Foydalanish shartlari

Iltimos, xizmatimizdan foydalanishdan oldin Foydalanish shartlari bilan diqqat bilan tanishing. Saytdan foydalanishda davom etish orqali siz ushbu shartlarga roziligingizni tasdiqlaysiz.

Foydalanish shartlari

Octo-mobile ilovasi orqali onlayn tarzda tranzaktsiyalarni amalga oshirish bo`yicha jismoniy shaxslarga masofaviy hizmat ko`rsatish to`g`risidagi

Ommaviy  oferta

 (yangi tahrir)

Toshkent sh.

«Octobank» Aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda Bank deb yuritiladi) ushbu «Octomobile» mobil ilovasi orqali to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda Oferta deb yuritiladi) bilan jismoniy shaxsga, jumladan, Bank Mijoziga (keyingi o‘rinlarda Foydalanuvchi deb yuritiladi) quyida bayon etilgan shartlarda to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma (keyingi o‘rinlarda Shartnoma deb yuritiladi) tuzishni taklif etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364, 367, 369 va 370-moddalariga muvofiq, ushbu hujjat Bankning rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi. 

 

1.     ATAMALAR VA TA’RIFLAR

Avtorizatsiya – Bank tomonidan Operatsiyani amalga oshirish uchun ruxsatnoma so‘rash va olish tartib-taomili.

Ofertani Akseptlash – Foydalanuvchi tomonidan Konklyudent harakatlarni sodir etish orqali ushbu Oferta shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi.

Autentifikatsiya ma’lumotlari – Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetga kirish va operatsiyalarni tasdiqlash uchun foydalaniladigan noyob ma’lumotlari: login, parol, Biometrik ma’lumotlar, shuningdek, Tekshiruv kodlari.

Biometrik identifikatsiya (Biometriya) – Mobil ilovada Foydalanuvchining shaxsini uning fiziologik va biologik xususiyatlari (yuzni tanib olish, barmoq izi va boshqa usullar) asosida, jumladan, masofaviy identifikatsiya tizimlaridan foydalangan holda aniqlash tartib-taomili.

Bank – O‘zR MB Litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi va to‘lov xizmatlari yetkazib beruvchisi hisoblangan «Octobank» Aksiyadorlik jamiyati.

Bankning Ichki reglamenti – Bank tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlangan, ichki texnologik jarayonlarni, limitlarni belgilash tartibini, identifikatsiya qilish tartib-taomillarini (KYC), ichki nazorat qoidalari (shu jumladan, JFODL/TM/OQQTMQK ga qarshi kurashish bo‘yicha), shuningdek, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik rejimlarini tartibga soluvchi mahalliy hujjatlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va tartib-taomillar majmui.

Depozit hisobvaraq – Foydalanuvchining Bankda ochilgan, pul mablag‘lari hisobini yuritish va ular bilan operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bank hisobvarag‘i.

Karta – Bank yoki o‘zga bank tomonidan chiqarilgan, Operatsiyalarni amalga oshirish uchun Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilovaga biriktirilgan UZCARD, HUMO, VISA, MASTERCARD va boshqa to‘lov tizimlarining bank kartasi.

Konklyudent harakatlar – Foydalanuvchining Shartnoma tuzish yoki Operatsiyani amalga oshirishga bo‘lgan xohish-irodasini ifodalovchi harakatlari (Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish, tekshiruv kodini kiritish, Biometriyadan o‘tish, Operatsiyani boshlashga qaratilgan tugmalarni bosish). O‘zbekiston Respublikasi FKning 370-moddasiga muvofiq, bunday harakatlar Ofertani Akseptlashga tenglashtiriladi.

Komissiya – Bankning Tariflarda nazarda tutilgan Xizmatlar ko‘rsatganligi uchun mukofot puli.

Shaxsiy kabinet – Mobil ilovaning Autentifikatsiya ma’lumotlari bilan himoyalangan, bank xizmatlarini masofadan boshqarish, Operatsiyalarni amalga oshirish va Foydalanuvchining tranzaksiyalari tarixini ko‘rish uchun mo‘ljallangan shaxsiylashtirilgan bo‘limi.

Mobil ilova («Octomobile» ilovasi) – Foydalanuvchi qonuniy egalik qiluvchi, funksional imkoniyatlari va operatsion tizimining versiyasi Mobil ilovaning o‘rnatilishi va to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydigan Mobil qurilmasiga o‘rnatiladigan Bankning dasturiy ta’minoti majmuidan iborat bo‘lgan ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot.

Mobil qurilma – dasturiy muhiti ushbu Oferta doirasida Bank Xizmatlarini olish uchun Mobil ilovaning to‘liq funksionalidan foydalanish imkonini beruvchi mobil telefon va/yoki planshet kompyuter, va/yoki portativ kompyuter va/yoki Foydalanuvchining boshqa qurilmasi.

Operatsiya – pul mablag‘larini o‘tkazish, TSPda tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash, hisobvaraqlarni to‘ldirish bo‘yicha har qanday bank operatsiyasi, jumladan, Bank Tariflariga muvofiq ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun Bank komissiyasini to‘lash va Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilova orqali amalga oshirilgan boshqa operatsiyalar.

To‘lov darchasi – yakuniy tasdiqlashdan oldin Operatsiya parametrlarini va uni amalga oshirish shartlarini aks ettiruvchi Mobil ilovadagi interfeys.

Foydalanuvchi (Mijoz) – Karta egasi va/yoki hisobvaraq egasi bo‘lgan, Ofertani Akseptlash orqali Bank bilan Shartnoma tuzgan jismoniy shaxs.

Tekshiruv kodi (OTP-kod) – Ilovadagi harakatlarni tasdiqlash uchun Bank tomonidan Foydalanuvchiga yuboriladigan (SMS/Push) noyob belgilar ketma-ketligi (bir martalik parol).

Farmoyish – Mobil ilovada shakllantirilgan va Autentifikatsiya ma’lumotlari bilan tasdiqlangan, Bankka Operatsiyani (to‘lov yoki o‘tkazmani) amalga oshirish to‘g‘risidagi Foydalanuvchining ko‘rsatmasi.

O‘zga bank – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli litsenziyasiga va bank kartalarini chiqarish (emissiya qilish) huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banki yoki boshqa kredit tashkiloti («Octobank» AJ bundan mustasno).

Karta hisobvarag‘i – Kartadan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirish uchun emitent-bankda ochilgan bank hisobvarag‘i.

Tariflar – Bankning rasmiy veb-saytida va Mobil ilovada joylashtirilgan Bank vositachilik haqi tariflari.

Token — xalqaro yoki milliy to‘lov tizimlarining tokenlashtirish platformalari tomonidan shakllantiriladigan hamda Raqamli hamyon orqali Operatsiyalarni amalga oshirish uchun Foydalanuvchining muayyan Mobil qurilmasiga biriktirilgan Kartaning noyob raqamli identifikatori.

TSP (Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonasi) – tovarlari yoki xizmatlari uchun Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilova orqali haq to‘lanadigan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.

Xizmat – «Octomobile» ilovasi vositasida Bank tomonidan taqdim etiladigan to‘lov xizmati va unga hamroh Servislar.

Raqamli hamyon (To‘lov servisi) — Foydalanuvchining Mobil qurilmasiga o‘rnatilgan yoki ushbu qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan uchinchi shaxslarning dasturiy servisi (shu jumladan Apple Pay, Google Pay / Google Wallet va boshqalar) bo‘lib, Kartaning raqamli ko‘rinishini (Tokenni) xavfsiz saqlash hamda undan foydalanib kontaktsiz to‘lovlar va Internet tarmog‘ida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

Face ID / Touch ID – Foydalanuvchining yuz tuzilishi xususiyatlarini tanib olish (Face ID) yoki barmoq iziga (Touch ID) asoslangan Biometrik identifikatsiya va autentifikatsiya qilish usullari. Ushbu texnologiyalardan Mobil ilovaga kirish vositasi sifatida foydalaniladi va Taraflar tomonidan pul mablag‘larini hisobdan chiqarishga oid Farmoyishlarni tasdiqlashda Foydalanuvchining o‘z qo‘li bilan qo‘ygan imzosining ayni deb e’tirof etiladi.

MCC-kod (Merchant Category Code) – to‘lov tizimida TSPning faoliyat turini tasniflovchi to‘rt xonali kod.

Push-bildirishnoma (Push) – Foydalanuvchini xabardor qilish uchun Bank tomonidan foydalaniladigan, Foydalanuvchi Mobil qurilmasining ekranida paydo bo‘luvchi qisqa elektron xabar.

Provisioning (Kartani qo‘shish) — Mobil ilovaning Foydalanuvchiga Karta rekvizitlarini qo‘lda kiritmasdan, Tokenni yaratish va faollashtirish uchun Bank Kartasi ma’lumotlarini Mobil qurilmadagi Raqamli hamyonga himoyalangan rejimda uzatishni boshlash imkonini beruvchi funksiyasi.

QR-kod – Foydalanuvchining istalgan mavjud Kartasidan foydalangan holda Mobil ilova orqali skanerlash yo‘li bilan TSP foydasiga to‘lovni boshlash imkonini beruvchi standartlashtirilgan matritsali shtrix-kod. QR-kod quyidagicha bo‘lishi mumkin:

– statik (TSPning o‘zgarmas to‘lov rekvizitlarini o‘z ichiga olgan, bunda Operatsiya summasi Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilovada mustaqil ravishda kiritiladi);

– dinamik (har bir Operatsiya uchun TSP tomonidan alohida shakllantiriladigan, noyob identifikatorni, Operatsiya summasini o‘z ichiga olgan va cheklangan amal qilish muddatiga ega bo‘lgan).

SMS (Short Message Service) – Bankka Foydalanuvchining tasdiqlangan mobil telefon raqamiga Operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, Tariflar/Ofertadagi o‘zgarishlarni, shuningdek, bir martalik Tekshiruv kodlarini yuborish imkonini beruvchi qisqa matnli xabarlar xizmati. 

 

2.     SHARTNOMANING PREDMETI

1.           

2.           

2.1.          Mazkur Shartnomaning predmeti Bank tomonidan Foydalanuvchiga ushbu Ofertada belgilangan shartlar asosida Mobil ilova orqali to‘lov xizmatlari va ular bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, Bank Kartalarini Raqamli hamyonlarga bog‘lash uchun texnik imkoniyatni taqdim etish hamda Mobil ilova funksionalida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

2.2.          Bank real vaqt rejimida Operatsiyalarni amalga oshirish uchun Foydalanuvchi, to‘lov tizimlari va to‘lovni qabul qiluvchilar (TSP) o‘rtasidagi texnologik va axborotga oid hamkorlikni ta’minlaydi.

2.3.          Bank Xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga, To‘lov tizimlari qoidalariga va Bankning Ichki reglamentlariga muvofiq ko‘rsatadi.

2.4.          Foydalanish mumkin bo‘lgan Operatsiyalarning aniq ro‘yxati, Mobil ilovaning funksional imkoniyatlari va cheklovlar (limitlar) Bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va u tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin. 

 

3.     OFERTANI AKSEPTLASH TARTIBI VA SHARTLARI

3.1.          Ushbu Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 va 370-moddalariga muvofiq, Foydalanuvchi tomonidan ushbu Oferta shartlarini qabul qilish (Akseptlash) orqali tuziladi. Oferta shartlarini Akseptlash uning barcha qoidalariga, jumladan, Tariflar va Bankning Ichki reglamentlariga Foydalanuvchining hech qanday istisnolarsiz yoki shartlarsiz to‘liq va so‘zsiz roziligini anglatadi.

3.2.          Ofertani Akseptlash Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilovada quyidagi Konklyudent harakatlarni sodir etish orqali amalga oshiriladi:

3.2.1.     Ilova interfeysida Oferta matni bilan tanishish.

3.2.2.     Mobil telefon raqamidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish yoki avtorizatsiyadan o‘tish tartib-taomilini bajarish.

3.2.3.     Ro‘yxatdan o‘tish/avtorizatsiyani Bank tomonidan yuborilgan bir martalik Tekshiruv kodini (SMS/Push) kiritish orqali tasdiqlash.

3.2.4.     Biometrik identifikatsiyadan o‘tish (Ilovaning funksionalida nazarda tutilgan bo‘lsa).

3.3.          Yuqorida ko‘rsatilgan harakatlardan birortasi sodir etilgan paytdan boshlab Shartnoma elektron shaklda (yozma shaklga tenglashtirilgan holda) tuzilgan hisoblanadi, huquqiy kuchga ega bo‘ladi va Taraflar uchun majburiyatlarni keltirib chiqaradi.

3.4.          Ofertani Akseptlagan holda, Foydalanuvchi quyidagilarini tasdiqlaydi:

3.4.1.     haqqoniy shaxsiy va kontakt ma’lumotlarini taqdim etganligini;

3.4.2.     sodir etilayotgan harakatlarning huquqiy oqibatlarini to‘liq tushunishini. 

 

4.     XIZMATLAR KO‘RSATISHNING UMUMIY SHARTLARI

4.1.          Bank Xizmatlarni faqat real vaqt rejimida har bir aniq Operatsiyani amalga oshirish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘rsatadi.

4.2.          Xizmatlar ko‘rsatganligi uchun Bank Foydalanuvchidan Operatsiya amalga oshirilayotgan paytda amalda bo‘lgan Tariflarga muvofiq Komissiya undiradi.

4.3.          Foydalanuvchi Operatsiya amalga oshirilayotgan paytda qo‘shimcha farmoyishlarsiz Komissiyani hisobdan chiqarishga o‘zining so‘zsiz roziligini (akseptini) beradi. Komissiya asosiy Operatsiya summasidan tashqari, Operatsiya amalga oshirilayotgan Karta yoki Hisobvaraqdan ushlab qolinadi.

4.4.          Kartada yoki Hisobvaraqda Operatsiyani amalga oshirish va Komissiyani to‘liq to‘lash uchun yetarli miqdorda pul mablag‘i bo‘lmagan taqdirda, Operatsiya amalga oshirilmaydi.

4.5.          Mobil ilova orqali Operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida (so‘m), shuningdek, mavjud funksional doirasida chet el valyutasida amalga oshiriladi.

4.6.          Hisobvaraq/Karta valyutasi bilan amalga oshirilayotgan Operatsiya valyutasi mos kelmagan taqdirda, Foydalanuvchi Bankka pul mablag‘larini quyidagi tartibda konvertatsiya qilishni topshiradi:

4.6.1.     Bank ichidagi operatsiyalarda (Ilova ichida o‘z hisobvaraqlari o‘rtasida valyuta ayirboshlashda) – Operatsiya amalga oshirilayotgan paytda Mobil ilovada ayirboshlash operatsiyalari uchun Bank tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha.

4.6.2.     Tovarlar va xizmatlar uchun haq to‘lashda (shu jumladan, chet el TSPlari foydasiga) – Operatsiyaga ishlov berilgan (hisobvaraqdan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan) sana va vaqtdagi to‘lov tizimlarida bank kartalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun Bank tomonidan belgilangan maxsus kurs bo‘yicha. Foydalanuvchi mazkur kurs Bankning rasmiy veb-saytida operatsiyalarning boshqa turlari uchun e’lon qilingan konvertatsiya kursidan farq qilishi mumkinligini qabul qiladi va tasdiqlaydi.

4.7.          Foydalanuvchi to‘lov tizimlarining reglamentlari tufayli Mobil ilovada Operatsiya tasdiqlangan sana va vaqt hisobvaraqdan mablag‘lar amalda hisobdan chiqarilgan sana bilan mos kelmasligi mumkinligi to‘g‘risida xabardor qilingan va bunga rozi. Shu munosabat bilan (tranzaksiyaga protsessing markazi tomonidan ishlov berilishi paytida kursning o‘zgarishi natijasida) yuzaga kelgan kurs farqi Foydalanuvchining hisobiga to‘g‘ri keladi va Bank tomonidan qoplanmaydi.

4.8.          Xavfsizlikni ta’minlash va qonunchilik (shu jumladan, JFODL/TM/OQQTMQK) talablariga rioya etish maqsadida Bank Operatsiyalar summalariga limitlar (bir martalik, kunlik, oylik) belgilaydi. Bank limitlarni bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega.

4.9.          Bank quyidagi hollarda Foydalanuvchining Farmoyishini ijro etmaslik huquqiga ega:

4.9.1.     Yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlariga chiqarilgan Kartalardan (korporativ kartalardan) foydalanilganda.

4.9.2.     Emitent-bank yoki to‘lov tizimidan ijobiy Avtorizatsiya bo‘lmaganda.

4.9.3.     Vakolatli davlat organlari tomonidan Foydalanuvchining Hisobvaraqlari/Kartalariga qo‘yilgan taqiqlar, bloklashlar yoki boshqa cheklovlar mavjud bo‘lganda.

4.9.4.     Operatsiya shubhali xususiyatga ega yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda degan shubhalar yuzaga kelganda yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganda.

4.9.5.     Autentifikatsiya ma’lumotlari mos kelmaganda yoki Biometrik identifikatsiyadan o‘tilmaganda.

4.9.6.     O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va/yoki Bankning Ichki reglamentlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

4.10.       Operatsiya muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz yakunlanganligi to‘g‘risidagi barcha bildirishnomalar Foydalanuvchiga Mobil ilova interfeysi (Push-bildirishnomalar) orqali va/yoki tasdiqlangan telefon raqamiga SMS-xabarlar vositasida yuboriladi.

4.11.       Foydalanuvchi Mobil ilovaga o‘z nomiga O‘zga banklar tomonidan emissiya qilingan Kartalarni qo‘shish va ular bo‘yicha Operatsiyalarni (shu jumladan, transchegaraviy o‘tkazmalarni va valyutalarni konvertatsiya qilgan holda xizmatlar uchun to‘lovlarni) amalga oshirish huquqiga ega. Bunday Operatsiyalarni amalga oshirishda Foydalanuvchi Bankka tegishli O‘zga bank Kartasining emitent-bankiga mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risida so‘rov yuborishni topshiradi. 

 

5.     XIZMAT KO‘RSATISH TARTIBI

 

5.1.          Xizmat ko‘rsatish Foydalanuvchining Mobil ilovada shakllantirilgan elektron farmoyishi asosida amalga oshiriladi.

5.2.          Operatsiyani boshlash uchun Foydalanuvchi Mobil ilova menyusida Xizmatning tegishli turini tanlaydi va To‘lov darchasida kerakli rekvizitlarni to‘ldiradi.

5.3.          Operatsiya tasdiqlanguniga qadar Bank To‘lov darchasida asosiy parametrlarni: Operatsiya summasini, Komissiya miqdorini (agar mavjud bo‘lsa) va hisobdan chiqariladigan yakuniy summani aks ettiradi.

5.4.          Foydalanuvchi Operatsiyani tasdiqlagunga qadar kiritilgan ma’lumotlarning (oluvchining karta/hisobvaraq raqami, telefon raqami, summa va h.k.) to‘g‘riligini mustaqil ravishda tekshirishi shart.

5.5.          Farmoyishni tasdiqlash xavfsizlik sozlamalari va Operatsiya turiga qarab, Foydalanuvchi tomonidan Tekshiruv kodini (SMS/Push) kiritish va/yoki Biometrik identifikatsiyadan (Face ID/Touch ID) o‘tish orqali amalga oshiriladi.

5.6.          SMS yoki Push-bildirishnoma orqali olingan to‘g‘ri Tekshiruv kodini kiritish, shuningdek, Face ID yoki Touch ID yordamida muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan o‘tish Taraflar tomonidan Foydalanuvchi xohish-irodasining aniq va bahssiz tasdig‘i (o‘z qo‘li bilan qo‘ygan imzosining ayni) deb e’tirof etiladi. Ushbu paytdan boshlab Farmoyish Bank tomonidan ijro uchun qabul qilingan hisoblanadi va Foydalanuvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkin emas.

5.7.          Farmoyish tasdiqlanganidan keyin Bank real vaqt rejimida Avtorizatsiya tartib-taomilini amalga oshiradi.

5.8.          Avtorizatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, Operatsiya summasi va Komissiya summasi Foydalanuvchining Hisobvarag‘idan/Kartasidan hisobdan chiqariladi.

5.9.          Avtorizatsiyani amalga oshirish imkoni bo‘lmaganda (mablag‘ yetishmasligi, noto‘g‘ri rekvizitlar, To‘lov tizimlari tomonidan texnik uzilish va h.k.) Bank Foydalanuvchini Mobil ilova interfeysi orqali Operatsiyani amalga oshirish rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

5.10.       Bankning ushbu Shartnoma bo‘yicha Operatsiyani ijro etish qismidagi majburiyatlari quyidagi holatlardan biri yuz berganda tegishli tarzda va to‘liq hajmda bajarilgan hisoblanadi:

5.10.1.  Foydalanuvchining Hisobvarag‘idan/Kartasidan pul mablag‘lari hisobdan chiqarilgan va Bank tomonidan to‘lov tizimi yoki oluvchi-bank manziliga tegishli elektron tasdiqnoma (to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumot) yuborilgan paytda;

5.10.2.  rad etish sababi ko‘rsatilgan holda, Foydalanuvchiga Operatsiyani amalga oshirish rad etilganligi to‘g‘risida bildirishnoma (Mobil ilova interfeysi, SMS yoki Push-bildirishnoma orqali) yuborilgan paytda, basharti ushbu rad etish Bankka bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa yoki Oferta shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa.

5.11.       Operatsiya natijasi Bankning elektron jurnallarida (loglarda) qayd etilgan paytdan boshlab, Foydalanuvchining ushbu aniq farmoyishiga ishlov berish bo‘yicha Xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi.

5.12.       Agar kechikish o‘zga banklar yoki to‘lov tizimlarining harakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, Bank pul mablag‘larining keyinchalik oluvchining hisobvarag‘iga kelib tushish muddatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.13.       Mobil ilovada shakllantiriladigan, Operatsiya tafsilotlari ko‘rsatilgan va «Monitoring» bo‘limida ko‘rish hamda saqlab olish mumkin bo‘lgan ma’lumot (kvitansiya) muvaffaqiyatli amalga oshirilgan Operatsiyaning tasdig‘i hisoblanadi.

5.14.       QR-kodni skanerlash vositasida Operatsiya amalga oshirilayotganda, Bank Foydalanuvchi tomonidan Operatsiya tasdiqlanguniga qadar To‘lov darchasida quyidagi ma’lumotlarning aks ettirilishini ta’minlaydi:

5.14.1.  TSPning nomi (savdo nomi);

5.14.2.  Operatsiya summasi (dinamik QR-kod uchun avtomatik ravishda to‘ldiriladi yoki statik QR-kod uchun Foydalanuvchi tomonidan qo‘lda kiritiladi);

5.14.3.  Bank Komissiyasining miqdori.

5.15.       Foydalanuvchi Operatsiya amalda tasdiqlanguniga qadar To‘lov darchasida aks ettirilgan barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shaxsan ishonch hosil qilishi shart. Ko‘rsatilgan parametrlar aks ettirilganidan keyin Operatsiyaning tasdiqlanishi (kodni kiritish yoki Biometriya) Foydalanuvchining qaytarib olinmaydigan farmoyishi va uning summa, TSP rekvizitlari hamda komissiyaga bo‘lgan roziligining tasdig‘i deb e’tirof etiladi. 

5.16.       Mobil ilova orqali Kartalarni Raqamli hamyonlarga bog‘lash tartibi:

5.16.1.  Foydalanuvchi Mobil ilova interfeysidagi maxsus funksiyadan foydalanib, Bank tomonidan chiqarilgan Kartani Raqamli hamyonga qo‘shishni boshlash huquqiga ega.

5.16.2.  Foydalanuvchining Kartani Raqamli hamyonga qo‘shish tugmasini bosishi va shundan so‘ng operatsiyani Mobil ilovaning autentifikatsiya vositalari (OTP tekshiruv kodini kiritish, Face ID / Touch ID orqali biometrik autentifikatsiya yoki kirish kodi) yordamida tasdiqlashi Tomonlar tomonidan tegishli Tokenni chiqarish bo‘yicha Foydalanuvchining shartsiz elektron topshirig‘i hamda «Raqamli hamyonlarda bank kartalarini tokenlashtirish va ulardan foydalanish shartlari»ning aksepti (Bankning bank kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi Ommaviy ofertasiga 2-sonli ilova) deb e’tirof etiladi.

5.16.3.  Bank Tokenni yaratish uchun kriptografik ma’lumotlar paketining shakllantirilishi va Mobil qurilmaning operatsion tizimiga hamda Raqamli hamyonga uzatilishini ta’minlaydi. Kartaga nisbatan cheklovlar mavjud bo‘lganda, xavfsizlik tizimlarining risk parametrlariga yoki to‘lov tizimlari qoidalariga nomuvofiqlik aniqlanganda, Bank qo‘shimcha tekshiruvni talab qilishga yoxud Kartani Raqamli hamyonga qo‘shish jarayonini yakunlashni rad etishga haqli.

 

6.     TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

6.1.          Bank quyidagilarga haqli:

6.1.1.     Shubhali operatsiyalar, firibgarlik belgilari yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi (shu jumladan, JFODL/TM/OQQTMQK talablari) buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, Foydalanuvchiga Xizmatlar ko‘rsatishni rad etish yoki Operatsiyani to‘xtatib turish.

6.1.2.     Mobil ilovadagi Operatsiyalar summasi va soniga oid limitlarni, shuningdek, mavjud Xizmatlar va TSPlar ro‘yxatini bir tomonlama tartibda belgilash va o‘zgartirish.

6.1.3.     Ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun Tariflarga muvofiq Komissiyani akseptsiz tartibda ushlab qolish.

6.1.4.     Rejali texnik yoki profilaktika ishlarni amalga oshirish uchun Mobil ilovaning ishini vaqtinchalik to‘xtatib turish, bu haqda Foydalanuvchilarni mavjud usullar orqali xabardor qilish.

6.1.5.     Foydalanuvchidan amalga oshirilayotgan Operatsiyalarning qonuniyligini yoki Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi qo‘shimcha ma’lumot yoki hujjatlarni so‘rab olish.

6.1.6.     Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilovaga qo‘shilgan O‘zga banklar Kartalariga biriktirilgan Mijoz hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarishga so‘rov yuborish. Foydalanuvchi ushbu bilan Bankka Foydalanuvchining Farmoyishlarini ijro etish maqsadida O‘zga banklarga bunday so‘rovlarni yuborishga so‘zsiz huquq beradi.

6.1.7.     Quyidagi hollarda, holatlarga oydinlik kiritilgunga qadar Foydalanuvchining Mobil ilova orqali Bankka kelib tushgan farmoyishlarini ijro etmaslik:

–          foydalanuvchi tomonidan Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar tegishli tarzda bajarilmaganda;

–          foydalanuvchining Kartasi va/yoki Hisobvaraqlaridan foydalangan holda amalga oshirilayotgan Operatsiyalarning g‘ayriqonuniyligi to‘g‘risida Bankda shubhalar yuzaga kelganda yoki aniqlanganda;

–          Bank tomonidan Mijozning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq shubhali Operatsiyalari yoxud O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzuvchi Operatsiyalari aniqlanganda.

6.1.8.     Ma’lumotlar xavfsizligi buzilganiga shubha tug‘ilganda, firibgarlik operatsiyalari alomatlari aniqlanganda, xavfsizlik talablari buzilganda, shuningdek tegishli to‘lov tizimi yoki Raqamli hamyon operatorining talabiga binoan Kartani Raqamli hamyonga qo‘shishni rad etish yoxud yaratilgan Tokenni bir tomonlama tartibda bloklash, amal qilishini to‘xtatib turish yoki o‘chirish.

6.2.          Bank quyidagilarga majbur:

6.2.1.     Foydalanuvchi tomonidan Ofertaning barcha shartlariga rioya etilgan taqdirda, uning farmoyishlariga o‘z vaqtida va sifatli ishlov berish (ijro etish).

6.2.2.     Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinishini ta’minlash va amalga oshirilgan Operatsiyalar bo‘yicha bank sirini saqlash.

6.2.3.     Oferta yoki Tariflardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bankning rasmiy veb-saytida va/yoki Mobil ilovada o‘z vaqtida e’lon qilish.

6.2.4.     Mavjud aloqa kanallari orqali Foydalanuvchini aniqlangan firibgarlik belgilari, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik va frod-insidentlar (firibgarlik hodisalari) to‘g‘risida xabardor qilish.

6.3.          Foydalanuvchi quyidagilarga haqli:

6.3.1.     Rejali texnik yoki profilaktika ishlari olib boriladigan davrlardan tashqari, Operatsiyalarni amalga oshirish uchun Mobil ilovaning funksional imkoniyatlaridan 24/7 rejimida foydalanish.

6.3.2.     Mobil ilova orqali Operatsiyalarni amalga oshirish uchun O‘zga banklarning Kartalarini biriktirish.

6.3.3.     Bankning rasmiy veb-sayti va/yoki Mobil ilova orqali Tariflar, limitlar va o‘z Operatsiyalarining maqomi to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni olish.

6.3.4.     Mobil ilova interfeysida Shaxsiy kabinetni o‘chirish bo‘yicha texnik harakatni sodir etish orqali istalgan vaqtda Mobil ilovadan foydalanishni to‘xtatish. Foydalanuvchining ushbu harakati, basharti Foydalanuvchining Bank oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmasa va ilgari boshlangan barcha Operatsiyalar yakunlangan bo‘lsa, Shartnomani bekor qilish tashabbusi deb e’tirof etiladi.

6.4.          Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:

6.4.1.     Autentifikatsiya ma’lumotlarini, Tekshiruv kodlarini va Mobil qurilmani uchinchi shaxslarga bermaslik. Shaxsiy kabinetga kirish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash. Mobil ilova ishlatiladigan va/yoki Bank Kartalari bog‘langan Raqamli hamyon sozlangan Mobil qurilmaning operatsion tizimida uchinchi shaxslarning biometrik ma’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazmaslik.

6.4.2.     Bankka haqqoniy ma’lumotlarni taqdim etish va mobil telefon raqami o‘zgarganligi yoki unga kirish huquqi yo‘qotilganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida (1 (bir) kundan kechiktirmay) xabardor qilish.

6.4.3.     Faqat rasmiy (litsenziyali) dasturiy ta’minotdan foydalanish, Mobil ilovani o‘z vaqtida yangilab borish va antivirus vositalaridan foydalanish.

6.4.4.     Mobil ilovadan qonunga xilof tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq Operatsiyalar uchun foydalanmaslik.

6.4.5.     Bank tomonidan yuboriladigan bildirishnomalarni, jumladan, mobil ilovadagi PUSH-bildirishnomalarni, aniqlangan firibgarlik belgilari, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik va frod-insidentlarga oid SMS-xabarlarni diqqat bilan o‘rganib chiqish;

–                 Bank tomonidan aniqlangan firibgarlik belgilari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarni inobatga olish va ushbu bildirishnomalarni olgandan keyin har qanday to‘lov operatsiyalarini tasdiqlashda yuqori darajada ehtiyotkorlik namoyish etish;

–                 bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi qurilma yo‘qotilganligi (o‘g‘irlanganligi) yoki ushbu qurilma ustidan uchinchi shaxslar tomonidan nazorat o‘rnatilganligi fakti aniqlangan paytdan boshlab darhol, lekin 1 (bir) kundan kechiktirmay Bankni xabardor qilish;

–                 uning roziligisiz operatsiya amalga oshirilganligi fakti aniqlangan paytdan boshlab 1 (bir) kun ichida Bankka ushbu fakt to‘g‘risida xabar berish;

–                 aloqa uchun zarur bo‘lgan kontakt ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgarishlar yuz bergan paytdan boshlab 3 (uch) kun ichida Bankka yangi ma’lumotlarni taqdim etish;

–                 Bankning so‘roviga ko‘ra, operatsiya shaxsan o‘zi tomonidan amalga oshirilganligi yoki uning topshirig‘i yoxud ixtiyoriy roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini olish;

–                 Bankka firibgarlik holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.

6.4.6.     Ommaviy joylarda joylashtirilgan QR-kodlarni skanerlashda yuqori darajada ehtiyotkorlik namoyish etish. Agar To‘lov darchasidagi ma’lumotlar (TSP nomi va summa) Operatsiya tasdiqlanguniga qadar Foydalanuvchi tomonidan tekshirilmagan bo‘lsa, soxta yoki o‘zgartirilgan QR-kodlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish tavakkalchiligini Foydalanuvchi mustaqil ravishda zimmasiga oladi.

 

7.     TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

7.1.          Taraflar ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki tegishli tarzda bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Oferta shartlarida muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

7.2.          Bank Foydalanuvchining Autentifikatsiya ma’lumotlaridan foydalangan holda uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan Operatsiyalar uchun (uning xabardorligida yoki xabardorligisiz) javobgar bo‘lmaydi, ushbu ma’lumotlarning sizdirilishida Bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybi isbotlangan holatlar bundan mustasno.

7.3.          Bank Internet tarmog‘i, aloqa kanallari, elektr ta’minoti ishidagi uzilishlar, shuningdek, to‘lov tizimlari va vakil banklar tomonidagi texnik xatoliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.

7.4.          Foydalanuvchining Farmoyishida oluvchining noto‘g‘ri rekvizitlari (karta, hisobvaraq raqami, summa va h.k.) ko‘rsatilgan bo‘lsa, Bank ushbu Farmoyishni ijro etish oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi. To‘lov darchasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik to‘liq Foydalanuvchining zimmasiga yuklanadi.

7.5.          Bank Foydalanuvchining Mobil qurilmasi viruslar yoki zararli dasturiy ta’minot bilan zararlanishi yoxud xavfsizlik standartlarini buzuvchi o‘zgartirilgan operatsion tizimlardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan zarar uchun, shuningdek Mobil qurilmaning operatsion tizimi yoki uchinchi shaxslarning server infratuzilmasidagi nosozliklar sababli Raqamli hamyonlar ishida yuzaga kelgan har qanday uzilishlar, kechikishlar yoki noto‘g‘ri ishlash holatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

7.6.          O‘zga bank tomonidan mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etish rad etilganligi uchun, shuningdek, Mobil ilova orqali Operatsiyalarni amalga oshirishda O‘zga Bank tomonidan belgilangan qo‘shimcha komissiyalar va cheklovlar uchun Bank javobgar bo‘lmaydi.

7.7.          Foydalanuvchi o‘z Mobil qurilmasi, SIM-kartasi, shuningdek, Autentifikatsiya ma’lumotlari va Tekshiruv kodlarining saqlanishi uchun to‘liq javobgardir. Avtorizatsiya muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin Shaxsiy kabinetda sodir etilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining o‘zi tomonidan sodir etilgan deb e’tirof etiladi.

7.8.          Mobil qurilma yo‘qotilganligi yoki uning shaxsiy ma’lumotlari xavf ostida qolganligi (fosh bo‘lganligi) to‘g‘risida Bankka o‘z vaqtida xabar berilmasligi natijasida yuzaga kelgan zararlar tavakkalchiligini Foydalanuvchi zimmasiga oladi.

7.9.          Foydalanuvchi sanksiyalangan (Tekshiruv kodi yoki Biometriya bilan tasdiqlangan) deb e’tirof etilgan har qanday Operatsiyalar uchun, hatto ular uchinchi shaxslarning firibgarlik harakatlari ta’sirida sodir etilgan bo‘lsa ham, to‘liq javobgar bo‘ladi.

7.10.       Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmasligi yengib bo‘lmas kuch holatlari (fors-major) natijasi bo‘lsa, Taraflar javobgarlikdan ozod qilinadilar, bunday holatlarga quyidagilar kiradi, lekin ular bilan cheklanmaydi: tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, davlat organlarining hujjatlari, magistral aloqa kanallaridagi yirik avariyalar.

7.11.       Bank javobgarligining miqdori har qanday holatda ushbu Operatsiya uchun amalda to‘langan Komissiya summasi bilan cheklanadi. Bank Foydalanuvchiga bilvosita zararlarni yoki boy berilgan foydani qoplamaydi.

7.12.       Bank Mobil ilovadan Raqamli hamyonga Tokenlashtirish bo‘yicha himoyalangan so‘rovning shakllantirilishi va uzatilishini ta’minlaydi hamda Qurilmaning apparat modullari tomonidan Tokenning keyinchalik qayta ishlanishi va saqlanishi, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining Raqamli hamyondan foydalanib amalga oshiriladigan to‘lovlarni qabul qilishni rad etishi uchun javobgar bo‘lmaydi.

 

8.     RUXSATSIZ (SANKSIYALANMAGAN) OPERATSIYALARDAN HIMOYALANISH TARTIBI

8.1.          Agar Operatsiyani amalga oshirish to‘g‘risidagi farmoyish Foydalanuvchining Autentifikatsiya ma’lumotlaridan (Tekshiruv kodi, Biometriya, PIN-kod va h.k.) foydalangan holda tasdiqlangan bo‘lsa va Bank tekshiruv davomida belgilangan himoya harakatlari tartibining buzilishini aniqlamagan bo‘lsa, Operatsiya sanksiyalangan (tasdiqlangan) deb e’tirof etiladi.

8.2.          Mobil qurilma, SIM-karta yo‘qotilgan taqdirda yoki Autentifikatsiya ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolganligi to‘g‘risida shubhalar yuzaga kelganda, Foydalanuvchi darhol (ushbu holat aniqlangan paytdan boshlab 1 (bir) soatdan kechiktirmay) Bankning Kontakt-markaziga murojaat qilishi yoki Shaxsiy kabinetga kirishni mustaqil ravishda (texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa) bloklashi shart.

8.3.          Bank tomonidan yo‘qolish/fosh bo‘lish (komprometatsiya) to‘g‘risidagi bildirishnoma olingunga qadar, Foydalanuvchining identifikatsiya vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha Operatsiyalar bo‘yicha zarar ko‘rish tavakkalchiligini Foydalanuvchining o‘zi mustaqil ravishda zimmasiga oladi.

8.4.          Operatsiya parametrlari Foydalanuvchining roziligisiz to‘lovni amalga oshirish belgilariga mos kelsa, Bank Operatsiyani amalga oshirishni to‘xtatib turish yoki Mobil ilovaga kirishni bloklash huquqiga ega.

8.5.          Bloklash amalga oshirilgan taqdirda, Bank Operatsiyaning qonuniyligini tasdiqlash yoki rad etish uchun Foydalanuvchini mavjud usullar bilan xabardor qiladi.

8.6.          Bank ruxsatsiz Operatsiya fakti bo‘yicha ichki tekshiruvni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddatlarda o‘tkazadi.

8.7.          Ruxsatsiz Operatsiyalar quyidagilar natijasida sodir etish imkoniyati tug‘ilganligi aniqlansa, Bank ular bo‘yicha summalarni qoplab berishni rad etish huquqiga ega:

8.7.1.     Foydalanuvchining o‘z firibgarlik harakatlari;

8.7.2.     Foydalanuvchi tomonidan tekshiruv kodlari yoki qurilmaning uchinchi shaxslarga berilishi;

8.7.3.     Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertada bayon etilgan xavfsizlik choralariga rioya qilinmasligi.

8.8.          Agar Foydalanuvchining Mobil qurilmasi sozlamalarida uchinchi shaxslarning biometrik ma’lumotlari saqlangan bo‘lsa, Face ID yoki Touch ID yordamida tasdiqlangan har qanday Operatsiyalar uchun Foydalanuvchi to‘liq javobgar bo‘ladi. Autentifikatsiya jarayoni qurilmaning operatsion tizimi tomonidan muvaffaqiyatli deb tan olingan bo‘lsa, Bank Operatsiyani tasdiqlash uchun aynan kimning (Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxsning) yuzi yoki barmoq izidan  foydalanilganini tekshirishga majbur emas.

 

9.     NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

9.1.          Ushbu Ofertadan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklarni Taraflar muzokaralar yo‘li bilan hal etishga intiladilar.

9.2.          Bank va to‘lov tizimlarining dasturiy-texnik vositalarining elektron bayonnomalari (loglar) Taraflar tomonidan tegishli va yetarli dalillar sifatida e’tirof etiladi.

9.3.          Taraflar Mobil ilovada Foydalanuvchining Autentifikatsiya ma’lumotlaridan foydalangan holda shakllantirilgan elektron hujjatlar o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlar bilan bir xil huquqiy kuchga ega ekanligini va Foydalanuvchi xohish-irodasining yetarli darajadagi tasdig‘i hisoblanishini e’tirof etadilar.

9.4.          Nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal etish imkoni bo‘lmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, Bank joylashgan yerdagi (yuridik manzilidagi) sudda ko‘rib chiqilishi lozim.

9.5.          Ushbu Oferta va Taraflar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

 

10.  OFERTANING AMAL QILISHI, UNGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH VA UNI QAYTARIB OLISH TARTIBI

10.1.       Ushbu Oferta ushbu Ofertaning 3-bo‘limida nazarda tutilgan tartibda Foydalanuvchi tomonidan Akseptlangan sanadan boshlab kuchga kiradi va ushbu Shartnomada yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra Taraflarning majburiyatlari tugatilgunga qadar amal qiladi.

10.2.       O‘zgartirishlar kiritish tartibi:

10.2.1.  Bank ushbu Oferta shartlariga va Bank Tariflariga bir tomonlama tartibda o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.

10.2.2.  Oferta shartlari va Tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida Bank ushbu o‘zgarishlar kuchga kiradigan sanadan kamida 10 (o‘n) kalendar kun oldin Foydalanuvchini xabardor qiladi.

10.2.3.  Xabardor qilish Oferta/Tariflarning yangi tahririni Bankning rasmiy veb-saytida va Mobil ilovada joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ravishda Bank PUSH-bildirishnoma yoki Shaxsiy kabinetga xabar yuborishi mumkin.

10.2.4.  Foydalanuvchi taklif etilgan o‘zgarishlarga rozi bo‘lmasa, u o‘zgarishlar kuchga kiradigan sanaga qadar Ofertada nazarda tutilgan tartibda Shaxsiy kabinetni o‘chirish orqali Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

10.2.5.  O‘zgarishlar kuchga kiradigan sanaga qadar Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetni o‘chirishni amalga oshirmagan bo‘lsa va Mobil ilovadan foydalanishni davom ettirsa (shu jumladan, o‘zgarishlar kuchga kirganidan keyin har qanday Operatsiya yoki avtorizatsiyani amalga oshirsa), bunday o‘zgarishlar Foydalanuvchi tomonidan to‘liq qabul qilingan (akseptlangan) hisoblanadi.

10.3.       Ofertani qaytarib olish:

10.3.1.  Bank texnik, tashkiliy, huquqiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra istalgan vaqtda ushbu Ofertani muddatidan oldin qaytarib olish (uning amal qilishini tugatish) huquqiga ega.

10.3.2.  Oferta qaytarib olinganligi to‘g‘risida Bank Foydalanuvchini Shaxsiy kabinetga xabar yuborish yoki Bankning rasmiy veb-saytida qaytarib olish sabablarini ko‘rsatgan holda ma’lumot joylashtirish orqali xabardor qiladi.

10.4.       Shartnomani bekor qilish:

10.4.1.  Shartnoma Foydalanuvchining tashabbusi bilan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Shartnomaviy munosabatlarni tugatish uchun Foydalanuvchi bevosita Mobil ilova interfeysida o‘zining Shaxsiy kabinetini o‘chirishni amalga oshirishi shart.

10.4.2.  Taraflar Foydalanuvchining qurilmasidan Mobil ilovaning o‘zini o‘chirib tashlash (deinstallatsiya qilish) Shartnomani bekor qilishga qaratilgan harakat hisoblanmasligini va Taraflarning majburiyatlarini tugatmasligini e’tirof etadilar va tasdiqlaydilar.

10.4.3.  Shaxsiy kabinetni o‘chirish orqali Shartnomani bekor qilish faqat Foydalanuvchining Bank oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan va barcha joriy (boshlangan) Operatsiyalar yakunlangan taqdirdagina mumkin bo‘ladi.

10.4.4.  Bank Foydalanuvchi tomonidan Oferta shartlari tizimli ravishda buzilgan taqdirda yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan, JFODL/TM/OQQTMQK bo‘yicha nazarda tutilgan hollarda, Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

10.5.       Ushbu Ofertaga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ular kuchga kirgan sanadan boshlab barcha Foydalanuvchilarga, jumladan, Ofertani o‘zgartirishlar kuchga kirgan sanadan oldin akseptlagan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

 

11.  MAXFIYLIK VA MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH

11.1.       O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida», «Bank siri to‘g‘risida» va «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, Foydalanuvchi ushbu Ofertani Akseptlash orqali Bankka shaxsiy ma’lumotlarni hamda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, ulardan foydalanish, ularga ishlov berish, transchegaraviy uzatish, ularni yo‘q qilish va ulardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga o‘zining to‘liq va so‘zsiz roziligini beradi.

11.2.       Rozilik ushbu Oferta bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, identifikatsiya qilish (jumladan, biometrik identifikatsiya), bank va to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish, Bank mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish, shuningdek, JFODL/TM/OQQTMQK qonunchiligi talablariga rioya etish maqsadlarida beriladi.

11.3.       Rozilik xizmat ko‘rsatish jarayonida Bank tomonidan olingan barcha ma’lumotlarga tatbiq etiladi.

11.4.       Ma’lumotlarga ishlov berish va ularni saqlash muddati:

11.4.1.  Bank Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishni va ularni saqlashni ushbu Shartnomaning butun amal qilish muddati davomida amalga oshiradi.

11.4.2.  Shartnomaning amal qilishi tugatilgandan, Shaxsiy kabinet o‘chirilgandan keyin Bank shaxsiy ma’lumotlarning va Foydalanuvchining Operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat davomida saqlanishini ta’minlashi shart.

11.4.3.  Belgilangan saqlash muddatlari tugagandan so‘ng, qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Bank Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yo‘q qilish yoki egasizlantirish majburiyatini oladi.

11.5.       Foydalanuvchi Bankka shaxsni tekshirish va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vakolatli davlat organlari, to‘lov tashkilotlari, protsessing markazlari va kredit byurolarining axborot tizimlaridan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini olish, uzatish va ularga ishlov berish huquqini beradi.

11.6.       Foydalanuvchi Bankning axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan (shu jumladan, soliq organlarining ma’lumotlar bazalari, depozitorlar tizimlari va biometrik identifikatsiya tizimlari va boshqalardan) o‘z ma’lumotlaridan foydalanishga rozilik beradi.

11.7.       Operatsiyani amalga oshirish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan oluvchining ma’lumotlari taqdim etilishi Foydalanuvchi va oluvchining manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan harakat deb e’tirof etiladi hamda Bank tomonidan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish yoki shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish qoidalarini buzish deb hisoblanmaydi.

11.8.       Ofertani Akseptlay turib, Foydalanuvchi Bankdan uning va hamkorlarining xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan reklama, axborot va tijorat xabarlarini (SMS, Push-bildirishnomalar, E-mail) olishga rozilik beradi.

11.9.       Taraflar Mobil ilovada shakllantirilgan hujjatlarni oddiy yozma shaklda o‘z qo‘li bilan imzolangan qog‘oz tashuvchidagi hujjatlarga teng deb e’tirof etadilar.

 

12.  YENGIB BO‘LMAS KUCH HOLATLARI (FORS-MAJOR)

12.1.       Ushbu Oferta bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmasligi Shartnoma tuzilgandan keyin Taraflar oldindan ko‘ra bila olmagan va oqilona choralar bilan bartaraf eta olmagan favqulodda xususiyatga ega voqealar natijasida yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch holatlari oqibati bo‘lsa, Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.

12.2.       Yengib bo‘lmas kuch holatlariga quyidagilar kiradi:

12.2.1.  Tabiiy ofatlar (er qimirlashlari, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar/pandemiyalar);

12.2.2.  Ijtimoiy-siyosiy voqealar (harbiy harakatlar, terrorchilik xurujlari, ish tashlashlar, fuqarolik tartibsizliklari);

12.2.3.  Davlat-huquqiy hujjatlari (davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan cheklash-taqiqlash xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar yoki choralarning, jumladan, sanksiyaviy cheklovlarning qabul qilinishi);

12.2.4.  Bankning aybisiz yuzaga kelgan, lekin majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir etuvchi texnologik omillar: to‘lov tizimlarining dasturiy ta’minotidagi tizimli uzilishlar, Internet tarmog‘i, elektr ta’minoti yoki ma’lumot uzatishning magistral tizimlari ishidagi global uzilishlar.

12.3.       Majburiyatlarni bajarish imkoniyati bo‘lmagan Taraf ushbu holatlar yuzaga kelgan (yoki unga yuzaga kelganligi ma’lum bo‘lgan) paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida ikkinchi Tarafni xabardor qilishi shart.

12.3.1.  Bank rasmiy veb-saytida ma’lumot joylashtirish yoki aloqa kanallari (PUSH/SMS) orqali Foydalanuvchini xabardor qiladi.

12.3.2.  Foydalanuvchi shaxsan kelish yoki rasmiy aloqa kanallari orqali Bankni xabardor qiladi.

12.4.       Yengib bo‘lmas kuch holatlari yuzaga kelganligi fakti O‘zbekiston Respublikasining tegishli vakolatli davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan hujjat bilan tasdiqlanishi lozim.

12.5.       Fors-major holatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar bermaslik Tarafni, ushbu holatning o‘zi shunday xabarnoma yuborishga to‘sqinlik qilgan hollardan tashqari, ularni javobgarlikdan ozod qilish uchun asos sifatida vaj qilib ko‘rsatish huquqidan mahrum qiladi.

12.6.       Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmas kuch holatlari va ularning oqibatlari amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda orqaga suriladi. Agar ko‘rsatilgan holatlar 30 (o‘ttiz) kalendar kundan ortiq davom etsa, Taraflar bekor qilish sanasiga to‘liq o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda Shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

 

13.  KORRUPSIYAGA QARSHI BAYONOT

13.1.       Taraflar korrupsiyaga va korrupsiya xususiyatiga ega boshqa ko‘rinishlarga nisbatan mutlaqo toqatsizlik siyosatini yuritishlarini e’tirof etadilar va tasdiqlaydilar. Taraflar O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligi talablariga, shuningdek, xalqaro huquqning tegishli normalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.

13.2.       Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda Taraflar, ularning affillangan shaxslari, xodimlari yoki vositachilari quyidagicha malakalanuvchi harakatlarni sodir etmaslik (taklif qilmaslik, va’da bermaslik, ruxsat bermaslik) majburiyatini oladilar:

13.2.1.  Pora berish yoki pora olish;

13.2.2.  Pora olish-berishda vositachilik qilish;

13.2.3.  Tijoratda pora evaziga sotib olish;

13.2.4.  Xizmat mavqeini suiiste’mol qilish yoki g‘ayriqonuniy ustunliklarga ega bo‘lish maqsadida korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablarini buzuvchi boshqa harakatlar.

13.3.       Taraflardan birida korrupsiyaga qarshi biror-bir qoidalar buzilganligi yoki buzilishi mumkinligi to‘g‘risida shubhalar yuzaga kelgan taqdirda, tegishli Taraf 3 (uch) ish kuni ichida ikkinchi Tarafni yozma shaklda yoki aloqa kanallari orqali xabardor qilish majburiyatini oladi.

13.4.       Agar Operatsiyalarning xususiyati korrupsiyaviy tarkib yoki boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlar mavjud deb hisoblashga asos bersa, Bank Foydalanuvchidan Operatsiyalar bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va tushuntirishlarni so‘rab olish huquqiga ega.

13.5.       Buzilishning oqibatlari:

13.5.1.  Foydalanuvchi tomonidan korrupsiyaga qarshi majburiyatlarning buzilishi hujjat bilan tasdiqlanganda yoki Bankning ichki tekshiruvi (komplaens-nazorati) davomida aniqlanganda Shartnoma shartlarining jiddiy buzilishi hisoblanadi.

13.5.2.  Buzilishlar aniqlangan taqdirda Bank bir tomonlama suddan tashqari tartibda xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turish, Mobil ilovaga kirishni bloklash yoki Shartnomani to‘liq bekor qilish huquqiga ega.

13.5.3.  Korrupsiyaga qarshi shartlarni buzishda aybdor bo‘lgan Taraf ikkinchi Tarafga ushbu buzilish natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashi shart.

13.6.       Bank tomonidan ushbu bo‘limda nazarda tutilgan choralarning qonuniy qo‘llanilishi munosabati bilan Foydalanuvchida yuzaga kelgan har qanday salbiy oqibatlar (zararlar, jarimalar) uchun Bank javobgar bo‘lmaydi.

 

14.  YAKUNIY QOIDALAR

14.1.       Ushbu Oferta Foydalanuvchiga Mobil ilova interfeysi sozlamalarida mavjud ro‘yxatdan u tomonidan tanlangan tilda taqdim etiladi.

14.2.       Ofertaning barcha tildagi versiyalari bir xil huquqiy kuchga ega. Shartlarni talqin qilishda qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi tomonidan Ofertani amalda Akseptlash bajarilgan tildagi versiyasi ustuvor hisoblanadi.

14.3.       Ushbu Ofertaning biror-bir qoidasi sud tomonidan haqiqiy emas yoki ijro etilmaydigan deb topilsa (shu jumladan, qonunchilik o‘zgarishi tufayli), bu holat butun Ofertaning umuman haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.

14.4.       Ofertaning haqiqiy emas deb topilgan qoidasi Oferta shartlariga maksimal darajada mos keladigan yangi qoida bilan almashtirilishi lozim. Qolgan qoidalar kuchini va haqiqiyligini to‘liq saqlab qoladi.

14.5.       Bank tomonidan Mobil ilova orqali Foydalanuvchiga yuborilgan barcha bildirishnomalar va hujjatlar ular yuborilgan paytda yetkazilgan va olingan hisoblanadi.

14.6.       Shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida tanishmaslik yoki o‘z Mobil qurilmasida bildirishnomalar sozlamalarining o‘zgartirilishi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni Foydalanuvchi mustaqil ravishda zimmasiga oladi.

14.7.       Bankning yuridik manzili, bank rekvizitlari yoki kontakt ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, dolzarb ma’lumotlar Bankning veb-saytida joylashtiriladi, bu tegishli tartibda xabardor qilish deb e’tirof etiladi.

14.8.       Ushbu Oferta bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan barcha holatlarda Taraflar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, to‘lov tizimlari qoidalariga va Bankning ichki reglamentlariga amal qiladilar.

 

15.  BANK REKVIZITLARI

«Octobank» AJ

Yuridik manzil: 100021, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 2-uy.

STIR: 203644820

IFUT: 64190

MFO: 00980

Hisob-kitob raqami: 29802000700000980110

Sayt: www.octobank.uz

Telefon: (+998) 71 202-33-33

E-mail: info@octobank.uz

 


«Octomobile» mobil ilovasi vositasida to‘lov xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi Ommaviy Ofertaga 1-Ilova

 

 

 

KOMPLAENS SHARTLARI

 

1.     MAQSAD VA TA’RIFLAR

1.1.          Ushbu Komplaens shartlarining (keyingi o‘rinlarda «Shartlar» deb yuritiladi) maqsadi Mijoz uchun quyidagi sohalarda yuzaga keladigan qonunchilik va xalqaro standartlarga rioya etish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni istisno qilishdan iborat:

•  «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish» (keyingi o‘rinlarda – « JFODL/TM/OQQTMQK »);

•  «Poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurashish» (keyingi o‘rinlarda – «PQKK»);

•  Sanksiyalar va eksport nazorati bo‘yicha choralar.

 

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkka egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etishga qonuniy tus berish.

Terrorizmni moliyalashtirish – terrorchilarga mablag‘lar taqdim etish yoki moliyaviy yordam ko‘rsatish.

Korrupsiya – foyda olish maqsadida mansab mavqeidan g‘ayriqonuniy ravishda foydalanish.

Poraxo‘rlik – qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish maqsadida pora berish, va’da qilish yoki pora olinishiga ruxsat berish.

Sanksiyalar – davlat organlari tomonidan joriy etilgan moliyaviy va mulkiy cheklovlar, iqtisodiy va savdo choralari.

Sanksiyalar ro‘yxati – sanksiyalar ostiga tushadigan jismoniy va/yoki yuridik shaxslar, mamlakatlar, tovarlar va xizmatlar ro‘yxati.

Eksport nazorati – tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarning importi, eksporti va uzatilishini tartibga solishga daxldor qonunlar va normativ hujjatlar.

Bank – pul mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalar va kreditlashni o‘z ichiga olgan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi moliyaviy tashkilot – "Octobank" Aksionerlik jamiyati hisoblanadi.

Mijoz – Bank bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan va ushbu Shartlarga rioya qilish majburiyatini oladigan jismoniy shaxs.

 

2.     HUQUQIY ASOSLARI

2.     

2.1.    Ushbu Shartlar doirasida mijoz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro standartlarga rioya etish majburiyatini oladi.

2.2.          Mahalliy talablarga, cheklanmagan holda, quyidagi hujjatlar qo‘llaniladi:

•  O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi;

•  «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun;

•  «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun;

•  JFODL/TM/OQQTMQK, PQKK va sanksiyalar sohasidagi mijoz tartib-taomillari.

2.3.          Xalqaro standartlarga quyidagilar kiradi:

•  Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha FATF tavsiyalari;

•  ISO 37001:2025 – korrupsiyaga qarshi tizim bo‘yicha standart;

•  BMT Xavfsizlik Kengashi, Yevropa Ittifoqi, OFAC, Buyuk Britaniya va boshqa organlarning sanksiyalar ro‘yxatlari.

 

3.     XALQARO SANKSIYALAR

3.     

3.1.    Xalqaro sanksiyalar deganda BMT, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan joriy etilgan yoki qo‘llaniladigan moliyaviy va moddiy cheklov choralari, iqtisodiy va savdo cheklovlari tushuniladi.

3.2.          Ushbu Shartlar maqsadlari uchun "Cheklov choralari qo‘llaniladigan shaxs" – bu xalqaro sanksiyalar ta’siri ostiga tushadigan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

3.3.          Mijoz xalqaro sanksiyalarni buzishi mumkin bo‘lgan tovarlar, xizmatlar yoki moliyalashtirishni taqdim etmaslik majburiyatini oladi.

 

4.     MIJOZNING MAJBURIYATLARI

4.     

4.1.    Mijoz O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga hamda 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilgan xalqaro standartlarga rioya etish majburiyatini oladi, xususan:

 

•  jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan shug‘ullanmaslik;

•  terrorizmni moliyalashtirish bilan shug‘ullanmaslik;

•  ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga ko‘maklashmaslik;

•  moliyaviy firibgarlik harakatlarida ishtirok etmaslik;

•  xodimlarga yoki uchinchi shaxslarga pora bermaslik;

•  sanksiyalar ostiga tushgan mijozlar bilan bitimlar tuzmaslik;

•  bitimlar va tovarlar bo‘yicha hujjatlarning to‘liq va shaffof taqdim etilishini ta’minlash.

 

4.2.          Mijoz ushbu shartlarning buzilishi bilan bog‘liq har qanday zararlar, xarajatlar yoki jarimalar uchun bankni javobgarlikdan ozod qiladi.

 

5.     BANKNING HUQUQLARI

5.     

5.1.    Mijoz ushbu Shartlar talablarini buzsa, Bank hech qanday javobgarlikni zimmasiga olmagan holda Mijoz bilan shartnomaviy munosabatlarni bir tomonlama tartibda to‘xtatish huquqiga ega.

5.2.          Bankka nisbatan sanksiyalar qo‘llanilish tavakkalchiligi mavjud bo‘lsa, u shartnoma tuzishni yoki operatsiyalarni o‘tkazishni rad etish huquqiga ega.

 

Поделитесь
Foydalanish shartlari

-octomobile--mobil-ilovasi-orqali-to-lov-xizmatlarini-ko-rsatish-to-g-risida, 284.83 KB

Yuklab olish

Octobank boʻylab qidiruv