Google Pay — endi Octobank bilan

Do‘konlarda, ilovalarda va saytlarda xaridlar uchun smartfon orqali to‘lang — oson, qulay va xavfsiz. Hamyoningiz uyda qolgan bo‘lsa ham, bank kartangiz doim yoningizda.

Google Pay — endi Octobank bilan

Google Pay orqali qayerda to‘lash mumkin?

Do‘kon, kafe va restoranlarda

Xaridlar uchun telefon orqali to‘lang, taomlarni yetkazib berish yoki o‘zingiz olib ketish uchun buyurtma qiling.

Do‘kon, kafe va restoranlarda
Sayt va ilovalarda

Karta ma’lumotlarini qayta kiritmasdan onlayn to‘lang.

Sayt va ilovalarda
Yo‘lda

Yoqilg‘i, avtoturargoh va jamoat transportida yo‘l haqi uchun to‘lov qiling.

Yo‘lda

Xavfsizlik va maxfiylik

Google Pay qo‘shimcha himoyani ta’minlash uchun ikki omilli autentifikatsiyadan foydalanadi. Kontaktsiz to‘lovlarda kartaning haqiqiy raqami o‘rniga virtual raqam ishlatiladi, internet orqali to‘lovlarda esa ma’lumotlaringiz shifrlanadi.

Xavfsizlik va maxfiylik

Kartani Google Wallet ilovasiga qanday qo‘shish mumkin?

  1. Google Wallet ilovasini oching. Agar u hali o‘rnatilmagan bo‘lsa, Google Play do‘konidan yuklab oling.

  2. «Hamyonga qo‘shish» tugmasini bosing va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

  3. Zarur bo‘lsa, kartani tasdiqlang. Tayyor!

Kartani Google Wallet ilovasiga qanday qo‘shish mumkin? Фрейм телефона Android

Telefon orqali qanday to‘lash mumkin?

Telefon qulfini oching

Uni terminalga yaqinlashtiring

To‘lov bir zumda amalga oshadi

Jismoniy shaxsning bank kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi Ommaviy ofertaga 2-sonli ilova

jismoniy-shaxsning-bank-kartalarini-chiqarish-va-ularga, 183.93 KB

Yuklab olish
Octobankning qaysi kartalarini Google Pay xizmatiga qo‘shish mumkin?

Google Wallet ilovasiga Octobankning Visa va Mastercard debet hamda kredit kartalarini qo‘shish mumkin.

Kontaktsiz to‘lov uchun qanday telefon kerak?

Android 9 yoki undan keyingi versiyada ishlaydigan, NFC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan va Google Wallet ilovasi o‘rnatilgan smartfon kerak bo‘ladi. Qurilmada ekran qulfi sozlangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, telefon Google xavfsizlik talablariga javob berishi va Play Protect sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.

Xaridlar uchun qayerda va qanday to‘lash mumkin?

Do‘konlarda — Google Pay yoki kontaktsiz to‘lovlar qabul qilinadigan barcha joylarda. Smartfon qulfini oching va uni terminalga yaqinlashtiring. Sayt va ilovalarda esa to‘lov usullari orasidan Google Pay variantini tanlang va ko‘rsatmalarga amal qiling.

Kartani Google Wallet ilovasidan qanday olib tashlash mumkin?

Google Wallet ilovasini oching va kerakli kartani tanlang. Yuqori o‘ng burchakdagi «Yana» belgisini bosing, so‘ng «To‘lov usulini olib tashlash» bandini tanlang.

Nega karta qo‘shilmayapti yoki to‘lov amalga oshmayapti?

Kartangiz xizmat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga, uni qo‘shish va tasdiqlash jarayonlari yakunlanganiga hamda telefoningiz xavfsizlik talablariga javob berishiga ishonch hosil qiling.

To‘lov qilish uchun NFC funksiyasini yoqing, Google Wallet ilovasini kontaktsiz to‘lovlar uchun asosiy ilova sifatida belgilang va telefon qulfini oching. Agar muammo kartaga yoki to‘lovning rad etilishiga bog‘liq bo‘lsa, bankka murojaat qiling.

Kartani Google Wallet ilovasiga qanday qo‘shish mumkin?

Google Wallet ilovasini oching va «Hamyonga qo‘shish» → «To‘lov kartasi» → «Yangi kredit yoki debet kartasi» bandlarini ketma-ket tanlang.

Kartani skanerlang yoki rekvizitlarini qo‘lda kiriting, bank shartlarini qabul qiling va zarur bo‘lsa, taklif etilgan usul orqali kartani qo‘shishni tasdiqlang.

To‘lov qilish uchun internet kerakmi?

Yo‘q, Google Pay orqali to‘lov qilish uchun internet talab etilmaydi.

Google Wallet ilovasidan foydalanish pullikmi?

Google Wallet ilovasidan foydalanish bepul. Bunda bank kartasi bo‘yicha belgilangan komissiyalar va xizmat ko‘rsatish shartlari o‘z kuchida qoladi. Ular bilan Octobank tariflarida tanishishingiz mumkin.

Google Pay orqali to‘lash xavfsizmi?

Kontaktsiz to‘lovda sotuvchiga kartaning haqiqiy raqami o‘rniga virtual raqam uzatiladi. To‘lov ma’lumotlari shifrlash orqali himoyalanadi, shaxsingiz esa qurilmaning ekran qulfini ochish orqali tasdiqlanadi.

Telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlansa, nima qilish kerak?

Googlening qurilmani topish xizmatidan foydalaning. Uning yordamida telefonni topish, qulflash yoki undagi ma’lumotlarni o‘chirish mumkin. Qurilmadagi ma’lumotlar o‘chirilganda, unda saqlangan to‘lov kartalari ham olib tashlanadi.