Tenpay va Octobank hamkorlikda O’zbekistonning moliya bozorida yangi texnologiyalar va yechimlarni ishlab chiqarish va targ’ib qilish bilan shug’ullanadilar.
Octobank uchun buning muhim tomoni: mahalliy tadbirkorlarga Xitoylik, mamlakatdagi mashhur superapp WeChat bilan to’lov qilishga o’rganib qolgan mijozlar bilan ishlashga ko’maklashamiz.
Tadbirkorlar uchun muhim tomoni: Xitoylik mijozlarga, ular uchun odat bo’lib qolgan xizmatni – WeChat ilovasi orqali to’lovni taqdim qilasiz. To’lovni QR-kod va to’lov sahifasi orqali internetda va oflayn-do’konlarda qabul qilish mumkin bo’ladi.
Octobank O’zbekistonda biznes ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, yuqori yuklangan tezkor to’lov tizimlarini joriy etish bo’yicha katta tajribaga ega.
Tenpay — Xitoy texnologiya giganti Tencentning to’lov xizmati va sho’ba korxonasi.
Tenpay — WeChat ilovasiga integratsiya qilingan Xitoyning onlayn-to’lovlar bozoridagi asosiy o’yinchilardan biri.