2024 yil bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga, shuningdek, Markaziy bankning “Bank xizmatlari iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablar to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) nizomiga asosan, «Octobank» AJda murojaatchini bevosita va virtual murojaatini qabul qilinib, ular ijobiy hal etib kelindi.
Bank tomonidan tasdiqlangan qabul jadvaliga muvofiq, Boshqaruv a’zolar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish tashkil etildi.
2024-yil davomida bankga 123 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shulardan:
• 92 ta – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali;
• 14 ta – murojaat.gov.uz portali orqali;
• 12 ta – “Octobank” AJ boshqaruv raisi virtual qabulxonasi orqali;
• 1 ta – O‘zbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va ist’molchilar huquqlarini himoya qilish qomitasu orqali;
• 1 ta – “Octobank” AJ ishonch telefoni orqali;
• 1 ta – O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ishonch telefoni orqali;
• 1 ta – “Octobank” AJ Amaliyot boshqarmasiga kelib yozma korinishda qoldirilgan;
• 1 ta – eksport.epauzb.uz portali orqali kelgan.
Bankga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati bank kartalari, kredit, bankomat, horij va mahalliy pul o‘tkazmalari, tijorat takliflarilardan iborat. Bundan tashqari, bank faoliyatiga aloqador bo‘lmagan murojaatlar ham kelib tushgan. Bunday vaziyatlarda bank fuqaroga huquqiy ma‘lumotlar taqdim etgan holda murojaatni mos keluvchi tashkilotlarga yonaltirdi.
«Octobank» AJ murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini doimiy ravishda nazorat qilib, ularning to‘liq, xolis va o‘z vaqtida bajarishni ta’minlaydi.