O‘zbekiston Respublikasida kimlarning omonatlari kafolatlanadi?


O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi banklarida joylashtirilgan quyidagi shaxslarning omonatlari kafolatlanadi:

Yuridik shaxslar

jismoniy shaxslar

Yakka tartibdagi tadbirkorlar

Qaysi omonatlar kafolatlanmaydi?


Qonunga muvofiq, kafolatlash obyektlari hisoblanmaydi:

  • banklar, nobank kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, lizing tashkilotlari, investitsiya va pay fondlari, shuningdek vakolatli organ tomonidan berilgan litsenziya yoki ruxsatnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa moliyaviy tashkilotlarning omonatlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlatning davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat korxonalarining omonatlari;

  • bank bilan bog‘liq shaxslarning omonatlari, bundan bank boshqaruvi a’zolari va asosiy xodimlarining oxirgi 3 oy davomida hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar miqdoridan oshmaydigan omonatlari mustasno;

  • bankning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ochilgan sho‘ba banklari yoki filiallaridagi omonatlar;

  • individual jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamlangan pul mablag‘lari;

  • qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan jinoyat faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liqligi tasdiqlangan pul mablag‘lari.

Qaysi omonatlar kafolatlanadi?


O‘zbekiston Respublikasi banklarida joylashtirilgan quyidagi omonatlar kafolatlanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi;

  • xorijiy valyutadagi

  • jismoniy shaxslar (shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar) va yuridik shaxslarning omonatlari.

Omonat bo‘yicha kompensatsiya qaysi miqdorda kafolatlanadi?

Bir bankda bitta omonatchiga to‘lanadigan kompensatsiya miqdori:

  • omonat qoldig‘i 200 mln so‘mdan oshmasa — to‘liq miqdorda;

  • omonat qoldig‘i 200 mln so‘mdan oshsa — 200 mln so‘m.

    Agar omonatchining bir bankda bir nechta omonatlari mavjud bo‘lsa, ularning soni va valyutasidan qat’i nazar, umumiy kompensatsiya miqdori 200 mln so‘mdan oshmaydi.

Kompensatsiya qaysi valyutada to‘lanadi?

Xorijiy valyutadagi kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya:

  • O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kafolatli holat yuzaga kelgan kundagi (bank litsenziyasi bekor qilingan kundagi) rasmiy kursi bo‘yicha to‘lanadi.

Kompensatsiya olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Kompensatsiya olish uchun omonatchi bank-agentga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • bank omonati shartnomasi va (yoki) bank hisobvarag‘i shartnomasi;

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

 

Omonat egasining merosxo‘rlari kompensatsiya olishi mumkinmi?

Ha. Kompensatsiya merosxo‘rlarga, huquqiy vorislarga yoki ularning vakillariga meros huquqi yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda to‘lanadi.

Qaysi holat kafolatli holat hisoblanadi?

Kafolatli holat — bu O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi bekor qilingan holatdir.

Kompensatsiya to‘lovlari qachon boshlanadi?

  • Omonatlarni kafolatlash agentligi:

    tugatilayotgan bankdan omonatchilar reyestrini olgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida kafolatli holat yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni e’lon qiladi;

 

kompensatsiya olish imkoniyatini quyidagi muddatlarda ta’minlaydi:

  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 ish kuni ichida;

  • 2026-yil 1-yanvardan boshlab — 15 ish kuni ichida;

  • 2027-yil 1-yanvardan boshlab — 7.

To‘lanmagan kafolatlangan omonatlar omonatchining mulki bo‘lib qoladi va istalgan vaqtda talab qilib olinishi mumkin.
Bank omonat summasini ushlab qolishi mumkinmi?

Agar kafolatli holat yuzaga kelgan sanada omonat bank oldidagi majburiyatni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan bo‘lsa va uning summasi faqat ushbu majburiyatni qoplash uchun yetarli bo‘lsa, omonat majburiyatni qoplash hisobiga yo‘naltiriladi.

 

Qaysi hollarda kompensatsiya to‘lovi to‘xtatilishi mumkin?

Quyidagi hollarda kompensatsiya to‘lovi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin:

  • taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga shubha tug‘ilganda;

  • omonatchining talablari va reyestr ma’lumotlari o‘rtasida tafovutlar aniqlanganda;

  • hisobvaraqqa nisbatan taqiq qo‘yilgan, pul mablag‘lari muzlatilgan yoki operatsiyalar to‘xtatilgan bo‘lsa;

  • omonat sud nizosi predmeti bo‘lsa.

Qaysi hollarda kompensatsiya to‘lash rad etiladi?

Quyidagi hollarda kompensatsiya to‘lash rad etilishi yoki ilgari to‘langan kompensatsiyani qaytarish talab qilinishi mumkin:

  • soxta hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa;

  • qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan pul mablag‘larining jinoyat faoliyati bilan bog‘liqligi aniqlangan bo‘lsa.

Omonatchining talab huquqlari Agentlikka o‘tadimi?

Kaforatli holat yuzaga kelgan kundan boshlab omonatchining tugatilayotgan bankka bo‘lgan talab huquqlari kafolatlangan summa miqdorida Omonatlarni kafolatlash agentligiga o‘tadi.

Bunda omonatchi kafolatlangan summadan ortiq bo‘lgan qism bo‘yicha tugatilayotgan bankka nisbatan talab huquqini saqlab qoladi.

Bilish muhim

Omonatlaringizni qaytarish kafolatlanadi

 

Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash bilan birga, aholining 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlarini qaytarish kafolati hisoblanadi.

O‘zbekiston norezidentlari uchun omonatlar bo‘yicha foizlarga soliq solish
O‘zbekiston norezidentlarining banklardagi omonatlari bo‘yicha daromadlariga 10% miqdorida soliq solinadi (O‘zR Soliq kodeksining 366, 382-moddalari). Bank foizlarni to‘lashda soliqni ushlab qoladi.

Savol javoblar

Omonat muddati tugagunga qadar pul mablagʻlarini yechib olish mumkinmi?

Bu omonat shartlariga bogʻliq. Baʻzi omonatlar foizlarni yoʻqotish bilan erta yechib olishga imkon beradi, boshqalari esa yoʻq.

Xorijiy valyutadagi omonatlarning qanday afzalliklari bor?

Asosiy afzalliklarga milliy valyuta inflyatsiyasidan himoya qilish, barqaror valyutada daromad olish imkoniyati va investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish kiradi.

Chet el valyutasidagi omonatimni toʻldirishim mumkinmi?

Ha, koʻplab banklar toʻldirish imkoniyati bilan omonatlarni taklif qilishadi, ammo shartlar farq qilishi mumkin, shuning uchun shartnoma bilan tanishib chiqish muhimdir.

Chet el valyutasidagi omonat nima?

Valyuta omonati – bu investorlarga o‘z mablag‘larini barqaror valyutada saqlash orqali foiz olish imkonini beruvchi xorijiy valyutada joylashtirilgan bank omonatidir.