2023-yil 30-avgustdagi bank Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qarori bilan bank nomi «Ravnaq-bank» aksiyadorlik jamiyatidan «Octobank» aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirildi.

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan bank nomi o‘zgarganligi munosabati bilan unga berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qayta rasmiylashtirib berildi.

Bank nomi o‘zgarishi bankni qayta tashkil etish hisoblanmaydi. «Octobank» aksiyadorlik jamiyati bank nomi o‘zgarguniga qadar yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan omonatchilar (depozitorlar) oldida olgan barcha majburiyatlar va huquqlarga ega bo‘lishda davom etadi.

Bank nomini o‘zgarishi bank bilan avval imzolangan shartnomlar (kelishuvlar)ni qayta imzolash, shartlarini o‘zgartirishni yoki huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni qayta rasmiylashtirishni talab etmaydi.

Bank nomi o‘zgarishi munosabati bilan bank muhri, shtampi va firma blankasi o‘zgartirildi.

Поделитесь