Octobank Visa talqiniga ko‘ra «2024-yilning elektron tijoratdagi eng yaxshi bank-ekvayeri» deb topildi

Octobank «Bank tomonidan 2024-yilda o‘tkazilgan ekvayring tranzaksiyalarining rekord soni uchun» mukofoti laureatiga aylandi. Best e-com acquirer mukofoti har yili o‘tkaziladigan Game Changers Visa Awards tadbiri doirasida taqdim etildi.

— Biz xalqaro to‘lov tizimi bilan faol hamkorlik qilib, biznesni rivojlantirishga yordam bermoqdamiz va mijozlarga eng yaxshi foydalanuvchi tajribasini taqdim etmoqdamiz, — deb ta’kidladi Octobank E-commerce departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Gaybullaxon Hashimov. — Biz riteylerlarga mijozlarning masalalarini samarali va tez yechishga, xatarlarni kamaytirishga hamda mahsulotga bo‘lgan sadoqatni oshirishga yordam beradigan kompleks yechimlarni taklif etmoqdamiz.

Vositalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Internet tranzaksiyalari uchun xavfsiz shlyuzlar, kartalarni tokenlash hamda pulni qaytarish va xolding bo’yicha qulay mexanizmlar. Shuningdek, mijozlarimiz tranzaksiyalarning batafsil tahlilini olish imkoniyatiga ega.

Octobank ochiqlik va inklyuzivlik tamoyillariga amal qilib, biznesning dinamik rivojlanishi va o‘sishini qo‘llab-quvvatlagan holda innovatsiyalarni tadbiq qilishda davom etadi.

Поделитесь