28.02.2025
Humo terminallari egalari uchun ma’lumot
Mastercard, Humo terminallari orqali Mastercard kartalari bilan to‘lash komissiyasi miqdorlarini yangiladi: 2025-yil 24 fevraldan boshlab qo‘shimcha komissiya joriy etildi. Ularning hajmi avtorizatsiya va Mastercard kliringiga ma’lumotlarni yuborish o‘rtasidagi vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
Ortiqcha xarajatlarning oldini olish uchun terminal natijalarini har kuni, dam olish kunlari va bayram kunlarida ham solishtirib boring.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling: 71 2020064