Omonatlarni kafolatlash
Konsultatsiya oling
Qoʻshimcha savollar boʻsa, qayta aloqa bo‘limi orqali xabar qoldirishingiz yoki bankning kecha-yu kunduz ishlaydigan aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin
Kafolatlash obyektlari — depozitlar yoki bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i, shu jumladan “eskrou” hisobvaraqlari hamda ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha hisoblangan foizlar qoldig‘i hisoblanadi.
Quyidagilar kafolatlash obyektlariga kirmaydi: nobank kredit tashkilotlari, lizing tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya va pay fondlari omonatlari, davlat organlari va tashkilotlari omonatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi «Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida» Qonun (2025-yil 18-fevral, O‘RQ-1031)da nazarda tutilgan boshqa holatlar.
Kafolatli hodisa yuzaga kelganda kompensatsiya umumiy miqdori kafolatlash obyektlarining hajmi, soni va valyutasidan qat’i nazar 200 000 000 (ikki yuz million) so‘mdan oshmaydi.
Qonun kuchga kirgunga qadar yuridik shaxslar hisobvaraqlariga joylashtirilgan mablag‘lar to‘liq hajmda kafolatlanadi.
Kompensatsiya to‘lash muddati va tartibi Qonun bilan belgilanadi hamda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun haqida batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, finlit.uz saytida hamda Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy veb-saytida topish mumkin.
Qoʻshimcha savollar boʻsa, qayta aloqa bo‘limi orqali xabar qoldirishingiz yoki bankning kecha-yu kunduz ishlaydigan aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin
Oxirgi yangilanish: 26.02.2026, 15:30
Matnda xatolikni ko‘rdingizmi?Arizani rasmiylashtirishni davom ettirish uchun OneID xizmatiga o‘tib, quyidagi xizmatlar uchun shaxsiy ma’lumotlaringizga kirishga ruxsat berishingiz kerak: