Ekvayring — biznesingizni yangi bosqichga olib chiqadi
Statistikaga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatdagi barcha to‘lovlarning 40 foizi naqd pulsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Bu degani, har to‘rtinchi to‘lov O‘zbekistonda bank kartalari yoki terminallar orqali amalga oshirilmoqda. Ya’ni, mijozlar qulaylikni afzal ko‘rmoqda, biznes esa bu o‘zgarishga moslashishi kerak.
Ayniqsa, ilg‘or va o‘z vaqtida qaror qabul qiladigan tadbirkorlar allaqachon ekvayring tizimini joriy etib ulgurgan. Chunki bu faqat zamonaviylik belgisi emas, balki real foyda va kundalik qulaylikdir.
Ekvayring nima va nima uchun u zarur?
Soddaroq aytganda, ekvayring - bu mijozlarning to‘lovlarini bank kartasi orqali qabul qilish imkonini beruvchi xizmat.
Agar siz ushbu tizimni joriy qilsangiz, quyidagi afzalliklarga ega bo‘lasiz:
Ko‘proq mijozlar – karta orqali to‘lovni afzal ko‘radigan xaridorlar sizni tanlaydi, raqobatchilarni emas.
Savdo hajmi oshadi – to‘lov jarayoni tez va qulay bo‘lgani sababli mijozlar ko‘proq xarid qilishadi.
Naqd pul xavfidan xalos bo‘lasiz – o‘g‘rilik, yo‘qotish va hisobdagi xatoliklar kamayadi.
Hisobot yuritish osonlashadi – har bir tranzaksiya tizimda avtomatik qayd etiladi.
Brend obro‘si ortadi – karta qabul qiladigan biznes ishonchli va zamonaviy ko‘rinadi.
Qaysi sohalarda ayniqsa muhim?
Ekvayring bugungi kunda quyidagi yo‘nalishlar uchun deyarli muqarrar bo‘lib bormoqda:
Onlayn do‘konlar
Kafe va restoranlar
Yetkazib berish va taksi xizmatlari
Obunalar, servislar, raqamli platformalar
Marketpleyslar
Ta’lim xizmatlari va kurslar
Ekvayring tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Tadbirkor sifatida quyidagi mezonlarga alohida e’tibor qaratishingiz muhim:
Bankning ishonchliligi va IT-infratuzilmasi
Komissiya stavkalari va xizmat narxlari
Qanday kartalar qabul qilinadi (Humo, Uzcard, Visa, Mastercard)
Pul hisobingizga qachon tushadi (shu kuni yoki keyingi kuni)
Onlayn to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati (sayt, ilova orqali)
Texnik qo‘llab-quvvatlash sifati va tezkorligi
Nega aynan Octobank ekvayringi?
Octobank — bu oddiy bank emas, balki raqamli yechimlar orqali biznesingizni yangi bosqichga olib chiqadigan innovatsion hamkor bo‘lib, u veb-saytlar, mobil ilovalar hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi zamonaviy xizmatlarni taklif etadi.
Open API, SDK va CMS bilan integratsiya
POS va E-POS orqali to‘lovlar
Yuridik shaxslar bilan birga YATT (IP)lar uchun ham xizmat
24/7 texnik yordam - Telegram, email va shaxsiy menejer
3D Secureni sozlash imkoniyati
25 ta valyutada Visa va Mastercard orqali to‘lov
Komissiya atigi 0,8% dan boshlanadi
Tokenizatsiya, HOLD va to‘lovni kechiktirish funksiyalari
To‘lovni qaytarishda komissiya olinmaydi
PCI DSS xavfsizlik standartlariga to‘liq moslik
To‘liq ulanish muddati — 3 ish kuni
Ishonchli tanlov: katta brendlar bizni tanladi
Bugungi kunda Octobank 300 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Bu oyiga 15 milliondan ziyod tranzaksiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini anglatadi.
Bir tomondan, bizni bozor yetakchilari tavsiya qiladi, boshqa tomondan esa — bizning ishonchliligimiz va barqarorligimizni nufuzli mukofotlar tasdiqlaydi. Jumladan, Visa tomonidan “2024-yilning eng yaxshi bank-ekvayeri” deb tan olinishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan “Onlayn ekvayringdagi yetakchi bank” deb e’tirof etilishimiz - bu bizning raqamli xizmatlar sohasidagi yetakchiligimizni yaqqol namoyon etadi.
Ekvayring endi ixtiyoriy emas — bu zarurat!
Bugungi biznes raqamli dunyoga o‘tmoqda. Agar siz ham rivojlanmoqchi, mijozlarga qulaylik yaratmoqchi va raqobatda oldinga chiqmoqchi bo‘lsangiz - ekvayring bu yo‘lda muhim qadam.
Octobank ekvayringi - bu biznesingizni global darajaga olib chiqishga tayyor zamonaviy yechim bo‘lib, xalqaro standartlarga mos strategik hamkordir.