18.07.2025

Messenjerlardagi firibgarlar — qanday aldanib qolmaslik mumkin?

So‘nggi paytlarda firibgarlar banklar, marketpleyslar va davlat idoralari niqobida messenjerlarda xabarlar yubormoqda yoki soxta akkauntlar yaratmoqda. Mana — pulingiz va ma’lumotlaringizni himoya qilishga yordam beradigan bir nechta oddiy qoidalar:

Banklar, marketpleyslar va davlat organlari Messenjerlarda hech qachon birinchi bo‘lib yozmaydi. Agar sizga kimdir go‘yoki uning nomidan yozayotgan bo‘lsa — bu firibgarlar.

Begonalarning har qanday rasmlari, havolalari va fayllari xavfli bo‘lishi mumkin. Ular ko‘pincha ma’lumotlaringizni o‘g‘irlaydigan zararli dasturlarni o‘z ichiga oladi yoki soxta saytlarga olib boradi.

Shubhali havolalarga kirmang, hatto xabar tanishingizdan kelgan bo‘lsa ham — uning akkauntini ham buzishgan bo‘lishi mumkin.

Hech qachon parollar, SMS kodlar va karta ma’lumotlarini oshkor qilmang. Bank yozishmada sizdan bu ma’lumotlarni so‘ramaydi.

O‘zingizni va pulingizni asrang! Agar ikkilansangiz — ilova orqali rasmiy qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing yoki +998 71 202-33-33 raqamiga murojaat qiling.

Поделитесь