Octo-Mobile ilovasida Alipay orqali toʻlovlarni amalga oshirish
Alipay — eng yirik xalqaro toʻlov xizmati. Endi Octobank foydalanuvchilari Octo-Mobile mobil ilovasi orqali tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni Alipay yordamida bevosita amalga oshirishlari mumkin. Bu oddiy, tezkor va doimo qulay.

Tez
Bir necha daqiqada o‘tkazmalar
Tun-u kun
24/7 rejimida faoliyat yuritadi
Butun dunyo boʻylab
Ko‘plab davlatlarda foydalanish mumkin
Xavfsiz
Operatsiyalarni zamonaviy himoya qilish
Alipay orqali qanday toʻlov qilish boʻyicha qoʻllanma

Qabul qiluvchining QR-kodini skanerlash
Asosiy ekranda «Alipay+» tugmasini bosing
Sotuvchi koʻrsatgan QR-kodni skanerlashingiz kerak

Toʻlov summasini kiriting
Buyurtma sahifasidagi maʼlumotlarni tekshirib, toʻlovni tasdiqlang
Amaliyot natijasini ekranda oling.

Oʻz QR-kodingizni taqdim etish
Toʻlov summasini kiriting
Buyurtma sahifasidagi maʼlumotlarni tekshirib, toʻlovni tasdiqlang
Amaliyot natijasini ekranda oling.
Savollaringiz qoldimi? Biz bilan bogʻlaning!

Bankdagi barcha savollaringiz boʻyicha shaxsiy yordamchi! U sizga xizmatlardan foydalanishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi va barcha savollaringizga javob beradi.
У вас есть вопросы? Возможно мы уже ответили
Alipay orqali toʻlov qaysi mamlakatlarda mavjud?
Alipay orqali toʻlov quyidagi mamlakatlarda mavjud:
Singapur, Malayziya, Filippin, Tailand, Kambodja, Nepal, Shri-Lanka, Laos, Maldiv orollari, Yaponiya, Makao, Gonkong, Koreya, Mongoliya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Kipr Respublikasi, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveytsariya, San-Marino, Turkiya, BAA, Qatar, Mavrikiy, Armaniston, AQSh, Chili, Qozogʻiston.
Alipay orqali toʻlov amalga oshirilganda, mablagʻ qaysi valyutada yechib olinadi?
Mablagʻ mijoz kartasidan hisob valyutasida yechib olinadi, konvertatsiya esa avtomatik ravishda bank yoki toʻlov tizimi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Alipay’da alohida hisob ochish kerakmi?
Barcha toʻlovlar sizning Octo-Mobile’dagi hisobingiz yoki kartangiz orqali amalga oshiriladi, bunda Alipay integratsiyasi qoʻllaniladi.
Xizmatni alohida ulash kerakmi?
Alipay QR-kodi orqali toʻlov funksiyasi Octo-Mobile mobil ilovasini yangilaganidan soʻng barcha Octobank mijozlari uchun mavjud.