Faktoring — o‘rta va yirik biznes uchun pul

Faktoring — o‘rta va yirik biznes uchun pul

Yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun talab huquqini o‘tkazgan holda moliyalashtirish oling

10 mlrd so‘mgacha

Kreditsiz aylanmaning ko‘payishi

To‘lovlarni amalga oshirmaslik xavfini kamayishi

Tez rasmiylashtirish

Octobankdan biznes uchun faktoring

Kassa uzilishlarisiz

Biznes likvidligini qo‘llab-quvvatlash

Barqaror pul oqimi

Mablag‘larning muntazam kelib tushishi

Barcha bosqichlarda kuzatib borish

Maslahatlar va qo‘llab-quvvatlash

Nomlanishi

"KLASSIK STANDART"

Faktoring turi

Regress huquqi bilan

Faktoring muddati

180 kungacha

Mukofot miqdori

Diskont/komissiya 1,75% dan 30 kun uchun.

Mahsulot maqsadi

Debitordan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni talab qilish huquqini qo‘lga kiritish maqsadida Mijozga faktoring xizmatini ko‘rsatish

Valyuta

Shartnoma valyutasida - O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi

Maksimal summa

100 million so‘mdan 10 milliard so‘mgacha

Faktoring limiti

Faktoring operatsiyalarini o‘tkazish va monitoring qilish bo‘yicha texnik tartibda ko‘rsatilgan usulga muvofiq aniqlanadi

Faktoring mahsuloti pasporti

factoring_octobank_uz_new.pdf, 147.47 KB

Ta’minot

Kafillik va t’minotning boshqa turlari – bank talabiga asosan

Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Ta’sis hujjatlari, moliyaviy hisobotlar, bank aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, loyiha va faoliyat turiga tegishli boshqa hujjatlar

Faktoring uchun buyurtmani shakllantirish usuli

Bankning Toshkent shahri, 100021, Furqat ko‘chasi, 2-uyda joylashgan ofisida

Faktoringni taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qilish usuli

Faktoringni taqdim etish to‘g‘risidagi qaror, kredit qo‘mitasi tomonidan mijozdan olingan ma’lumotlar va hujjatlar asosida qabul qilinadi

Faktoring mablag’ini berish shakli

Faktoring doirasida moliyalashtirish mijozning hisob raqamiga o‘tkaziladi

Faktoringni qanday ulash mumkin?

1. Ariza

Bank ofisiga ariza topshiring va hujjatlarni rasmiylashtiring

2. Qaror

Arizangizni atigi 5 ish kunida ko‘rib chiqamiz

3. Natija

Mablag‘lashtirish oling va kassa uzilishlarisiz biznesingizni rivojlantiring

Buni bilish foydali

Faktoring nima?

Faktoring — bu moliyaviy xizmat bo‘lib, unda bank yoki faktoring kompaniyasi sizning hisob-fakturalaringizni (mijozlarning qarzlarini) muddatidan oldin to‘laydi. Bu kompaniyaga sotilgan mahsulot yoki xizmatlar uchun xaridordan to‘lovni kutmasdan darhol pul olish imkonini beradi va shu bilan birga to‘lovlarni amalga oshirmaslik xavfini kamaytiradi.

Faktoring xizmati kimga kerak?

Faktoring pulga tezda ega bo‘lish va moliyaviy oqimlarni optimallashtirish muhim bo‘lgan kompaniyalar uchun dolzarbdir:

  • To‘lovni kechiktirish sharti bilan tovarlarni jo‘natadigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan yetkazib beruvchilar. Faktoring yordamida ular mijoz hisob-kitobni amalga oshirishini kutmasdan, jo‘natma uchun to‘lovni darhol olishlari mumkin.

  • Shartnomalar bo‘yicha oldindan to‘lov yoki bo‘nak to‘lash uchun moliyalashtirishga muhtoj bo‘lgan xaridorlar. Faktoring yetkazib berish va xizmatlarga o‘z vaqtida haq to‘lash uchun mablag‘ bilan ta’minlash imkonini beradi.

Faktoring narxi: komissiya nimalardan tashkil topadi

Octobank faktoring xizmati uchun komissiya diskont shaklida belgilanadi. Diskont moliyalashtirishni taqdim etish uchun to‘lov bo‘lib, to‘lovni kechiktirish davri uchun voz kechiladigan pul talabnomasi summasidan hisoblanadi.

Diskont miqdori bir qator omillarga, jumladan, kechiktirish muddati, moliyalashtirish hajmi, qarzdorning moliyaviy holati va bitim parametrlariga bog‘liq. Aniq shartlar arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra alohida belgilanadi.

Faktoring aylanma kreditdan qanday farq qiladi?

  • Faktoring aniq debitorlik qarzlari bilan bog‘liq: moliyalashtirish mijozlarning hisob-fakturalariga muvofiq taqdim etiladi.

  • Aylanma kredit — bu kompaniya xaridorlarning aniq qarzlari bilan bog‘lanmagan holda, har qanday ehtiyoj uchun, jumladan, materiallar sotib olish yoki xizmatlar uchun to‘lash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan umumiy kredit limitidir.

Asosiy farqi: faktoring mijozlardan pul olishni tezlashtiradi, kredit esa har qanday maqsad uchun "qo‘lga" pul beradi, lekin qaytarish majburiyati bilan.

Xaridorni faktoringga qanday o‘tkazish mumkin?

  1. Mijozni xabardor qilish — xaridorga faktoringdan foydalanayotganingizni va to‘lov bevosita bankka tushishini ma’lum qiling.

  2. Shartnoma tuzish — bank bilan hisob-fakturalarni qayta ishlash va ularning to‘lov shartlarini belgilaydigan faktoring shartnomasini imzolang.

  3. Hisob-fakturalarni o‘tkazish — hisob-fakturalar taqdim etilgandan so‘ng, bank ularni muddatidan oldin to‘lashi mumkin, xaridor esa bevosita bankka to‘laydi.

Faktoringning afzalliklari

  • Sotilgan mahsulot uchun tezda pul mablag‘larini olish;

  • Mijozlarning to‘lovlarni amalga oshirmaslik moliyaviy xavflarini kamayishi;

  • Aylanma kapital va likvidlikning yaxshilanishi;

  • To‘lov kechikishlarisiz biznesni rivojlantirishni rejalashtirish imkoniyati;

  • Debitorlik qarzlarini boshqarish va ularni undirishdagi tejamkorlik.

Kerakli javob topolmadingizmi?

Ariza qoldiring — biz siz bilan qisqa vaqt ichida bog‘lanamiz

Hali ham savollaringiz bormi? Biz bilan bogʻlaning!

Hali ham savollaringiz bormi? Biz bilan bogʻlaning!

Bankdagi barcha savollar boʻyicha shaxsiy yordamchingiz! U sizga xizmatlarni tushunishga va har qanday savollarga javob berishga yordam beradi

Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi!
Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi!
Formani yuborishda xatolik yuz berdi.