Xalqaro baholash, moliyaviy barqarorlik, raqamlashtirishda yetakchilik

Reytinglar, xalqaro baholar va sertifikatlar

Moody’s Octobankka «Barqaror» prognozi bilan uzoq muddatli xalqaro kredit reytingini berdi

Xalqaro reyting agentligining bahosi Octobankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlariga asoslangan: sof foyda 144 milliard so‘mni, aktivlar rentabelligi — 4,8 %ni tashkil etdi, aktivlarning qariyb 80 foizi likvid mablag‘lardan iborat bo’lgan

Moody’s Octobankka «Barqaror» prognozi bilan uzoq muddatli xalqaro kredit reytingini berdi

Bank kapitali yetarlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga ega: birinchi darajali kapital – 38%, umumiy kapital – 48,3%. Bu tartibga solish talablaridan deyarli ikki baravar yuqori bo‘lib, ehtimoliy iqtisodiy qiyinchiliklarda bardoshlilikni ta’minlaydi.

Reytingning berilishi bankning ishonchliligini va barqarorligini tasdiqlaydi, shuningdek, xalqaro hamkorlar va investorlar bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Reyting haqida batafsil ma’lumotni Moody’s rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

S&P Global Ratings Octobankka «B-/B» darajasida uzoq va qisqa muddatli kredit reytinglarini berdi

Prognoz – «Barqaror»

S&P Global Ratings Octobankka «B-/B» darajasida uzoq va qisqa muddatli kredit reytinglarini berdi

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Octobankning uzoq muddatli va valyuta majburiyatlarini «B-« darajasida, qisqa muddatlilarini esa — «B» darajasida baholadi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlar:

- 2025-yil I chorakdagi foyda: 108,5 mlrd so‘m (+397,5%).

- aktivlar: +33,6% (3,2 trln so‘m);

- sof foyda: +101,7% (150,7 mlrd so‘m);

- xususiy kapital: +57,5% (755 mlrd so‘m).

Agentlik yuqori raqobat sharoitida ham bankning ulkan o‘sish maqsadlariga qaramasdan, o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajara olish qobiliyatiga ishonch bildirdi.

Reyting haqidagi batafsil ma’lumot S&P Global saytida.

Octobank Ahbor-Reyting agentligining "uzA+" kredit reytingiga ega bo’ldi

Ahbor Reyting agentligi Octobankga 2024-yilgi baholash natijalariga ko‘ra "Barqaror" prognozi bilan "uzA+" kredit reytingini berdi

Octobank Ahbor-Reyting agentligining

"uzA+" reytingi bankning juda yuqori darajadagi kreditga layoqatliligini, past darajadagi xavfni va mijozlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish qobiliyatini aks ettiradi.

Baholash bankning moliyaviy barqarorligi, aktivlar sifati, likvidliligi va operatsion samaradorligini tahlil qilishga asoslangan.

Reytingning o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanishi Octobankning ishonchliligini tasdiqlaydi va asosiy ko‘rsatkichlar hamda bozorning ishonchi ortganligini ko‘rsatadi.

2024 yil yakuniga ko‘ra, Octobank "O‘zbekiston elektron savdo sohasida yetakchi bank-ekvayer" deb tan olindi

Octobank Toshkentda o‘tkazilgan E-commerce Central Asia Expo forumida «O‘zbekiston elektron savdo sohasida yetakchi ekvayer-bank» sifatida maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Bank 2024 yilda elektron to‘lovlar bo‘yicha eng yaxshisi deb tan olindi

2024 yil yakuniga ko‘ra, Octobank

Maxsus mukofot O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan taqdim etildi.

Mukofot bankning raqamli to‘lovlarni rivojlantirish va onlayn biznesni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etadi.

Visa Excellence Cup 2025:Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi

Octobank ikkita nufuzli Visa mukofotini — "Elektron tijoratdagi eng yaxshi bank-ekvayeri" va "Kriptokartalarni ishga tushirgani uchun" nominatsiyalarida qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimi 10-dekabrda Visa Excellence Cup 2025 tadbirida bo‘lib o‘tdi.

Visa Excellence Cup 2025:Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi

Best E-com Acquirer mukofoti bankning internet-ekvayring sohasidagi yetakchiligini tasdiqladi: Octobank yechimlarini butun O‘zbekiston bo‘ylab 15 000 dan ortiq kompaniyalar tanlamoqda.

Ikkinchi mukofot — Crypto-Linked Card Launch — kripto kartalarning muvaffaqiyatli ishga tushirilishi va innovasion to‘lov xizmatlarining rivojini e’tirof etadi.