Dunyo bo’ylab to’lovlar va pul tezkor qaytarish:Octobank ekvayringi biznesga qanday yordam bermoqda

Octobank hal qilishga yordam beradigan murakkab keyslar to’g’risida — Buchet gul marketpleysi va Globbing chet eldan tovar xarid qilish xizmati gapirib berishadi.



Butun dunyo bo’ylab Buchet mijozlari to’lovlarini qabul qilamiz

Buchet — bu gullar va sovg’alar marketpleysi. Floristlar va sovg’a sotuvchilari marketpleysda o’z mahsulotlarini taklif qilishadi va mijozlar ularni yetkazib berish xizmati bilan buyurtma berishlari mumkin. Marketpleys mijozlari orasida —chet elda yashovchi o’zbekistonliklar ham bor.

Sayt ishga tushirilgandan so’ng Buchet xalqaro to’lovlarni qabul qilish bilan bog’liq muammolarga duch keldi, deydi Buchet menejeri Shodiev Asadbek. Ko’pgina xorijiy mijozlar buyurtmalar uchun to’lov qila olmadilar, chunki oldingi ekvayring hamkor Visa va Mastercard to’lov kartalariga xizmat ko’rsatmas edi, bu esa kompaniyaning imkoniyatlarini cheklab qo’ydi.

Muammo qanday hal qilindi

Octobank Buchetga Visa va Mastercard kartalaridan xalqaro to’lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi yechimni taklif qildi.Bu kompaniyaga chet elda yashovchi mijozlar uchun cheklovlarni olib tashlash va to’lov jarayonini soddalashtirishga yordam berdi. Bundan tashqari, Octobank Buchet tizimi bilan tezkor integratsiyani ta’minladi, to’lovlarni barqaror qabul qilish va raqobatbardosh tariflarni taqdim etdi.

«Biz Octobankni beshta mezon asosida tanladik. Birinchisi -  ular tizimimiz bilan tez va oson integratsiyani taklif qilishdi. Ikkinchisi - to’lovlarni tezda amalga oshirish ta’minlandi. Uchinchisi - bizga raqobatbardosh tariflarni taqdim etishdi. To’rtinchisi - bu Visa, Mastercard kartalaridan to’lovlarni qabul qilish imkonini yaratishdi. Beshinchisi - yuqori sifatli mijozlarni qo’llab-quvvatlash xizmati bilan ta’minlashdi», — deydi Shodiev Asadbek.

Globbingga turli xil to’lov usullari bo’yicha yordam beramiz

Globbing — bu onlayn xarid qilish platformasi bo’lib, u yerda chet eldan, masalan, AQShdan tovarlarni buyurtma qilish mumkin. Platforma nafaqat yetkazib berish, balki Globing mijoz uchun xarid qilishi mumkin bo’lgan xizmat turini ham taklif qiladi.

Globbing uchun asosiy vazifalardan biri – bu turli xil to’lov usullarini qabul qilish edi. Mijozlar buyurtmalarni Visa, Mastercard va boshqa xalqaro kartalar orqali to’lash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak edi, deydi Globbing direktori Saduloev Xurshid. Ilgari bu muammo edi, chunki hamma banklar ham to’lov usullarining bunday tanlovini ta’minlay olmas edi.

Muammo qanday hal qilindi

Octobank turli xil to’lov usullari bo’yicha xizmatlarni taklif qildi. Mijozlar buyurtmalarni o’z kartalari bilan to’lashlari mumkin, karta qaerda chiqarilishidan qat’i nazar. Bu barcha mijozlar, ayniqsa xalqaro mijozlar uchun xaridlarni soddalashtirdi.

«Bizda barcha turdagi to’lovlar va barcha kartalarni qabul qilish xizmati mavjudligi sababli sotuvlar hajmini ko’paytirdik. Hozir Toshkentda mahalliy mijozlarimiz ham, norezidentlarimiz ham ko’p - va ular bizdan buyurtma berishadi. Globbing orqali buyurtma berish uchun esa boshqa kartalarni ochish shart emas, ular o’z mamlakatlarida chiqarilgan kartalaridan bemalol foydalanishlari mumkin. Bu eng katta afzalliklardan biri bo’lib, u tufayli biz o’z maqsadimizga – savdo hajmini ko’paytirishga erishdik», — deydi Saduloev Xurshid.

Bundan tashqari, Globbing to’lovlarni osongina boshqara oladi, agar buyurtma bekor qilingan yoki summa o’zgartirilgan bo’lsa, pulni qaytarishi mumkin.

Nima uchun hamkorlar Octobankni tanlaydilar

To’lovlarni tezkor amalga oshirish imkoniyati tufayli 

«Octobank to’lovlarni tez va barqaror amalga oshirishni ta’minlaydi, bu esa chet eldagi mijozlarimizga o’z buyurtmalarini osongina to’lash, bizga esa ularga tezkor xizmat ko’rsatish imkonini beradi» — Asadbek, Buchet menejeri

Sifatli qo’llab-quvvatlash xizmati tufayli

«Har qanday masala tez va samarali hal etiladi. Biz xizmat ko’rsatish darajasidan juda mamnunmiz va har doim professional yordam ko’rsatilishiga umid qilishimiz mumkin» — Shodiev Asadbek, Buchet menejeri

Turli to’lov usullarini qabul qilish xizmati tufayli

«Biz barcha turdagi kartalarni qabul qilamiz — Visa, Mastercard va boshqa xalqaro to’lov kartalari. Bu bizdagi xaridlar hajmini oshirdi va to’lov jarayonini mijozlar uchun osonlashtirdi» — Xurshid, Globbing direktori

Hurmatli hamkorlar,

Octobankni tanlaganingiz va bizga ishonganingiz uchun tashakkur. Sizning hamkorligingiz bizni xizmatlarimizni takomillashtirishga va siz uchun yuqori cho’qqilarni zabt etishingizga yordam beradigan yangi yechimlarni taklif qilishga undaydi. Biz hamkorligingizni qadrlaymiz va muvaffaqiyat sari yo’lingizda sizni doimo qo’llab-quvvatlashga tayyormiz.

Sizning Octobankingiz.

Поделитесь