Rasmiy munosabat!
2025-yil 29-iyun kuni Xushnudbek.uz Telegram kanalida foydalanuvchi kartalari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari haqida e’lon qilingan ma’lumot yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Maqolada tilga olingan firibgarlik holatlari «Octo-mobile» mobil ilovasi orqali amalga oshirilmagan.
• Octobankka mazkur masala bo‘yicha na fuqarolar, na huquqni muhofaza qiluvchi o’rganlar tomonidan hech qanday murojaat yoki so‘rov kelib tushmagan;
• Maqolada tilga olingan fuqaro nomiga bank kartasi rasmiylashtirilganida qonunbuzarlik yoki bankning xavfsizlik infratuzilmasiga tajovuz holatlari aniqlanmagan.
Octobank mijozlarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratadi. Bank bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha rasmiy murojaatlar kelib tushgan taqdirda, zarur choralar qonuniy tartibda va zudlik bilan ko‘riladi.
Hozirda bank tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lib, mazkur operatsiyalar shubhali deb topilgan va ular bilan bog‘liq bank kartalari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
⸻
❗️Eslatib o‘tamiz: Sizning hushyorligingiz — eng kuchli himoya vositasidir.
Faqat rasmiy va ishonchli manbalarga tayangan holda xulosa chiqaring. Har qanday savol tug‘ilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘laning yoki +998 71 202 33 33 raqami orqali murojaat qiling.
O‘zingizni firibgarlardan asrang!