17.06.2025

Oʻzbekistonda valyuta kurslari qanday tashkil etilgan: Octobank tushuntirib beradi

Valyuta kursi – bu nima

Valyuta kursi — bu bir valyutaning boshqa valyutada ifodalangan narxi. Kurs xalqaro hisob-kitoblar, tovarlarni import va eksport qilish, shuningdek, jahon bozorlaridagi narxlarni taqqoslash uchun zarur.

Masalan, USD/UZS juftligi bir dollar necha so‘m turishini bildiradi. Agar kurs 12 700 deb belgilangan boʻlsa — bu 12 700 so‘mga 1 dollar berilishini anglatadi.


Oʻzbekistonda valyuta kurslarini kim belgilaydi

Markaziy bank

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — valyutani tartibga soluvchi bosh organdir. Uning vazifasi — milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash. MB ish kunlarida Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida (OʻzRVB) tuzilgan bitimlarga asoslanib, valyutalarning rasmiy kursini e’lon qiladi. Mazkur kurs davlat va tijorat operatsiyalari uchun mo‘ljal sifatida xizmat qiladi.


Tijorat banklari

Banklar birja kursiga tayanadi, lekin raqobat va bozor vaziyatini hisobga olgan holda ʻz kurslarini belgilaydi. Banklar sotib olish va sotish kurslari orasidagi tafovut — spreddan foyda ʻradilar. Bank quyidagi hollarda kursni oʻzgartirishi mumkin, masalan:

  • valyuta yetishmasa — xarid kursini oshiradi;

  • valyuta haddan tashqari koʻp boʻlsa — sotuv kursini pasaytiradi.


Kursga nima ta’sir qiladi

Iqtisodiyot

Import va eksport. Mamlakat qancha ko‘p eksport qilsa, shuncha koʻp chet el valyutasi kelib tushadi va milliy valyuta mustahkamlanadi. Faol import esa, aksincha, xorijiy valyutaga boʻlgan talabni oshiradi va soʻmni zaiflashtirishi mumkin.

Investitsiyalar, kapitalning chiqib ketishi, savdo muvozanati. Bu omillar mamlakatdagi valyutaga boʻlgan talab va taklifga ham ta’sir koʻrsatadi.


Markaziy bank siyosati

Markaziy bank kursni turli vositalar yordamida tartibga soladi:

  • xorij valyutasini sotib olish va sotish;

  • zaxiralar va davlat qimmatli qog‘ozlari ishtirokidagi operatsiyalar;

  • asosiy stavkaning oʻzgartirish;

  • valyutani tartibga solish va operatsiyalarni monitoring qilish.


Geosiyosat 

Beqarorlik yoki sanksiyalar sharoitida investorlar yanada barqaror valyutalarga (masalan, dollar yoki yevroga) oʻtib ketishi mumkin, bu esa milliy valyutaning zaiflashishiga olib keladi.


Oʻzbekistonda valyutani qayerda almashtirish mumkin

Ayirboshlash shoxobchalarida

Oʻzbekiston banklarining manzili va ish vaqti Markaziy bank saytida e’lon qilinadi. Aksariyat ayirboshlash shoxobchalari dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Octobank bankomatlari va infokiosklarini saytdan topish mumkin: naqd pul olish, valyuta ayirboshlash yoki xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish oson.


Bank bo‘limlarida

Bank bo‘limlarining joriy manzillarini Markaziy bank saytidan yoki banklarning saytidan topish mumkin. Octobank bosh ofisi Furqat koʻchasi, 2-uyda joylashgan — u yerda karta buyurtma qilish, valyuta sotib olish va sotish, xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.


Onlayn

Koʻpgina banklar valyuta operatsiyalarini mobil ilovalar va internet-banking orqali — filialga tashrif buyurmasdan taklif etadi. Octobankning Octo-Mobile ilovasida siz valyutani ayirboshlashingiz, chet eldagi doʻstlaringiz va qarindoshlaringizga pul yuborishingiz yoki valyuta yoki soʻmdagi virtual kartani darhol olishingiz mumkin.


MB kursini Markaziy bank saytida, Octobank kursini esa bank saytida yoki Telegramda kuzatish mumkin.

Поделитесь