Kelajakka g'amxo'rlik bilan: Octobank ESG-loyihalari bilan Toshkent mahallalarida

Toshkent shahri, Bektemir tumani, Nurliyo'l mahallasida Octobank tomonidan amalga oshirilgan muhim tashabbus, kam ta'minlangan oilalarning turmush darajasini yaxshilash va ularga yordam berishga qaratilgan samarali qadamdir. Loyihalar doirasida Octobankning Amaliyot Boshqarmasi Boshlig'i Hazratqulov Rasuljon ва bank xodimi, mahalla bankiri Ahmedov Abdug'ulom boshchiligida bir guruh tashabbuskorlar 10 ta xonadonga 100 dan ortiq mevali ko'chatlar ekishdi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi mahalla aholisiga yordam berish, ekologik masalalarni hal qilish va jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishdir.

Hazratqulov Rasuljon o'z fikrlarini bildirgan holda shunday dedi:

«Ushbu loyiha mahalla ahliga nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham foyda keltiradi. Kam ta'minlangan oilalarning hovlilariga mevali daraxtlar ekilsa, ular nafaqat ovqat iste'molini yaxshilash, balki, daraxtlardan olingan mevadang qo'shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu tashabbusning ekologik ta'siri esa jamiyatga, iqtisodiyotga va atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatadi».

ESG tamoyillariga asoslangan daraxtlar ekish tashabbusi — ekologik, ijtimoiy va boshqaruv jihatlarini mukammal integratsiya qilishga qaratilgan loyiha. Octobank ushbu tashabbus orqali ekologik muammolarni hal qilish va jamiyatning turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan. ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillari asosida, daraxtlar ekish orqali ekologik sohada toza havo, uglerodni qisqartirish va yashil hududlarni ko'paytirishga erishilmoqda.

«Kambag'allikdan farovonlik sari» dasturiga ham alohida e'tibor qaratildi.
Octobank tomonidan amalga oshirilgan yana bir muhim tadbir Shayxontoxur tumanidagi Eski Jarariq mahallasida 5 ta kam ta'minlangan xonadon hovlilariga 50 dan ortiq mevali daraxtlar ekish amalga oshirildi. Ushbu loyiha Octobankning ijtimoiy mas'uliyatli ish faoliyatining bir qismi sifatida, kam ta'minlangan oilalarga qo'shimcha yordam ko'rsatish va ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan. Hazratqulov Rasuljon mahalla aholisi ko'zlaridagi quvonchni ko'rib, «Xalqimizning dasturxoni to'kin, moliyaviy holatlari barqaror bo'lishiga oz bo'lsa-da, o'z hissamizni qo'sha olgan bo'lsak, qaysidir ma'noda maqsadga erishgan bo'lamiz», - deydi o'z so'zida.

Barqaror rivojlanish, ekologik toza muhit va ijtimoiy mas'uliyatni amalga oshirish orqali Octobank o'zining bank xizmatlaridan foydalanuvchi har bir shaxsning hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishga o'z hissasini qo'shishda davom etadi.

Поделитесь