Ijtimoiy o‘zgarishlar yo‘lida: Octobank kambag‘allikni kamaytirish konferensiyasida ishtirok etdi
22 aprel kuni Toshkentda O‘zbekiston ish beruvchilar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «Barqaror rivojlanish yo‘li: innovatsiyalar va kambag‘allikni qisqartirish uchun hamkorlik» konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Octobank tadbirning tashkilotchilaridan biri va hamkori sifatida ishtirok etdi.
Konferensiya bandlikni qo‘llab-quvvatlash va hududlarni barqaror rivojlantirish sohasida samarali yechimlarni birgalikda izlash maqsadida hukumat, biznes, xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini bir joyga jamladi.
«Octobank mahallalardagi loyihalarni rivojlantirish va mahalliy jamoalarda ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shish imkoniyatini qadrlaydi. Ushbu yo‘nalishda mahalla aholisining moliyaviy savodxonligini oshirish va ta’lim tadbirlarini muntazam o‘tkazishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikning keng qamrovli rejasi ishlab chiqilgan. Ishonchimiz komilki, ochiq muloqot hamda davlat, biznes va jamiyat sa’y-harakatlarining birlashuvigina kambag‘allikka qarshi kurashda barqaror natijalarni ta’minlashga qodir», - deb ta’kidladi, OCTO.UNIVERSITY loyihasi rahbari Aleksandrova Yelena.