Octobankda biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq
Octobankda xalqaro pul o‘tkazmalari yanada arzonlashdi, valyuta konvertatsiyasi esa — foydaliroq bo‘ldi. Bank korporativ mijozlar uchun xorijiy valyutadagi asosiy operatsiyalar bo‘yicha tariflarni pasaytirmoqda, bu esa biznesga xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitoblarda tejash imkonini beradi.
"Biznes uchun har bir operatsiyada tezlik, ishonchlilik va tejamkorlik muhim. Octobankda biz xalqaro pul o‘tkazmalari va valyuta operatsiyalarini biznes uchun maksimal darajada foydali qilmoqdamiz. Tariflarni pasaytirish — bu biz uchun xorijda eksport, import va hamkorlikni rivojlantiruvchi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashning bir usuli", - deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.
Tariflardagi asosiy o‘zgarishlar:
Chet elga xorijiy valyutada amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari uchun komissiya endilikda valuta turiga qarab summaning 0,1% — 0,15% miqdorida belgilanadi. Bu tariflar qisman xarajatli (SHA) hamda bеneficiаr uchun xarajatsiz (OUR) o‘tkazmalar uchun qo‘llanadi.
“OUR” va “SHA” opsiyalari bo‘yicha bank-korrespondent xarajatlarini qoplash komissiyasi — 2 BHM (QQS bilan);
SWIFT/TELEX-xabarlari — atigi 0,25 BHM, bu avvalgi tarifdan 4 baravar arzon.
Bu biznes uchun nimaga muhim:
konvertatsiya va xalqaro to‘lovlardagi tejamkorlik bitimlarning rentabelligini oshiradi;
qulay valyuta kurslari hamkorlar bilan hisob-kitoblarni engillashtiradi;
tariflarning pasaytirilishi komissiyalarni yo‘qotmasdan operatsiyalarni tezroq va arzonroq amalga oshirish imkonini beradi.
Pasaytirilgan tariflar 2025-yil 15-noyabrdan kuchga kirdi. Tariflarning yangi tahriri bilan batafsil Octobank saytida tanishishingiz mumkin.
E-mail: info@octobank.uz
Facebook: fb.com/octobank.aj
Instagram: @octobank_aj
Telegram: https://t.me/Octobank_AJ
Hisob raqamini ochish uchun quyidagi telefon raqamlarga murojaat qiling: