Tariflarga o‘zgartirishlar kiritish haqida xabarnoma
Hurmatli mijozlar!
“Octobank” AJ ma’lum qiladi: 2025-yil 25-dekabrdan boshlab jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish tariflariga hamda «Octobank» AJning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kuchga kiradi.
Mazkur o‘zgartirishlar doirasida tariflarga 4.16-band kiritildi:
QR-kodni skanerlash orqali transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirish xizmati — operatsiya summasining 1 % miqdorida.
Ushbu xizmat O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amal qiladi, to‘lovlar QR-kodni skanerlash orqali savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin.
O‘zgartirishlar Bankning raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan siyosati doirasida joriy etildi.