Octobank komplaens tizimi

Octobank komplayens bo'limining missiyasi — (regulyator) nazorat organlari talablariga amal qilinishiga kafolat berish, shuningdek, mijozlar va hamkorlardan yuqori darajadagi shaffoflik va ishonchni ta'minlash.

Octobank komplaens tizimi

Komplaens nima?

Komplaens — bu qonunchilik, bankning ichki hujjatlari, xalqaro standartlar talablariga rioya qilmaslik, shuningdek regulyatorlar tomonidan sanksiyalar yoki boshqa chora-tadbirlar qoʻllanilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy va obroʻ-e’tibor xatarlarining oldini olishga qaratilgan choralar tizimidir.

Octobank komplaens tizimining tarkibi

Sanksiyaviy komplaens

Mijozlar, tranzaksiyalar va kontragentlarning xalqaro sanksiya roʻyxatlari boʻyicha doimiy tekshirilishi.

Korrupsiyaga qarshi komplaens

Poraxoʻrlikka nisbatan “nol darajadagi toqat”, sovgʻa-sarflar va manfaatlar toʻqnashuvini nazorat qilish, maxfiy xabar berish kanallari.

OQ/MFT/OMUga qarshi choralar (AML/CFT/CPF)

Risqqa asoslangan mijozni tekshirish, operatsiyalar monitoringi va regulyatorlarga hisobot taqdim etish.

Komplaens

Bank rahbariyatining sanksiyaviy komplaens bo‘yicha bayonoti

АО Octobank — Oʻzbekiston Respublikasida 2001 yildan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bankdir. Biz dunyoning yetakchi moliya institutlari bilan korespondentlik aloqalarini oʻrnatganmiz va ularni saqlab qolish uchun ko‘p bosqichli komplaens tekshiruvlaridan oʻtganmiz.

Xalqaro komplaens talablariga qat’iy rioya etish uzoq muddatli hamkorligimizning asosidir.

Octobank quyidagi asosiy sanksiya roʻyxatlariga toʻliq amal qiladi:

  • BMT Xavfsizlik Kengashining birlashtirilgan roʻyxati;

  • AQSh OFAC’ning konsolidatsiyalangan sanksiya roʻyxati;

  • Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya hamda boshqa G7 davlatlarining sanksiya reglamentlari.

Shu munosabat bilan, mijozlardan Octobankning Ommaviy ofertasida koʻrsatilgan komplaens bandiga qat’iy rioya etishlarini soʻraymiz. Bu talablar sizning mablagʻlaringizni himoya qiladi va bankning xalqaro maydondagi begʻubor obroʻsini ta’minlaydi.

Поделитесь

Санкционные списки, которые мы соблюдаем

Komplaens
Komplaens
Komplaens
Komplaens

Ma’lumotlar va hujjatlar

Mijoz anketasi

mijoz-anketasi.pdf, 186.85 KB

“Octobank” AJning komplaens siyosati

komplayens-siyosati.pdf, 164.10 KB

Fikr-mulohaza qoldirish

“Speak Up” ishonch telefoni

Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi!
Ko'proq yuboring
Voy! Shaklni yuborishda nimadir xato ketdi.