Octobank raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchiligini tasdiqladi

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov echimlari sohasida yetakchi deb topildi

Octobank 9-10 aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilgan E-commerce Central Asia Expo forumida «O‘zbekiston elektron savdo sohasida yetakchi ekvayer-bank» sifatida maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Bank 2024 yilda elektron to‘lovlar bo‘yicha eng yaxshisi deb tan olindi.

Mukofotni tashkil etishda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Komiteti hamda O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ishtirok etgan.

Mukofotni bank Raisining birinchi o’rinbosari Dilshod Pulatovga topshirgani munosabati bilan O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi raisi Diyor Mirzaahmedov bankning raqamli to‘lovlar sohasidagi yorqin faoliyati va onlayn-biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim hissasini alohida ta’kidladi.

«Qabul qilingan mukofot biz uchun faqat tan olish emas, balki ekvayring sohasidagi tizimli ishimizga berilayotgan yuqori bahodir. Biz yangi texnologiyalarni joriy etish, onlayn-biznes va tadbirkorlik sektorini qo‘llab-quvvatlashda faol ish olib bormoqdamiz. Raqamli to‘lovlarni yanada tez, xavfsiz va qulay qilishga harakat qilmoqdamiz. Yuqori baholanganimizdan minnatdormiz va O‘zbekistonda elektron savdoni rivojlantirishdagi rolimizni yana-da kuchaytirishda davom etamiz», — dedi Bank Raisining birinchi o’rinbosari Dilshod Pulatov.

Forumda, yirik tadbirkorlar, ekspertlar, investorlar va texnologiya tashkilotlari ishtirok etdi, Octobank esa ekspozitsiya zonasida ishtirok etdi hamda tadbirning ishbilarmonlik dasturiga ko‘maklashdi.

Avvalroq Octobank Visadan 2024 yilda ekvayring tranzaktsiyalarining rekord holatda amalga oshirilganligi uchun «Best e-com acquirer» nominasiyasidan mukofot olingan edi.

Octobank 20 yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekiston bozorida raqamli infratuzilmani rivojlantirib, elektron savdoni o‘z mijozlariga qulay va oson qilishga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunda 3 milliondan ortiq fizik shaxslar va 2500 dan ziyod korporativ mijozlar Octobankning xavfsizligi va xizmatining afzalliklarini baholamoqda.

Forum haqida:

E-commerce Central Asia Expo
– Markaziy Osiyoda elektron savdo ekosistemasini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yirik maydonlardan biri bo‘lib, mahalliy biznesni onlayn muhitga chiqarish, tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va zamonaviy e-commerce echimlarini ilgari surishga qaratilgan.

Поделитесь