Jismoniy shaxslar uchun tariflarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bildirishnoma
2025-yil 1-dekabrdan jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko’rsatish va "Octobank" AJ plastik kartalari bilan operatsiyalar bo‘yicha yangilangan tariflar kuchga kiradi.
O‘zgarishlar doirasida kamaymaydigan qoldiqni qo‘llash tartibi aniqlashtirildi:
— MyID Palm loyihasi doirasida chiqarilgan Visa Virtual Shopping Card kartalari uchun karta hisobidagi kamaymaydigan qoldiq nolga teng (0 so‘m).
"Octobank" AJ mijozlar uchun qulaylik va shaffoflikni ta’minlagan holda xizmat ko‘rsatish shartlarini takomillashtirishni davom ettirmoqda.