Bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar mijozlarning murojaat qilish tartibi

Biz doimo muloqot uchun ochiqmiz. Agar sizda shartnomalarni tuzish yoki bajarilishi, xizmat ko‘rsatish sifati yoki boshqa bank xizmatlari bilan bog‘liq savollar yoki takliflar bo‘lsa, o‘zingizga qulay usulda bankka murojaat qilishingiz mumkin.

Bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar  mijozlarning murojaat qilish tartibi

Murojaatni qanday taqdim etish mumkin?


"Octobank" AJ mijozlari bank xizmatlari ko‘rsatish shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish, bajarish, bekor qilish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq savollar yoki e’tirozlar yuzaga kelganda, shuningdek xizmat ko‘rsatishga taalluqli boshqa hollarda quyidagi usullardan biri orqali Bankka murojaat qilish huquqiga ega:



  • Bank ofisiga shaxsan murojaat qilish;

  • Mijozlar bilan ishlash departamentiga +998 71 202 33 33 raqamli aloqa-markazi orqali yoki Bankning +998 71 202 10 01 raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilish;


  • Mobil ilovaning "Qayta aloqa" bo‘limidagi aloqa markazi raqami, rasmiy qo‘llab-quvvatlash xizmatining Telegram-akkauntiga havola orqali, shuningdek, murojaatlar uchun mo‘ljallangan Bank veb-saytiga o‘tish orqali;

  • Bankning elektron pochta: info@octobank.uz manziliga xat yo‘llash.

Murojaatda nimalarni ko‘rsatish kerak?

• familiyasi, ismi va otasining ismi;

• yashash manzili;

• pasport ma’lumotlari yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat ma’lumotlari (seriyasi, raqami, organi va berilgan sanasi);

• murojaat havola qilayotgan shartnoma yoki boshqa hujjatning rekvizitlari (mavjud bo‘lsa);

• murojaat qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarning tavsifi, tasdiqlovchi materiallar ilova qilingan tarzda;

• harakati yoki harakatsizligi murojaatga sabab bo‘lgan Bank xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi (agar ma’lum bo‘lsa);

• javob olish uchun aloqa ma’lumotlari (elektron pochta manzili yoki pochta manzili);

• bayon etilgan faktlarni tasdiqlovchi ilova qilinayotgan hujjatlar (nusxalar) ro‘yxati;

•murojaat mijozning vakili tomonidan berilgan taqdirda - uning ishonchnomasini tasdiqlovchi hujjat.


Bank murojaatlarni amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi.

Mijoz Bankning javobidan norozi bo‘lgan taqdirda, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun vakolatli sudga murojaat qilishga haqli.

Bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada tartibga solinmagan vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari amal qiladi.

 

Octobankda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi

poryadok_raboty_s_obrasheniyami_octobank.pdf, 2.68 MB

Yozma murojaat uni taqdim etgan jismoniy shaxsning imzosi yoki yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.