Hurmatli «Octobank» AJ aksiyadorlari!
«Octobank» Aksiyadorlik jamiyati (pochta manzili 100021, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shaxri, Shayxontoxur tumani, Furkat ko’chasi 2, e-mail info@octobank.uz, veb-sayt http://www.octobank.uz), bank Kuzatuv Kengashininig qaroriga asosan 2024 yil 04 noyabrda bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o’tkazilishi belgilanganligini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining quyidagi kun tartibi tasdiqlandi:
1. «Octobank» AJ navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish reglamentini tasdiqlash to’g’risida.
2. «Grant Thornton» auditorlik kompaniyasining bankning 2023 yil uchun moliyaviy hisobotlari xaqqoniyligi bo’yicha xulosasini tasdiqlash to’g’risida.
3. Bankning 2023 yil moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha foyda va zararlarini taqsimlash to’g’risida.
4. Bankning 2024 yil uchun tashqi auditorini tasdiqlash to’g’risida.
5. Bankning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida.
6. Bank Kuzatuv kengashi a’zosi vakolatini muddatidan oldin tugatilishini tasdiqlash va kuzatuv kengashi yangi a’zosini saylash to’g’risida
7. Yangi tahrirdagi Bank Kuzatuv kengashi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida.
8. Yangi tahrirdagi Bank Boshqaruvi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida.
9. Bankning mehnatga haq to’lash tizimini tartibga solishga taalluqli bo’lgan ichki me’yoriy xujjatlarini tasdiqlash to’g’risida.
«Octobank» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi Toshkent shaxri, Furkat ko’chasi, 2 uyda, soat 10:00 da bo’lib o’tadi. Aksiyadorlarni umumiy yig’ilishda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tkazish soat 09.30 dan 10.00 gacha amalga oshiriladi.
Bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2024 yil 08 oktabr operatsion kuni yakuniga ko’ra shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi. Bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2024 yil 29 oktabr operatsion kuni yakuniga ko’ra shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.
Yig’ilishda shaxsan ishtirok etishingizni yoki o’z vakilingizni notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan qatnashishlarini ta’minlashingizni so’raymiz. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi materiallari bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shaxri, Furkat ko’chasi, 2, «Octobank» AJ, tel.71 202-01-02.
Hurmat bilan,
Bank Kuzatuv Kengashi va Boshqaruvi