26.05.2025

Hurmatli "Octobank" AJ aksiyadorlari!

"Octobank" aksiyadorlik jamiyati (pochta manzili: 100021, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 2-uy, elektron pochta: info@octobank.uz, veb-sayt: http://www.octobank.uz) sizlarga Bank Kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra, bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2025-yil 23-iyun kuniga belgilanganligini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining quyidagi kun tartibi tasdiqlangan:

1. "Octobank" AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

2. Bank Kuzatuv kengashi raisining Kuzatuv kengashining 2024-yildagi faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish. Bank Kuzatuv kengashining 2024-yil davomidagi qarorlarini tasdiqlash.

3. "Octobank" AJ Boshqaruvi Raisining bankning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari haqidagi hisobotini tasdiqlash.

4. Bankning 2024-yil uchun yillik hisoboti, buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.

5. "Grant Thornton" auditorlik kompaniyasining bankning 2024-yilgi moliyaviy hisobotlari ishonchliligi to‘g‘risidagi xulosasini tasdiqlash haqida.

6. Bankning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha foyda va zararlarini taqsimlashni tasdiqlash to‘g‘risida.

7. Bank Boshqaruvi Raisini saylash to‘g‘risida.

8. "Octobank" AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash to‘g‘risida.

9. "Octobank" AJ Ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash haqida.

10. "Octobank" AJ Boshqaruvi to‘g‘risida"gi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash haqida.

11. "Octobank" AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

12. 2025-yil uchun bankning tashqi auditorini tasdiqlash haqida.

13. Bank hisobvaraqlarida hisobga olingan umidsiz aktivlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida.

14. "Octobank" AJning affillangan shaxslari bilan bankning joriy xo‘jalik faoliyatiga oid bitimlar tuzishni ma’qullash haqida.

"Octobank" AJ aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 2-uyda soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 09:30 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.

Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun aksiyadorlar ro‘yxati bank aksiyadorlari reestriga muvofiq 2025-yil 26-may kuni operatsiya yakunidagi holat bo‘yicha tuziladi. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati esa 2025-yil 17-iyun kuni operatsiya yakunidagi holat bo‘yicha tuziladi.

Yig‘ilishda shaxsan ishtirok etishingiz yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan vakilingizni yuborishingiz so‘raladi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 2-uy, "Octobank" AJ, tel: 71 202-01-02.

Hurmat bilan,

Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvi

Поделитесь