2025-yilning birinchi yarim yilligi natijalari: asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sishi va yangi hamkorliklar
Bank 2025 - yilning birinchi yarmidagi faoliyatini xalqaro darajadagi kredit reytinglari, brendga berilgan yuqori baho va asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sishi bilan yakunladi.
Asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish
2025-yilning birinchi yarmi asosiy ko‘rsatkichlarning 1,5 — 2 barobar va undan yuqori o‘sishi bilan yakunlandi. Olti oy natijalariga ko‘ra, bank aktivlari 4,98 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga (2,74 trln) nisbatan 81,7 foizga o‘sdi. Majburiyatlar 83,2 %ga oshib, 2,21 trln so‘mdan 4,05 trln so‘mga yetdi.
Xususiy kapital 927,3 mlrd so‘mga yetdi, shu jumladan ustav kapitali — 500 mlrd so‘mgacha oshdi.
Kredit portfeli hajmi 30,7 mlrd so‘mdan 392,8 mlrd so‘mga o‘sdi. Yarim yillik sof foyda 162,3 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 226,5 % ga ko‘pdir. Bankning mijozlar bazasi 12,9 foizga oshib, 3,6 million kishini tashkil etdi. Xodimlar shtati shu davrda 62,7 % — 233 nafardan 379 nafargacha oshdi.
“PreApproved” mikroqarzlarini ishga tushirish
4 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha! Mikroqarzni har qanday maqsadda ma’lumotnomalarsiz va kafillarsiz, shuningdek, kundalik ehtiyojlar, ta’mirlashdan tortib shoshilinch xaridlargacha olish imkoniyati bor. Batafsil ma’lumotni esa Octobank rasmiy saytida olish va ariza topshirish mumkin.
"2024-yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal rivojlanishi uchun" mukofotiga sazovor bo‘ldik
Yetakchi brendlar va ularning yutuqlarini e’tirof etuvchi “VIII Brand Awards International” mukofoti sovrindori bo‘ldik. Ilgari ushbu mukofot "Yil brendi" sifatida barcha tanigan bo’lsa, endi u xalqaro darajada o‘tkaziladi.
Marosim 3-may kuni “Toshkentdagi Hyatt Regency” mehmonxonasida o‘tkazildi. Tadbir tashkilotchilari sifatida - O‘zR Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing uyushmasi tashabbus ko’rsatishdi.
«Mehnatimizni yuqori baholaganingiz uchun tashakkur. Soha mutaxassislarining faxriy mukofoti – bu bizning ishimizning qimmatli natijasi va Octobank jamoasi tomonidan olg’a surilgan strategiyaning to‘g‘ri tanlanganining tasdig‘idir. Biz mijozlarimizga eng yaxshi bank xizmatlarini taqdim etish orqali yangi texnologiyalarni joriy etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni faol davom ettiramiz!» — ta’kidladi Octobank Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov.
“Moody’s” va “S&P” xalqaro reytinglari
Yirik xalqaro agentliklar - Moody’s (B3, "barqaror" prognozi) va S&P Global Ratings (B-, "barqaror" prognozi) dan ikkita reyting oldik. Moody’s tahlilchilari 2024-yil yakunlari bo‘yicha kapital va rentabellikning yuqori darajada ekanligini qayd etib, kelgusi 12–18 oy ichida ko‘rsatkichlarning barqaror bo‘lishiga ishonch bildirishdi.
Brend qiymati bahosi — $30 mln
O‘zbekistonda “Brand Awards International” mukofoti doirasida rasman baholangan birinchi brend bo‘ldi. Ekspertlar brend qiymatini $30 mln deb baholadilar.
Shanxayda o‘tkazilgan “China International Financial Exhibition” ko‘rgazmasida ishtirok etdik
U yirik xalqaro moliyaviy ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Tadbir doirasida Octobank Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov CIPS to‘lov tizimi rahbari Xuan Fu bilan uchrashdi. Ular Markaziy Osiyo uchun yuandagi hisob-kitoblar istiqbollarini muhokama qildilar va keyingi uchrashuvni O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib oldilar.
«Xitoy — O‘zbekistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri. Biz O‘zbekiston-Xitoy savdo aylanmasi doirasida transchegaraviy hisob-kitoblar, raqamli infratuzilma va biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini rivojlantirishga intilamiz. Qo‘shma loyihalar va tajriba almashish uchun ochiqmiz» — deya ta’kidladi Iskandar Tursunov.
Bizness sessiyasida bank vakili Li xonim 2025-yilning I choragidagi ish natijalarini taqdim etdi: foyda $8,4 mln, kapital $67,6 mln, aktivlar $315,1 mln. Shuningdek, Taraqqiyotning muhim yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi. Xitoy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida u savdo, texnologiyalar va barqaror loyihalar sohasidagi hamkorlikning muhimligini ta’kidlab o’tdi.
Xitoy bilan transchegaraviy hisob-kitoblarni kengaytirish
Sinszyan va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy va ishbilarmonlik hamkorligi bo‘yicha konferensiyada ma’ruza qilindi. Unda bank nomidan Octobank g‘aznachilik departamenti direktori Sardor Shavkiyev so‘zga chiqdi. U biznes uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlar haqida so‘zlab berdi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitoblar, transchegaraviy o‘tkazmalar, eksport va import qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, xitoylik hamkor — XJ Bank bilan uchrashuv o‘tkazib, hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.
«XJ Bank bilan hamkorlik — Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni mustahkamlashdir. Bunday hamkorlik chet elda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Xitoy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitob kanali bizga va mijozlarimizga quyidagi afzalliklarni beradi: vositachilar soni kamayadi, hisob-kitoblar tezlashadi, moslashuvchanlik oshadi. Bu O‘zbekistondagi eksport va import qiluvchilarga hozirdanoq ta’sir ko‘rsatmoqda — va hamkorlik rivojlangan sari kuchayib boradi», — deydi Sardor Shavkiyev.
“American Chamber of Commerce”ga a’zolik
O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi (American Chamber of Commerce in Uzbekistan) — mamlakatning xalqaro biznes hamjamiyatiga qo‘shildik. O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi 25 mamlakatdan 500 dan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi va biznes, investorlar va regulyatorlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Bu xalqaro korporatsiyalardan tortib mahalliy tadbirkorlargacha bo‘lgan bozorning boshqa ishtirokchilari bilan ochiq muloqotga kirish imkonini beradi.
«O‘zbekistondagi American Chamber of Commerce’ga a’zolik bizni faol netvorking maydoniga olib chiqadi: tarmoq qo‘mitalari, biznes nonushtalari va forumlarda ishtirok etish bankning PR dagi o’rnini kuchaytiradi va yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochadi», – Komiljon Saidov, Octobank Ijroiya apparati rahbari.
IT Park orqali eksport va startaplarni qo‘llab-quvvatlash
IT Park bilan shartnoma imzolandi va rezidentlar, birinchi navbatda, startaplar va o‘yin xizmatlari uchun to‘lov infratuzilmasi ochildi.
«Ushbu hamkorlik O‘zbekiston IT-kompaniyalarini yangi bozorlarga chiqish uchun vositalar bilan ta’minlab, mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytiradi», — dedi Octobank elektron tijorat departamenti direktori Pavel Limarenka.
Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi
“Toshkent menejment va iqtisodiyot institute” hamda “British Management University” bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Bu uzoq muddatli va strategik hamkorlik sari qo‘yilgan qadam bo‘lib, u bizga bank sohasida yangi avlod mutaxassislarini tarbiyalashga yordam beradi.
Kelajakdagi rejalar:
— Talabalar amaliyoti va Octobank kadrlar zaxirasiga saralash
— Birgalikdagi ma’ruzalar, mahorat darslari va karyera bo’yicha maslahatlar
— Moliya, texnologiya va boshqaruv sohasidagi ta’lim loyihalari
Bu nima beradi:
— Octobank xodimlariga ma’ruzachi sifatida chiqish va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkoniyati
— Uzoq izlanish va moslashuvlarsiz — mutaxassislarni "ichkaridan" tayyorlash
— Universitet va biznes o‘rtasidagi mustahkam aloqalar, tajriba va malaka almashinuvi
— Talabalar, o‘qituvchilar va bo‘lajak bozor yetakchilari orasida Octobank HR-brendini mustahkamlash
PLUS-forumdagi yangi hamkorlik va texnologiyalar
Toshkentdagi PLUS-forumda ishtirok etdik. Biz digital-loyihalarimizni taqdim qildik, soha bo‘yicha hamkasblarimiz bilan suhbatlashdik va tendensiyalar: ekvayring, mahalliy tarjimalar va marketpleyslar bilan integratsiyani muhokama qildik. Forumda biz BS/2 xalqaro fintex kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik - bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldik. Maqsad oddiy: pulni yechib olish va qo‘yish tezroq, qulayroq va xavfsizroq bo‘lishi.
Elektron tijorat sohasiga qo‘shgan hissasi uchun mukofot
Central Asia Expo E-commerce forumida "2024-yilda O‘zbekistonda elektron tijorat sohasida yetakchi ekvayer-bank" unvoniga sazovor bo‘ldik.
«Qo’lga kiritilgan mukofot — biz uchun shunchaki e’tirof belgisi emas, balki ekvayring sohasidagi tizimli faoliyatimizning tasdig‘idir», — dedi Octobank raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Pulatov.
JCDecauxdan "Yil kashfiyoti"
“JCDecaux” kompaniyasidan zamonaviy yechimlarni tezkor joriy etish va rivojlantirish uchun mukofotga sazovor bo’ldik.
«Bu e’tirofning ortida jamoamizning katta mehnati, mijozlarimizning ishonchi va hamkorlarimizning ko‘magi turibdi!» — deyiladi rasmiy izohda.