Shanxayda Octobank taqdimoti: China Financial Exhibitionda erishilgan yutuqlar, xalqaro e’tirof va yangi hamkorlik aloqalari
Octobank Osiyodagi eng yirik ko‘rgazma maydonchalaridan biri — China International Financial Exhibitionda ishtirok etmoqda. Bankning texnologik yechimlari va mahsulotlari forumning xalqaro ishtirokchi banklari, fintex kompaniyalari va to‘lov tizimlari tomonidan faol qiziqish uyg‘otmoqda. 18-20-iyun kunlari Octobank stendi oldida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy hamkorlar bilan samarali muzokaralar olib borilmoqda.
19-iyun kuni bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik sessiyasi doirasida Octobank vakili Li honim bankning 2025-yilning birinchi choragidagi faoliyatining asosiy natijalari, shuningdek, transchegaraviy hisob-kitoblar va innovatsion to‘lov yechimlari sohasida kelgusidagi xalqaro hamkorlik rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimot doirasida Li xonim Octobankning asosiy natijalari va yutuqlarini e’lon qildi.
2024-yil yakunlari bo‘yicha Octobank brendi 30 million dollar (2025-yil 17-martdagi Markaziy bank kursi bo‘yicha 388 milliard so‘m) baholandi. Faqatgina 2025-yilning 1-choragida bank 8,4 million dollar sof foyda qayd etdi, jami kapitalini 67,6 million dollargacha oshirdi va rentabellik darajasi 49,7% ni tashkil etdi. Aktivlar hajmi esa 315,1 million dollarga yetdi, rentabellik esa – 10,7% bo‘ldi. Octobank’ning faoliyatiga yuqori baho Standard & Poor’s va Moody’s kabi yirik reyting agentliklari tomonidan ham tasdiqlandi — prognoz “Barqaror” deb baholandi. Shuningdek, 2022 yildan 2024 yilgacha sof foyda 17,5 barobarga o‘sgani ham ta’kidlab o‘tildi.
Xitoyning Tenpay to‘lov xizmati (Xitoyning "Tencent" texnologik giganti sho‘ba korxonasi) bilan shartnoma tuzish va ISO 9001:2015 sertifikatini olish muhim qadam bo‘ldi. Ushbu hamkorlik bankning O‘zbekistondagi mijozlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishni ta’minladi va WeChat foydalanuvchilari uchun to‘lov yechimlari bozorida Octobank mavqeini mustahkamladi.
Shu tarzda, Octobank xalqaro hamjamiyat bilan ochiq muloqotni davom ettirib, bozorga transchegaraviy to‘lovlar va elektron tijorat uchun samarali yechimlarni taklif qilmoqda. Shu bilan birga, bank fintex, to‘lovlar va raqamli infratuzilma sohalarida qo‘shma loyihalar va hamkorlik tashabbuslariga ochiqligini va qiziqishini ta’kidlamoqda.