Jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish tariflaridagi o‘zgarishlar
Hurmatli mijozlar!
Ma’lum qilamizki, 2026-yil 30-yanvardan boshlab Jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish va plastik kartalar bilan operatsiyalar bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kuchga kiradi.
O‘zgartirishlar 2.6-bandning “Jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish” bo‘limiga tegishli bo‘lib, bunda UZPAYNET mobil ilovasi orqali kreditlarni so‘ndirish uchun to‘lovlarni qabul qilishda operatsiya summasining 1% miqdorida komissiya belgilanadi.
Operatsiyalarni amalga oshirishda ushbu ma’lumotlarni hisobga olishingizni so‘raymiz.
Tariflarning yangi tahriri bilan Bankning rasmiy axborot resurslarida tanishishingiz mumkin.