21.02.2025

Octobank Qorus Reinvent Forum Bangkok 2025 xalqaro forumida ishtirok etdi

2025-yil 19–20 fevral kunlari Bangkok shahrida Qorus Reinvent Forum Bangkok 2025 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu moliyaviy texnologiyalar sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib, u Yevropa, Hindiston, Markaziy Osiyo va Avstraliyadan bank hamda sug‘urta sektori mutaxassislari va rahbarlarini bir joyga jamladi.

Octobank – O‘zbekistonda Qorus bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan birinchi bankdir. Tadbirda bank nomidan G‘aznachilik Departamenti direktori Sardor Shavkiyev, Elektron tijorat bo‘yicha Direktor o‘rinbosari G‘aybulla Hoshimov va Marketing boshqarmasi rahbari Muhammad Alinazarov ishtirok etdi.

Konferensiyada fintex industriyasidagi qator dolzarb muammolar muhokama qilindi, jumladan:

– to‘lov xizmatlarini rivojlantirish va yangi texnologik trendlar;
– sun’iy intellektning ESG-omillarni baholashdagi o‘rni;
– mijozlar bilan raqamli o‘zaro aloqalarni takomillashtirish.

«Forumda ishtirok etishimiz biz uchun muhim voqea bo‘ldi. Biz moliyaviy sohaning kelajagiga ta’sir etuvchi global muammolarni muhokama qildik. Bu ayniqsa Octobank uchun muhim, chunki bank zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, ESG tamoyillariga amal qiladi», — dedi Muhammad Alinazarov.

Octobank uchun Qorus Reinvent Forumida ishtirok etish xalqaro aloqalarni mustahkamlash va bozorning yetakchi ishtirokchilari bilan tajriba almashishdagi muhim qadamdir.

QORUS — bu global platforma bo‘lib, banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlarga innovatsiyalarni joriy etishda yordam beradigan. U o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi, forumlar tashkil etadi va muhokama maydonlarini yaratadi.

Поделитесь