Octobank xizmatidan foydalanish uchun OneID qanday sozlanadi
"Biznes uchun hisob raqami oching -onlayn"
1-qadam. MyGov orqali Mobile-ID ro‘yxatdan o‘tish
1. MyGov ilovasiga kiring.
2. Qidiruv panelida "Mobile-ID" ni kiriting.
3. "Mobile-ID orqali jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olish" xizmatini tanlang va "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosing.
4. Tizim avtomatik ravishda pasport raqami va tug‘ilgan sanasini kiritadi.
5. Uchinchi maydonga o‘z nomingizgagi telefon raqamini kiriting.
6. SMS-kodni kiriting.
7. "MyID orqali tekshirish" tugmasini bosing.
8. Tasdiqlash uchun selfi oling.
9. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tishning tasdig‘ini kuting.
2-qadam. Yuridik shaxs ma’lumotlarini qo‘shish
1. «Profil» bo‘limiga kiring va undan so‘ng «Yuridik shaxs» tugmasini bosing.
2. «Yuridik shaxs STIRi» maydoniga siz bosh direktor bo‘lgan yuridik shaxsning STIR raqamini kiriting.
3. Ushbu yuridik shaxsni OneID tizimidagi profilingizga qo‘shish uchun «Qo‘shish» tugmasini bosing.
4. STIR (INN) raqamini qo'shganingizdan so'ng, 'Ma'lumotlarni boshqarish' bo'limiga o'ting.
5. Qidiruvda OCTOBANK ni kiriting,
6. «Octobank» belgisiga (ikonkasiga) bosing.
7. Ekranda «Ruxsatnomalarni boshqarish» oynasi paydo bo‘ladi, «Ruxsat berish» tugmasini bosing.