01.08.2025

Octobank “Ahbor-Reyting” agentligidan “uzA+” kredit reytingiga sazovor bo‘ldi

“Ahbor-Reyting” agentligi Octobankka 2024-yildagi baholash yakunlariga ko‘ra “Barqaror” prognozi bilan “uzA+” darajasidagi kredit reytingini berdi.

Bu nima degani. “uzA+” reytingi bankning kreditga layoqatliligi juda yuqori ekanini anglatadi. Bu Octobankning kredit xavfi juda past darajada ekanini va u kreditorlar, omonatchilar hamda investorlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ado etish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Reyting qanday shakllantiriladi. Baholash jarayoni bankning moliyaviy holati, qarz majburiyatlarini bajarish qobiliyati, operatsion faoliyatning barqarorligi, likvidlik darajasi va aktivlar sifatini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.

Mijozlar ishonchi — bizning asosiy maqsadimiz. Octobank ishonchli faoliyat tizimini shakllantirmoqda, bozordagi mavqeini mustahkamlamoqda va qulay raqamli xizmatlarga alohida e’tibor qaratmoqda. Yuqori reyting mijozlarimiz, hamkorlarimiz va investorlarimizga qo‘shimcha ishonch beradi.



Octobankka 2023-yili "uzA" reytingi berilishi bankning ishonchli va barqarorligini tasdiqladi. 2024-yil yakunlari bo‘yicha baholash natijasida reytingning "uzA+" darajasiga ko‘tarilishi esa bankning ushbu mavqeni saqlab qolish bilangina cheklanmasdan, uning rivojlanishidagi sezilarli o‘sishni va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarining yaxshilanganini ham yaqqol namoyon etadi.

Поделитесь