Octobank va XJ Bank moliyaviy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi
25 iyunda Octobank Sintszyan va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi moliyaviy va ishbilarmonlik hamkorligi boʻyicha oʻtkazilgan anjumanda ishtirok etdi. Tadbir Sintszyan poytaxti — Urumchida boʻlib oʻtdi va unda Xitoy, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarning banklari, kompaniyalari va davlat tuzilmalari ishtirok etdi.
Konferensiya Xitoy va qoʻshni mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikning yangi shakllarini muhokama qilish uchun maydonga aylandi. Asosiy mavzu — "Bir makon — bir yoʻl" tashabbusi doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitoblarni rivojlantirish, savdoni moliyalashtirish va sheriklik aloqalarini mustahkamlash boʻldi.
Octobank nomidan anjumanda Octobank g‘aznachilik departamenti direktori Sardor Shavqiev soʻzga chiqdi. U Xitoy banklari bilan hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtdi va biznes uchun muhim boʻlgan yoʻnalishlarni: bevosita hisob-kitoblar, chegaralararo pul oʻtkazmalari, eksportchi va importchilarni qoʻllab-quvvatlash - alohida ta’kidladi.
Konferensiya doirasida Xitoyning XJ Bank banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib o‘tdi. Octobankning Xitoy XJ banki bilan hamkorligi so‘nggi yillarda strategik darajaga koʻtarildi, yuan va dollardagi vakillik hisob raqamlari faoliyat yuritmoqda, valyuta operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Konferensiya doirasida tomonlar moliyaviy sheriklikni kengaytirishga kelishib oldilar, jumladan:
eksport bitimlarini qoʻllab-quvvatlash uchun hujjatlashtirilgan akkreditivlar va bank kafolatlari;
Octobankning Oʻzbekiston davlat obligatsiyalari bozorida diler sifatida ishtirok etishi;
derivativlar va valyuta svoplari bilan operatsiyalar uchun yuridik baza

«XJ Bank bilan hamkorlik — bu Xitoy va Oʻzbekiston o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni mustahkamlanishidir. Bunday hamkorlik chet elda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Xitoy bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitob kanali bizga va mijozlarimizga quyidagi afzalliklarni beradi: vositachilar soni kamayadi, hisob-kitoblar tezlashadi, moslashuvchanlik oshadi. Bu Oʻzbekistondagi eksport va import qiluvchilarga hozirdanoq ta’sir ko‘rsatmoqda — va hamkorlik rivojlangan sari kuchayib boradi», — dedi Sardor Shavkiyev
"Octobank" AJ tashqi iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro likvidlikni jalb qilish va Oʻzbekiston kompaniyalarining Xitoy va Osiyo mamlakatlari bozorlaridagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun ishonchli infratuzilmani yaratish bo‘yicha faol ishlarni davom ettiradi.