Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnoma

"Octobank" AJ 2025-yil 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi haqida ma’lum qiladi.

Yig‘ilish manzili: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 2-uy.

Boshlanish vaqti — 10:00, ro‘yxatdan o‘tish — 09:30 dan.

Kun tartibiga Ustavga o‘zgartirishlar kiritish, tashkiliy tuzilmani yangilash, e’lon qilingan aksiyalarning maksimal miqdorini belgilash, foydani taqsimlash va auditorlik tashkilotini tanlashga oid masalalar kiritilgan.

Aksiyadorlar ro‘yxati bankning aksiyadorlar reyestri asosida, 2025-yil 19-noyabr operatsion kunining oxiriga bo‘lgan holatga ko‘ra shakllantiriladi.

Yig‘ilishda shaxsan yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali vakil orqali ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Поделитесь