilovadan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirayotganda, noto`g`ri rekvizitlar (to`lov oluvchining nomi, operatsiya summasi, shuningdek operatsiyani amalga oshirish uchun zarur bo`lgan boshqa parametrlar) ko`rsatilgan taqdirda, javobgar bo`lmaydi.

6.7. Bank, mijoz tomonidan mobil vosita va/yoki aloqa sim-kartasini saqlash va ulardan foydalanish shartlari vijdonan bajarilmagan taqdirda javobgar bo`lmaydi – simkart-mobil aloqa sohasida qo`llaniladigan mijozning identifikatsiya moduli, simkarta  mobil aloqa operatoridan ro`yxatdan o`tgan mijozning identifikatsiya raqami to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi.

6.8. Bank shartnoma bo`yicha xizmatlarni faqat har bir muayyan vaqtda taqdim etishning texnik imkoniyati mavjud bo`lgan hollarda taqdim etadi va texnik nosozliklar (elektr ta`minoti va aloqa tarmoqlarining uzilishi/shikastlanishi, dasturiy ta`minotdagi uzilishlar va protsessing markazi va bank ma`lumotlar bazasining reglament (texnik) ishlarini olib borish, to`lov tizimlarining va bankning texnologik hamkorlarining texnik xatolari) bank tomonidan shartnoma shartlarini bajarmaganligiga olib kelgan taqdirda mulkiy javobgarlikdan ozod qilinadi.

6.9. Mijoz, o`zining  va/mijozning  Mobil ilovasi orqali tanimagan yoki bilmagan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilgan barcha operatsiyalar uchun javobgar bo`ladi, shu jumladan,  Mijoz  ushbu xizmatlardan foydalangan holda mijozning dasturiy ta'minoti va/yoki mobil vositasi,  dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchisi va/yoki mobil vositasi  o‘rtasida tuzilgan foydalanuvchi shartnomasini buzgan modifikatsiyaga duch kelgan bo`ladi.

6.10. Bank mijoz tomonidan shartnoma shartlarini buzgan holda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan zarar, ziyon va boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar bo`lmaydi.

7. SHARTNOMA AMAL QILISH MUDDATI VA UNI BEKOR QILISH TARTIBI

7.1. Shartnoma mijoz bitimga qo`shilish sanasidan boshlab oferta aksepti orqali tomonlar o`rtasida tuzilgan deb hisoblanadi. Shartnoma muayyan xizmatga nisbatan amal qiladi va oferta qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

7.2. Xizmat ko`rsatish bo`yicha shartnoma bank va mijoz tomonidan shartnoma bo`yicha qabul qilingan majburiyatlar bajarilguniga qadar, ya`ni bank tomonidan to`liq hajmda xizmat ko`rsatish va mijoz tomonidan ko`rsatilgan xizmat qiymati to`langunga qadar amal qiladi.

8. YAKUNIY QOIDALAR

8.1. Shartnoma O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi. Shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bog`liq barcha masalalar, kelishmovchiliklar yoki talablar tomonlar tomonidan muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi.

8.2.  Tomonlarda o`rtasidagi nizo muzokara yo‘`li bilan hal qilinmasa, O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ko`rib chiqilishi kerak.

8.3. Tomonlar telekommunikatsiya tizimi, axborotni qayta ishlash va saqlash shartnomasida ular tomonidan foydalaniladigan axborotni qabul qilish, uzatish, qayta ishlash va saqlashda ishonchli va samarali ishlashni ta`minlash uchun yetarli ekanligini, shuningdek, ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun yetarli bo`lgan kirish va shifrlashni ajratishni ta`minlaydigan axborotni himoya qilish tizimini, axborot muallifligi va haqiqiyligini tasdiqlash va ziddiyatli vaziyatlarni tahlil qilishni tan oladilar.

8.4. Bank tomonidan saqlanayotgan elektron hujjatlar (elektron jurnallar, elektron bayonnomalar  va h.k) mijoz tomonidan mobil ilova orqali operatsiyalarni amalga oshirganligining tasdig`idir. Elektron hujjatlar (elektron jurnallar, elektron bayonnomalar va h. k.) Bank tomonidan nizolarni ko`rib chiqishda, shu jumladan sudda tasdiqlovchi hujjatlar sifatida taqdim etiladi.

9. Bank rekvizitlari.

АО «Octobank»

O`zbekiston Respublikasi, 100021, Toshkent sh., Shayhontoxur tumani, Furqat ko`chasi, 2 uy .

h/r:29802000700000980110

MFO: 00980 STIR: 203644820

OKED: 64190

Tel.: +998 71 202-33-33

Поделитесь
Foydalanish shartlari

octo_mobile_ilovasi_orqali_onlayn_tarzda_tranzaktsiyalarni_amalga, 151.03 KB

Yuklab olish

Octobank bo'ylab qidiruv