12.12.2025

Endi Toshkent metrosida kaft bilan to‘lash mumkin!

MyID Palm – bu haqiqatan ham kelajakka qadam sifatida his qilinadigan texnologiya

Tizim kaftingizdagi tomirlarning noyob naqshini taniydi – gigiyenik, tez va xavfsiz. Loyiha UZINFOCOM tomonidan Octobank va Visa bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Qanday foydalanish mumkin?

MyID Palm ilovasi orqali yoki bekatdagi maxsus terminalda ro‘yxatdan o‘ting, o‘zingizga qulay to‘lov usulini ulang — tayyor, endi "kaftingiz" bilan sayohat qilishingiz mumkin.

Qayerda ishlaydi?

Zamonaviy "Palm" terminallari Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida o‘rnatilgan. Bu yorqin binafsha rangli terminallarni ko‘zdan qochirmasligingiz aniq — qulaylikning yangi bosqichiga o‘tish vaqti keldi.

Ishga tushirish bonusi:

Visa bilan birgalikda biz aksiyani e’lon qilamiz: Palm-terminalda ro‘yxatdan o‘tish paytida Octobankning yangi Visa UZS virtual kartasini ochgan har bir kishi uchun 2 ta bepul harakatlanish.

Karta darhol chiqariladi va bir zumda biometrik profilingizga ulanadi. Kartani to‘ldirdingi — yo‘lga chiqish mumkin! Keyinchalik esa Octo-Mobile ilovasida to’ldirsa bo’ladi.

MyID Palmdan foydalanish va aksiya boʻyicha batafsil shartlar — Octobank saytida.

Zamonaviy texnologiyalardan foydalaning va doim bir qadam oldinda bo‘ling!

Поделитесь