15.07.2025

Octobank xodimlari ICA xalqaro malakasini tasdiqladi

Oсtobank jamoasi moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha ekspertizasini kuchaytirishda davom etmoqda. Ichki nazorat departamentining yetti nafar xodimi Xalqaro Komplayens Assotsiatsiyasi (ICA) dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlab, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakasini tasdiqladi: sanksiyon risklarni boshqarish, KYC / CDD, komplayens, pul yuvishga qarshi kurash hamda moliyaviy jinoyatlarning oldini olish.

Ichki nazorat departamenti mutaxassislari imtihonlarni eng yuqori ballar bilan topshirdi. Olingan bilimlar ichki nazorat tizimini kengaytiradi, kontragentlarni yanada aniq baholashga yordam beradi, tranzaksiyalar monitoringini takomillashtiradi hamda mijozlar, hamkorlar va regulyatorlar ishonchini mustahkamlaydi.

Oсtobank shaffof biznes madaniyatini qo‘llab‑quvvatlash va global me’yoriy talablarga mos kelish maqsadida sohaga oid kurslar hamda amaliy treninglarga investitsiya kiritishda davom etadi.
Hamkasblarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz va ularning professional o‘sishga bo‘lgan intilishini yuqori qadrlaymiz.

Поделитесь