Octobank komplaens tizimi
Octobank Compliance departamentining missiyasi qonunchilik, xalqaro standartlar va bank ichki siyosatlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, axloqiylik, shaffoflik va barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilishdir. Biz huquqiy va obro‘ga oid xavflarni minimallashtirish, mijozlar va hamkorlarning manfaatlarini himoya qilish hamda bankka milliy va xalqaro miqyosda ishonchni mustahkam

Komplaens nima?
Komplaens — bu qonunchilik, bankning ichki hujjatlari, xalqaro standartlar talablariga rioya qilmaslik, shuningdek regulyatorlar tomonidan sanksiyalar yoki boshqa chora-tadbirlar qoʻllanilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy va obroʻ-e’tibor xatarlarining oldini olishga qaratilgan choralar tizimidir.
Octobank komplaens tizimining tarkibi
Sanksiyaviy komplaens
Mijozlar, tranzaksiyalar va kontragentlarning xalqaro sanksiya roʻyxatlari boʻyicha doimiy tekshirilishi.
Korrupsiyaga qarshi komplaens
Poraxoʻrlikka nisbatan “nol darajadagi toqat”, sovgʻa-sarflar va manfaatlar toʻqnashuvini nazorat qilish, maxfiy xabar berish kanallari.
OQ/MFT/OMUga qarshi choralar (AML/CFT/CPF)
Risqqa asoslangan mijozni tekshirish, operatsiyalar monitoringi va regulyatorlarga hisobot taqdim etish.
Komplaens
Bank rahbariyatining sanksiyaviy komplaens bo‘yicha bayonoti
АО Octobank — Oʻzbekiston Respublikasida 2001 yildan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bankdir. Biz dunyoning yetakchi moliya institutlari bilan korespondentlik aloqalarini oʻrnatganmiz va ularni saqlab qolish uchun ko‘p bosqichli komplaens tekshiruvlaridan oʻtganmiz.
Xalqaro komplaens talablariga qat’iy rioya etish uzoq muddatli hamkorligimizning asosidir.
Octobank quyidagi asosiy sanksiya roʻyxatlariga toʻliq amal qiladi:
BMT Xavfsizlik Kengashining birlashtirilgan roʻyxati;
AQSh OFAC’ning konsolidatsiyalangan sanksiya roʻyxati;
Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya hamda boshqa G7 davlatlarining sanksiya reglamentlari.
Shu munosabat bilan, mijozlardan Octobankning Ommaviy ofertasida koʻrsatilgan komplaens bandiga qat’iy rioya etishlarini soʻraymiz. Bu talablar sizning mablagʻlaringizni himoya qiladi va bankning xalqaro maydondagi begʻubor obroʻsini ta’minlaydi.
Biz rioya qiladigan sanksiya ro‘yxatlari




Ma’lumotlar va hujjatlar
Mijoz anketasi
mijoz-anketasi.pdf, 186.85 KB
“Octobank” AJning komplaens siyosati
komplayens-siyosati.pdf, 164.10 KB
Fikr-mulohaza qoldirish
“Speak Up” ishonch telefoni
Aloqa uchun ma’lumotlar:
Ishonch telefoni: 998 71 202-33-33
Call-markaz: +998 71 202-33-33
Elektron manzil: compliance@octo.bank
Maxfiylik va xabar qiluvchini himoya qilish kafolatlari
Octobank barcha murojaatlarni to‘liq maxfiylikni ta’minlagan holda ko‘rib chiqadi.
Ariza beruvchining shaxsi uning roziligisiz oshkor qilinmaydi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-445-son 11.09.2017 yildagi tahririda) qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Unga ko‘ra, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz oshkor qilish taqiqlanadi.
Octobank qonunbuzarliklar, shu jumladan ehtimoliy korrupsiya holatlari, qonunchilik yoki Bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilmaslik to‘g‘risida vijdonan xabar bergan shaxslarni har qanday ta’qib, bosim yoki kamsitishlardan himoya qilishni kafolatlaydi.