Firibgarlik turlari

Fishing (SMS, e-mail, qoʻngʻiroqlar orqali)

Bank, toʻlov tizimlari, marketpleyslar yoki davlat organlarining rasmiy bildirishnomalariga taqlid qiluvchi yolgʻon xabarlarni maqsadli tarqatish

QR-kodlar bilan firibgarliklar

Soxta toʻlov sahifalariga olib boruvchi yoki oʻtkazma tafsilotlarini Oʻzgartiruvchi soxta QR-kodlardan foydalanish

Ijtimoiy muhandislik

Firibgarlar maxfiy maʻlumotlarni olish, tizimlarga kirish yoki jabrlanuvchini maʻlum harakatlarga undash uchun psixologik usullardan foydalanadigan usul

Soxta saytlar va ilovalar

Shaxsiy maʻlumotlar yoki pul mablagʻlarini oʻgʻirlash uchun rasmiy veb-saytlar va mobil ilovalarning nusxalarini yaratish

Messenjerdagi firibgarlik

Mashhur messenjerlar (Telegram, WhatsApp, Viber va boshqalar) orqali, koʻpincha soxta hisoblardan foydalangan holda aldash

Moliyaviy xavfsizlik: har kim bilishi zarur boʻlgan narsalar

Ijtimoiy muhandislik

  • Jabrlanuvchini karta ma'lumotlarini berishga ishontirish maqsadida o'zini bank, huquqni muhofaza qilish organi yoki davlat organi xodimi deb tanishtirish.

  • Shoshilinchlik hissini yaratish

    — "Hisobingiz bloklandi, pulni "xavfsiz" hisobga o'tkazing".

  • Hissiyotlarga bosim (qo'rquv, ochko'zlik, burch hissi).

Fishing (SMS, e-mail, qo'ng'iroqlar orqali)

  • Login/parolni kiritish uchun soxta saytga havola bilan SMS.

  • Qalbaki blanka yoki to'lov hisobi bilan email.

  • Qo'ng'iroqlar (vishing), bunda jinoyatchi bank xavfsizlik xizmati niqobi ostida "tasdiqlovchi ma'lumotlar"ni aniqlashtiradi.

Soxta saytlar va ilovalar

  • Rasmiy domenga o'xshash, lekin ortiqcha belgilar yoki xatolarga ega domen.

  • HTTPS sertifikati yo'q yoki soxta sertifikat.

  • Kartaning to'liq ma'lumotlari, CVV-kodi, internet-bankning parollarini kiritish talabi.

QR-kodlar bilan firibgarliklar

  • Kafe, do'kon yoki avtoturargohda asl QR ustiga qalbaki QR yopishtirish.

  • Almashtirilgan rekvizitlar bilan "to'lov uchun" messenjerda QR-kod yuborish.

Messenjerdagi firibgarlik

  • Firibgar o'zini tanish/qarindosh qilib ko'rsatib, zudlik bilan pul o'tkazishni so'raydi.

  • "Investitsiyaviy loyihalar" va yuqori foyda va'da qiluvchi soxta guruhlar yoki kanallar yaratish.

  • Mavjud bo'lmagan tovar/xizmatlarni oldindan to'lov evaziga sotish.

Поделитесь

Keng tarqalgan sxemalar: toifalar bo‘yicha ko‘rib chiqing

Eng mashhur aldov holatlari— ularni darhol aniqlang

Amaliy tavsiyalar

Bu bo‘limda firibgarlik xavfini kamaytirish va mablag‘laringizni xavfsiz saqlashga yordam beradigan oddiy va samarali maslahatlar jamlangan. Ushbu tavsiyalarga amal qilsangiz, tahdidni o‘z vaqtida aniqlaysiz va o‘zingizni firibgarlarning harakatlaridan himoya qila olasiz

Kodlar, PIN, CVV haqida hech qachon xabar bermang

Banklar va toʻlov tizimlari hech qachon SMS yoki push-bildirishnomalardan PIN kod, kartaning CVV kodi, bir martalik parollarni soʻramaydi. Agar sizga shunday soʻrov bilan qoʻngʻiroq qilishsa yoki yozishsa — bu 100% firibgarlik. Hatto bank, huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki davlat idoralari xodimlariga ham bu maʻlumotlar sizga yordam berish uchun kerak emas.

Sayt manzili va telefon raqamini tekshiring

Maʻlumotlarni kiritishdan oldin, sayt HTTPS (manzil qatoridagi qulf)dan foydalanayotganiga ishonch hosil qiling. Domenning toʻgʻriligini tekshiring (koʻpincha firibgarlar harflarni almashtiradi yoki oʻxshash belgilardan foydalanadi: masalan, "bank" oʻrniga "bunk"). Qoʻngʻiroq qilganda raqamni tekshiring — yaxshisi, sayt yoki kartada koʻrsatilgan bankning rasmiy raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Amallarga cheklovlar belgilang

Mobil bankda karta va hisoblar uchun kunlik va bir martalik cheklovlarni sozlang. Cheklovlar karta yoki akkaunt komprometatsiyalangan taqdirda zararni minimallashtirishga yordam beradi. Yirik amaliyotlar uchun oldindan tasdiqlashdan foydalaning (call-markaz yoki ilova orqali).

Amallar boʻyicha bildirishnomalarni sozlang

Barcha kiruvchi va chiquvchi tranzaksiyalar uchun SMS yoki push-bildirishnomalarni ulang. Tezkor bildirishnoma ruxsatsiz yechib olishlarni tezda aniqlash va kartani bloklashga yordam beradi.

Face ID / ikki bosqichli tekshiruvdan (autentifikatsiyaqadan) foydalaning

Mobil ilovaga kirish va amallarni tasdiqlash uchun biometrik autentifikatsiyani (Face ID, Touch ID) yoqing. Internet-bank va pochta xizmatlarida ikki bosqichli (2FA) autentifikatsiyani faollashtiring. Bu login va parolni oʻgʻirlashda ham qoʻshimcha toʻsiq yaratadi.

Firibgarlardan himoyalanish algoritmi

Firibgarlikka uchraganda dastlabki qadamlar

Firibgarlikka uchraganda dastlabki qadamlar

Favqulodda choralar

Firibgarlar bilan aloqaga chiqganingizdan so‘ng darhol nima qilish kerak: muloqotni to‘xtatish, pullarni himoya qilish, parolni almashtirish va dalillarni qayd etish. Bu yerda — dastlabki soatlar va kunlar uchun bosqichma-bosqich algoritm, shu jumladan, hisobdan yechib olingan mablag‘lar bo‘yicha harakatlar.

Batafsil oʻqish

1. Birinchi harakatlar (darhol, 10 daqiqa ichida)

Aloqani toʻxtatish

  • Qoʻngʻiroqlar/xabarlarga javob bermang, raqam/akkauntni bloklang.

Pullarni himoya qiling
  • Mobil bankda karta/akkauntni bloklang yoki kartaning orqa tomonidagi / faqat rasmiy saytdagi raqamga qoʻngʻiroq qiling.

  • "Tezkor toʻlovlar"/pul oʻtkazmalarini faolsizlantiring, cheklovlarni vaqtincha pasaytiring.

Parollarni almashtiring
  • Internet-bank, mobil ilova, pochta, messenjerlar, marketpleyslar.

Dalillarni qayd eting
  • Yozishmalar skrinshoti, telefon raqamlari, havolalar, akkauntlar nomlari, qoʻngʻiroq vaqti, pul oʻtkazmalari miqdorlari va rekvizitlari.

  • Yozishmalar va bildirishnomalarni oʻchirmang.

2.  Bir sutka davomida

Bankka xabar bering
  • Ilova/rasmiy Call-markaz orqali: vaziyatni tavsiflang, vositalarni zudlik bilan bloklashni, baxsli amaliyotlarni bekor qilishni/e'tiroz bildirishni soʻrang (agar mavjud boʻlsa).

  • Murojaat raqamini va xodimning FIShni yozib oling.

Qurilma va SIM-kartani tekshiring
  • Agar noma'lum shaxslarning iltimosiga koʻra AnyDesk/TeamViewer/"operatordan antivirus" oʻrnatilgan boʻlsa - oʻchirib tashlang.

  • OT/antivirusni yangilang, telefon/kompyuterni zararli DTlarga tekshiring.

  • "SIM-swap" belgilarida (tarmoq yoʻqolgan/SMS kelmayapdi) — zudlik bilan mobil aloqa operatoriga murojaat qiling, SIM-kartani qayta chiqartiring va xizmat koʻrsatishga maxfiy kod oʻrnating.

Sizni aldashgan servisga xabar bering
  • Marketpleys/ijtimoiy tarmoq/messenjer/toʻlov xizmati — sotuvchi/kanal/bot ustidan shikoyat qiling, dalillarni ilova qiling, bloklash va yordam soʻrang.

Hududingizdagi huquq-tartibot idoralariga murojaat qiling
  • Jinoyat haqida ariza bering (elektron yoki yuzma-yuz).

  • Skrinshotlar, cheklar, firibgarlarning kontaktlari, oʻtkazmalar rekvizitlarini ilova qiling.

  • Kirish raqami (bildirishnomali talon) va mas'ul shaxsning kontaktini saqlab qoʻying.

3.   Agar pul yechib olingan boʻlsa

Karta/bank orqali pul oʻtkazish
  • Darhol e'tiroz bildirish uchun ariza topshiring (chargeback/amaliyot boʻyicha daʻvo) — muddatlar cheklangan, qanchalik erta boʻlsa, imkoniyat shunchalik yuqori boʻladi.

  • Bankka barcha materiallarni taqdim eting: skrinshotlar, raqamlar, havolalar, koʻchirmalar, cheklar.

Uchinchi shaxs hamyoniga/kartasiga pul oʻtkazish
  • Bankdan mablagʻlarni qabul qiluvchi bankka muzlatish soʻrovini yuborishini soʻrang (agar hali imkoni boʻlsa).

  • Parallel ravishda — huquqni muhofaza qilish organiga ariza.

Bankomat/terminal orqali naqd pul
  • Bankka joy/vaqt/miqdor haqida xabar qiling; agar boʻlsa, chek va kameraga yozilganlarni saqlab qoling (agar nuqta egasi orqali imkoni boʻlsa).

4.    Shaxsiy/toʻlov maʻlumotlari chiqib ketgan boʻlsa

  • Yangi karta chiqartiring, avtomatik toʻlovlarni bekor qiling va ularni qayta biriktiring.

  • Eski parollar ishlatilgan barcha joylarda parollarni almashtiring.

  • Sizning servislaringiz sozlamalarida notanish qurilma/sessiyalar bor-yoʻqligini tekshiring — ularni yakunlang.

  • Barcha amallar uchun bildirishnomalarni ulang, birlamchi quyi cheklovlarni oʻrnating.

  • Kredit faolligi monitoringini yoqing (agar sizning bankingiz/kredit byuroda mavjud boʻlsa) va alertlarni sozlang.

Keyingi harakatlar va ma’lumotlarni himoyalash

Keyingi harakatlar va ma’lumotlarni himoyalash

Arizalar, tergov surishtiruvi, taqiqlar

Shaxsiy ma’lumotlar chiqib ketgan yoki pul yo‘qotilgan bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak: bankka nima deb yozish kerak, tergovga qanday yordam berish kerak va qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Batafsil oʻqish


1. Bankka/arizada nima deyish kerak (andoza)

"Firibgarlik harakatlari toʻg'risidagi murojaatni qayd etishingizni soʻrayman.

Voqea sanasi/vaqti: ____.


Kanal: qoʻngʻiroq/SMS/messenjer/sayt.


Miqdori va valyutasi: ____.


Amaliyot rekvizitlari (boʻlsa): ____.

Tavsif: (qisqacha: qanday bogʻlanishdi, nimani soʻrashdi, qaysi saytga olib borishdi).



Ilovalar: skrinshotlar, raqamlar, havolalar, cheklar.
 Vositalarni bloklash, keyingi pul yechilishlarini oldini olish, oʻtkazmaga e'tiroz bildirish/qaytarish (agar qoʻllanilsa) va murojaat raqamini taqdim etishingizni soʻrayman."

2.    Tergovga qanday yordam berish mumkin

  • Fayllarning asl nusxalari va meta-axborotlarni (suratlar, PDF fayllar, sana/vaqt koʻrsatilgan skrinshotlar) saqlang.

  • Yozishmalarni tahrirlamang, "boʻlaklab" yubormang, yaxshisi chatni toʻliq eksport qiling.

  • Firibgarlarning barcha yangi kontaktlarini yozib boring, lekin muloqotga kirishmang.

3.    Nima qilmaslik kerak

  • "Qaytarish uchun komissiya", "sug'urta", "soliqlar"ni oʻtkazmang — bu sxemaning davomi.

  • SMS/push kodlar, PIN, CVV, parollar, karta maʻlumotlarini oshkor qilmang.

  • Dasturiy ta'minotni "bank xodimi/huquq-tartibot idorasi xodimi" iltimosiga binoan oʻrnatmang.

  • "Pulni qaytarish manzillari" boʻyicha kelmang va hujjatlarni begonalarga bermang.

  • Yozishmalar va bildirishnomalarni oʻchirib tashlamang — bu muhim dalillar.

Moliyaviy xavfsizlik: har kim bilishi zarur boʻlgan narsalar

Chek-list-eslatma (qisqacha)

  1. Stop-kontakt → Karta/hisobni bloklash → Parollarni almashtirish + 2FA.

  2. Dalillarni qayd etish.

  3. Bank: ariza, e'tiroz bildirish, murojaat raqami.

  4. Platforma/servis: firibgar akkauntiga shikoyat qilish va uni bloklash.

  5. Huquqni muhofaza qiluvchi organ: ilovalar bilan bayonot.

  6. Qurilmalar/SIM: tekshirish, dasturiy ta'minotni o'chirish, kerak bo'lganda qayta chiqarish.

  7. Monitoring: bildirishnomalar, cheklovlar, ko'chirmalarni nazorat qilish.

Поделитесь