Octobank mahallalardagi loyihalarning o‘sishi va kengayishini qo‘llab-quvvatlamoqda
Bektemir tumanidagi “Nurli Yo‘l” mahallasida Octobank xodimi — mahalla bankiri Abdug‘ulom Ahmedov mahalladagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mahalla qo‘mitasida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ishtirokchilarga moliyaviy savodxonlik, kredit resurslaridan samarali foydalanish va shaxsiy biznesni boshlash bo‘yicha foydali ma’lumot va maslahatlar berildi.
Shuningdek, fuqarolar uchun dolzarb bo‘lgan firibgarlik sxemalari, kredit olish tartibi, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Amaliy natijalar: muvaffaqiyatli tadbirkorlik misollari
Mahalladagi muvaffaqiyatli biznes loyihalardan biri — Zulayho Ikromovaning tikuv sexidir. U bank krediti hisobiga tikuv va averlok mashinalarini xarid qilib, tayyor mahsulotlarini shaxsiy shourumda sotishni yo‘lga qo‘ydi. Uning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan holda muvaffaqiyatga erishish mumkin.
Shu mahallada Muhammadali ismli tadbirkorga tegishli qadoqlash sexi ham faoliyat yuritmoqda. Ishlab chiqarishni kengaytirib, mahalladagi 20 dan ortiq aholini ish bilan ta’minladi. Bu nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhim qadamlardan biridir.
Biznesni qo‘llab-quvvatlash boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.
Shu bilan birga, Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi “Geofizika” mahallasida ham samarali faoliyat olib borayotgan loyihalar mavjud. Ulardan biri — oilaviy kafelardan biri bo‘lgan “Lavka Vypechek 2015” dir. Bu biznes Octobankning mahalla bankiri ko‘magida va doimiy qo’llab-quvvatlash orqali kengaymoqda.
“Mahalla bankiri va hokim yordamchisi tadbirkorlarni muntazam ravishda borib ko‘radi, iqtisodiy maslahatlar beradi va haqiqiy yordam ko‘rsatadi” — deydi “Lavka Vypechek 2015” xodimasi Fazliddinova Ergashoy.
Qolaversa, ushbu mahallada xususiy maktablar uchun maktab va sport formalarini tikish bilan shug‘ullanuvchi “Nodiraxon” MChJ ham faoliyat yuritadi. Tashkilot rahbari Nodira Ergashova so‘zlariga ko‘ra, korxona yirik buyurtmalarni muntazam bajarmoqda, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish esa mahalla bankiri va hokim yordamchisi ko‘magida amalga oshirilgan.
Mahalla bankiri ta’kidlashicha, bugungi kunda har bir tashabbuskor fuqaro o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish imkoniyatiga ega. Octobank esa bu yo‘lda moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor.