25.03.2025

Octobank mashhur TIME jurnali sahifalarida



Global xalqaro TIME jurnalining so‘nggi sonida Octobank haqida maqola chop etildi. "Octobank - The future face of finance" sarlavhasi ostidagi maqolada bankning tez sur’atlar bilan o‘sishi va innovatsion yondashuviga, shuningdek, u bozorda joriy etayotgan raqamli moliya sohasidagi yangi standartlarga alohida e’tibor qaratgan.

«Octobank shunchki bank emas. U moliya va ijtimoiy mas’uliyatning kelajagiga bo‘lgan nigohdir. Ilg‘or texnologiyalarni inklyuzivlik, shaffoflikka bo‘lgan sadoqat bilan uyg‘unlashtirgan holda, Octobank raqamli davrda bank bo‘lish nimani anglatishini qayta idrok etdi. Moliyaviy muhit rivojlanishda davom etayotgan bir paytda, Octobank bank xizmati ham innovatsion, ham inson tomonga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkinligini isbotlab, yetakchilikka tayyor», - deb ta’kidladi TIME nashri o‘z maqolasida.

Time kabi nufuzli nashrning sahifalarida Octobankning o‘rin olishi, global iqtisodiy rivojlanishning to‘laqonli ishtirokchilariga aylanayotgan Markaziy Osiyo kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Поделитесь